4
O‘zbek kompyuter
lingvistikasi asoslari, muammolari va ularni
yechish yo‘llari tahlil qilindi.
O‘zbek kompyuter lingvistikasi oldiga quyilgan talablari o’rganildi.
Mavjud dasturiy ta’minotlarning tahlili o’rganildi.
Ingliz va o’zbek tillarid so‘z, so‘z turkumlari va so‘z yasalish usullari
o’rganildi.
Leksik tahlilning asosiy vazifalari aniqlandi.
O’zbek tili axborot uslubi grammatikasi
ingliz tili bilan qiyosi
aniqlandi.
Berilgan matndan qismiy matnni izlash masalasini hal qiladigan algoritmlar
tuzildi.
Leksik tahlilni amalgam oshirish sxemasi va uning tavsifi berildi.
Tuzilgan tahlil sxemasi asosida tuzilgan dasturiy vositaning tuzilishi va
tavsifi hamda undan foydalanish uchun ko’rsatmalar berildi.
Ilmiy-tadqiqot usullari. Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalarni
bajarish uchun “Algoritmlar nazariyasi”, “Dasturlashtirish texnologiyalari”
fanlarining usullaridan hamda ingliz tili va o’zbek
tili grammatikasidan
foydalanilgan.
Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati. Ishda, leksik tahlil jarayonida
qo’llanilgan texnologiyani boshqa tillar uchun ham qo’llash mumkinligini hosobga
olsak hamda ingliz va o’zbek tillarini qiyosiy o’rganishda
muhim nazariy va
amaliy qo’llanma bo’ladi.
Bitiruv malakaviy ish kirish qismi,
uchta bob, xulosa qismi,
foydalanilgan
adabiyotlar va ilovadan tashkil topgan.
Birinchi bobda, kompyuter lingvistikasining asosiy muammolari va o‘zbek
kompyuter lingvistikasi oldiga quyilgan talablar o’rganilib, leksik tahlil jarayoni
uchun zamin tayorlangan.
Ikkinchi bobda, leksik tahlilning asosiy vazifalari
aniqlanib uni amalga
oshirish metodlari va algoritmlari bayon etilgan.
Uchinchi bobda, leksik tahlilni amalgam oshirish sxemasi bo’yicha tuzilgan