Germaniya modeli. Germaniyada qishloq turizmini fermer turizmi deb nomlashadi. Tabiiylikka intilgan nemislar imkoni boricha qishloqlardagi eski uylarda yashashga intiladilar. Shuning uchun ham nemislar qishloqlarda zamonaviy qulayliklarga ega bo’lgan uylarni qurishmaydi. Nemis turistlari qishloqlarda dam olishda yerda ishlash, hayvonlarni boqish, madaniy o’tirishlar, suhbatlar va baliq ovlashga qiziqadilar.
Qishloq turizmi tashkilotchilari asosan yozgi – ta’til mavsumiga to’g’ri keladigan xalqning milliy bayramlari, milliy folklor festivallariga moslab turmahsulot tayyorlashadi, qishloqlarda xalqaro ko’rgazmalar ko’plab tashkil qilinadi. Masalan, «Oktoberfast» bayramiga jahonning deyarli barcha mamlakatlaridan turistlar kelishadi. Shuningdek, nemis qishloqlarida 100 yillab o’z tarkibini o’zgartirmasdan tayyorlanayotgan pivo ichimligi bayramlari ham ko’plab uyushtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |