Bitiruv malakaviy ishi arm xodimlari ishini avtomatlashtiruvchi mobil ilova yaratish


Download 1.85 Mb.
Sana26.10.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1724265
Bog'liq
Xumoyun BMI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMILI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI “Kompyuter injiniringi” fakulteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
ARM XODIMLARI ISHINI AVTOMATLASHTIRUVCHI MOBIL ILOVA YARATISH
Bitiruvchi: O’taganov X
Ilmiy rahbar: dots. Xodjayev T. T.
Mavzu dolzarbligi
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini amalga oshirish hamda yosh avlodni yuqori saviyada tarbiyalashni ta’minlash maqsadida milliy qadriyatlar singdirilgan fanlar bo‘yicha elektron o‘quv-uslubiy majmualar yaratish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalar qatoriga kiradi
Bitiruv malakaviy ishida davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan o‘quvchilar tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, o‘quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o‘rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, o‘quvchining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv –uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari yaratishni o‘rgatish misolida maktab o‘quvchilari uchun ARM xodimlari ishini avtomatlashtiruvchi mobil ilova yaratish masalasi ko‘rilgan.
Ishning maqsadi
Android (yunoncha so‘z bo‘lib, ikki bo‘g‘ini — «erkak» va «o‘xshash») ­- odamsifat robot ma’nosini ifoda etadi. Balki mana shuning uchun Android operatsion tizimi logotipida robot tasvirlangandir.
Android operatsion tizimining yaratilishi tarixi 2002-yillardan boshlangan. Mana shu davrda Google korporatsiyasi yaratuvchilari E. Rubinning dasturiy ishlanmalari to‘plami bilan qiziqib qoladilar. Dastlab mobil qurilmalar uchun yangi operatsion tizimni yaratish loyihasi bilan katta maxfiylik ostida Android Inc. Kompaniyasi shug‘ullangan, ushbu kompaniyani keyinchalik Google sotib oladi.
Android dasturlari Java dasturiy tizimida tuziladi. Android uchun Windows, MacOS, Linux operatsion tizimlarida dastur tuzish mumkin. Dasturlash muhiti sifatida Eclipse dasturidan foydalanish tavsiya etiladi. Android operatsion tizimiga dastur tuzish uchun kerakli vositalarni keltirib o‘tamiz
Bular:
  • JRE (Java Runtime Environment);
  • JDK (Java Development Kit);
  • Eclipse dasturlash muhiti;
  • Android SDK (Android Software Development Kit);

  • ADT (Android Development Tools).

Online kutubxona mobil ilovasi Toshkent iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali ARM misolida yaratilgan bo‘lib, quyida uning imkoniyatlari bilan tanishamiz:
Asosiy tushuncha
Ushbu ilova kutubxonalarda barcha faoliyatlarini raqamli tizimga aylantirishga, kutubxona kitoblar katalogini yaratish va online nazorat qilishga mo‘ljallangan
Ro‘yxatga olish
  • Kutubxona foydalanuvchilarini doimo online ro‘yxatga olish tizimi;
  • Bir tizimni bir necha kishi boshqara olishi tufayli barchasi juda qulay;
  • Kutubxona foydalanuvchilari tarixini doimo nazorat qilib borish va istalgan vaqt tarixini ko‘raolish;

  • Istalgan muddat orasidagi ma’lumotlarni PDF shaklda yuklab olish imkoniyati

Kitoblarga bog‘liq faoliyatlar:
  • Kitoblar katalogini hosil qilish;
  • Ijaraga kitob berish;
  • Ijarachilar tarixi va ularni nazorat qiilb boorish;

  • Ijarachi bilan aloqa qilish

Ichki tizim shunday tuzulganki bunda turkum va sinflash qulay bo’lganligi saababidan kitoblar oilalarga ajratilganligini ko’rishimiz mumkin
1-bosqich: Eclipse
2-bosqich: Java JDK
3-bosqich: Android SDK Tool
4-bosqich: Eclipse‟ni Android uchun
moslashtirish
5-bosqich: Android SDK ni moslashtirish (configure)
Android SDK ni ko‘chirilib, arxiv ochilgan papkadan ―SDK Manager.exe‖ degan faylni topib, uni ishga tushiramiz. Quyidagiga o‘xshash dialog yoqiladi:
6-bosqich: Virtual Android qurilmani
ishga tushirish
Bu bosqichda biz virtual Android qurilmani emulyatsia‖ qilamiz.
7-bosqich: Yana Eclipse ga qaytamiz
Bu bosqich oxirgi bosqich bo‘lib, bunda biz Eclipse ni Android SDK resurslarini ishlata oladigan qilib moslashimiz kerak. Buning uchun Eclipse ni ochib, Window->Preferences ni ochib, undan Android ni tanlaymiz
Xulosa
Bitiruv malakaviy ishimizda ARM xodimlari ishini avtomatlashtiruvchi mobil ilova yaratish masalasi qaralgan bo‘lib, unda biz Android Studio muhitida hamda Java dasturlash tilida tayyorlangan online kutubxona mobil ilovasini yaratib amaliyotda ishlatib ko‘rdik. Keyinchalik bu yaratilgan ilovadan ta’lim muassasasi ARM xodimlari va o‘quvchi, talabalari foydalanishari mumkin bo‘ladi.
Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling