Bitiruv malakaviy amaliyoti


Download 16.96 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi16.96 Kb.
#1526842
Bog'liq
1-namuna (hisobot)


TDYU 4-bosqich talabasi Toshova Maftuna Azim qizining ning davlar organlari va boshqa tashkilotlarda “Bitiruv malakaviy amaliyoti”ni o‘taganligi natijalari bo‘yicha


HISOBOTI

Men, Toshova Maftuna Azim qizi shahar (tuman) bo‘limida 2023 yilning 06 fevraldan 14 aprelgacha “Bitiruv malakaviy amaliyoti”ni o‘tab quyidagi ishlarni bajardim: 06.02.2023 yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti 4-kurs talabalari “Bitiruv malakaviy amaliyoti”ni boshladik. Ushbu amaliyot davomida quidagilarni amaliy va nazariy ko’nikmalarga ega bo’ldik: eng avvalo davlat tashkiloti bo’lmish “adliya boshqarmasi” ning ichki qonun qoidalari va normativ hujjatlari bilan batafsil tanishib chiqidim. Adliya boshqarmalari insonlarning huquqlarini muhofaza qilish va jamoat xavfsizligini ta'minlashda ahamiyatli institutlardan biridir. Bu boshqarmalar qonun hukmini muhofaza qilish, yuridik jarayonlar, shaxsiy ma'lumotlarning himoyasi, jinoiy va huquqiy amallar bilan bog'liq ko'rsatmalar va boshqalar kabi masalalarda yuridik yordam ko'rsatishga majbur bo'lib kelgan. Adliya boshqarmalari o'z faoliyatini qonunchilik prinsiplariga asoslanadi va hujjatlar yoki isbotlar to'plamini qo'llab-quvvatlaydi. Ular ko'p xil amaliyotlarni bajarishlari mumkin, misol uchun, jinoiy ishlar, urushlar, biznesga oid jinoiy ishlar, maishiy qonun hukmi qabul qilish, shaxsiy huquqni muhofaza qilish kabi.


Adliya boshqarmalarining muhimligi va o'z vazifalarini bajarish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarilgan hujjatlarni saqlash va ularni qidirish, shaxsiy ma'lumotlarni to'g'ridan-to'g'ri ko'rish va huquqiy ko'rsatmalarni bajarish uchun elektronik tizimlardan foydalanish kabi modern yondashuvlar keng tarqalganiga guvoh bo’ldim hamda ushbu tizimlardan foydalanish bo’yicha amaliyot raxbarimdan amaliy ko’nikmalani oldim.
Hozirgi kunda texnika rivojlanib borayotgani inobatga olsak, kelib tushuvchi hujjatlar hamda yuboriluvchi xat-habarlar ham electron tizim orqali amalga oshirilishga guvoh bo’ldim. Hamda ushbu vazifani qisman bajarish ishlarini olib bordim, bunda sudlarida ish yuritish, ya’ni sudga kelib tushgan va suddan jo‘natilayotgan barcha ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar, hujjatlar, xat-xabar, ariza-shikoyat va korrespondensiyalarning kirim-chiqimini rasmiylashtirish elektron dastur asosida lokal tarmoq yordamida kompyuter texnikasi vositalari orqali amalga oshirdim. Vazirlikdan ketayotgan ichki hujjatlarga maxsus raqam berilishini tartibga solish va maxsus raqam bilan ro‘yxatga olingan hujjatning bir nusxasini tegishli boshqarma tomonidan devonxonaga topshirilishini ta’minlashni ish tartibini bilib oldim. Adliya organlaridan boshqarmaga jo‘natilgan hujjatlarni belgilangan tartibga muvofiq rasmiylashtirilganligini tekshirish tartibini hamda adliya organlari tomonidan ijro muddati buzilgan xat va hujjat, ariza, taklif va shikoyatlar bo‘yicha tushuntirishlar haqida rahbariyatga takliflar berishni va ularni o‘rganish tartibi bilan tanishib chiqdim. Bunda mudati buzilgan murojaatlarga mudat uzaytish haqida habar yo’llanishi lozim ekan. Bizga ma’lumkiy murojaatlarga javob yo’llashning mudati etib 15 kuni belgilab qo’yishgan hamda tegishliligiga ko’ra 5 kunlik mudatda yuborilishi lozim. Ushbu holatlarda amalga oshiriladigan yozma habarlarni yoish ko’nikmasiga ega bo’ldim.
O‘zbekiston respublikasi adliya vazirining “Qoraqalpog‘iston respublikasi adliya vazirligi, viloyatlar va toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i bilan tanishib chiqtim.
Adliya vazirligi to’g’risidagi Nizom bilan tanishib chiqdim. Amaliyot rahbarim tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida” gi qonunga asosan fuqarolarning murojaat qilish huquqi va ushbu murojaat qanday tartibda qabul qilinishi to’g’risida amaliy ko’nikmalar oldim, hamda amaliyot rahbarim boshchiligida ushbu kelib tushga murojaatlarga javob xatlari yo’lladim.
Adliya organlarining nizomlari va boshqa boshqaruv hujjatlarini ishlab chiqilishini tashkillashtirish masalalarini kuzatib o‘rganib chiqdim.
Har haftaning dushanba kunlari vazirlik rahbariyatiga ariza, taklif va shikoyatlarning ijrosi yuzasidan tegishli ma’lumotnoma taqdim etib borishni o‘rgandim.
Xulosa: “Bitiruv malakaviy amaliyoti”ni o‘tash davomida asosiy olingan ko’nikmalardan kelib chiqib shuni aytishim mumkunkiy, hozirgi zamonda texnika va texnalogiyalar rivojanib borayotganligi hamda axborot tizimining tezkorlik bilan almashinishi, murojaatlarga javob yo’llanishining tezkorligiga asos bo’lib xizmat qilayotgan ekan. Amaliyot davomida uhragan qiyinchiliklarni e’tirof etadigan bo’lsak, zamon rivojlangani sari kompyuter savotxonligi dolzarb bo’lib qolganiga guvoh bo’ldim, hamda ushbu sohada o’zim ustimda ko’nikmalarni mustaxkamlash ishlarini olib borishim kerak ekanligini angladim.

M.A.Toshova


Amaliyoti rahbari:
____________________ _________ _____
(lavozimi, unvoni) (imzosi) (F.I.Sh.)
Download 16.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling