Bitiruv malakaviy ishi mavzu: Axborotlashtirish obyektlarni ximoyalashda qo'laniladigan tarmoqlararo ekran tahlili. Bajardi: 715-20 – guruh talabasi Bo'riyev O. Ilmiy rahbar: Raximov Rustam s a m a r q a n d – 2015
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ingliz tili matnini tahlil qilish dasturlariningning bazaviy asoslari
- 1.3. Leksik tahlil jarayonini formallashtirish.
Microsoft Proofing Tools. Microsoft Office 2003 Proofing Tools
yozuvlarni tekshirish paketi – bu alohida to’ldirilgan mahsulot, bog’lovchi mahsulot, Maykrosoft korparatsiyasi 30 ga yaqin tillarda yaratgan, shuningdek shiriftlar, gramatik va orfografik tekshirish mahsulotlari, ro’yxatlar avtomatik almashinuvi, avtoreferatlar tarkibi qoidalari (faqat Microsoft Word uchun) ikki tilli lug’atlar uchun IME tahrirlash usuli kiritilgan. IME – dastur bo’lib, unda Sharqiy Osiyo (Xitoyliklarning an’anaviy yozuvi, Xitoyliklar yozuvining murakkab yozilishi, Yapon tili va Koreys tili) tillarida matnlarni kiritish, qo’shimcha belgiarni qo’shish, o’zgartirish yo’lga qo’yilgan. Klaviaturada to’ldirilgan tillar shaklini (Osiyo tillari uchun) ko’rish mumkin. Ingliz tili matnini tahlil qilish dasturlariningning bazaviy asoslari: Matnlarni faqat Rus tilida tekshirish uchun. - Orfografik tekshirish: 11 * Mashhur programmalar; * Turli xil redaktorlar; * Ko’plab redaktorlar oynalarida «Klaviatura(goryachiy)» - Ko’chirishni bekor qilish, - uning barcha formasida yangi so’zlar qo’shish, - barcha ilovalarni qo’llab quvvatlash uchun bir gina marfalogik lug’atlardan foydalaniladi, - o’zidan oldingi barcha so’z formasini va uning gramatik xaraxteristikasini ko’rish mumkin[8]. 1.3. Leksik tahlil jarayonini formallashtirish. Axborot uslubida leksikologiya masalalarini ko’rib chiqish juda muhim. Chunki u bevosita so’zlar bilan bog’liq. Leksikologiyada sinonimlar, omonimlar, ko’p ma’noli so’zlar, leksikografiya kabi bir qator masalalar axborot uslubini yaratishda tanqidiy nuqtayi nazardan ko’rib chiqishni taqozo etadi. Bu yo’nalishdagi eng asosiy masala so’zlarning izohidir. Mavjud lug’atlardagi izohlar talab darajasida emas. Xususan, ba’zi so’zlarning izohi unig sinonimini berish bilan cheklanib qolgan. So’zlarga izoh berishda mazkur mezonlardan foydalanish kerak deb hisoblaymiz. Masalan, o’zbek tilida bir necha sinonimik qatorlar bor. Bu sinonim so’zlarni bir-biridan ajratib tartiblash lozim. Kuchli- botir- qo’rqmas- qahramon- jasur kabi so’zlarning izohi o’rin almashish bilan cheklangan. Shuning uchun so’zlarga qat’iy izoh talab etiladi. Leksikologiyada yana qilish kerak bo’lgan ishlar: 1. Ko’p ma’noli so’zlarning ma’nosini aniqlashga yordam beradigan shakliy belgilarni o’rganib chiqish. 2. Omonimlar yuzaga keltiradigan muammolarni yechish yo’llarini tadqiq etish. 3. Sinonimlarning darajalarini aniqlashtirish. 4. Lug’at qatlamidan faol so’zlarni ajratish. 12 5. Tub, yasama, qo’shma so’zlar masalasidagi aniqlik mezoni. Ko’p ma’noli so’zlarni quyidagicha tartiblash lozim. Ko’p ma’noli so’zlarni rim raqamlarida belgilab olamiz, bu mashina tarjimasida kerak bo’ladi. Ko’z, etak, quloq, bosh kabi ko’p ma’noli so’zlarni anglatayotgan ma’nosiga qarab tartiblab chiqamiz, Odamning ko’zi; Buloqning ko’zi; Derazaning ko’zi; Taxtaning ko’zi; Uzukning ko’zi. so’ngra bu punktlarni kompyuter xotirasiga kiritib qo’yamiz. Ko’z so’zini kiritganimizda mazkur punktlar tasvirda namoyon bo’ladi. Biz tanlagan so’z birikmasi ingliz, rus va boshqa tillarga mos ravishda tarjima qilinadi. Masalan: eye of the man (глаза человека); eye of the spring (глаза родника); eye of the window (глаза окна); eye of the board (глаза доски); eye of the ring (глаза кольца). Omonimlar masalasi quyidagicha yechiladi. Avval barcha omonim so’zlar, keyin izohi ro’yxatga kiritiladi. Anglatayotgan ma’nolari bo’yicha so’zlarni tartiblab chiqamiz[6]. Masalan: ot 1. Ot (hayvon)- tulpor- лошадь- horse; 2. Ot (kishining nomi)- ism- имя- name; 3. Ot (ish harakat)- uloqtirmoq- бросать- throw; 4. Ot (so’z turkumi)- ot- существительное- noun. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling