Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. Ushbu bitiruv malakaviy ishiga
tadqiqot obyekti sifatida tanlangan Halima Xudoyberdiyeva, Shavkat Rahmon,
Usmon Azim, A.Qutbiddin, E.Shukur she’riyatida folklor zaminida shakllangan
poetik obrazlar silsilasining yoritilishi: so’nggi davr she’riyatida shoirlarning
maqol va hikmatli so’zlardan, afsonalar va doston motivlaridan foydalanish
mahoratini tadqiq etilayotgani ishning ilmiy yangiligini ko’rsatadi.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi. Mamlakatimiz Prezidenti
I.Karimovning milliy istiqlol g`oyasi va milliy istiqlol mafkurasining shakllanishi
hamda adabiy madaniy merosdan foydalanish haqidagi asarlari bitiruv malakaviy
ishining modologik asosini tashkil etadi. Shu bilan birga mustaqillik yillarida
o`zbek she`riyatining taraqqqiyot tamoyillarini belgilab bergan bir qator ijodkorlar
tomonidan yaratilgan asarlar tahlil qilingan ilmiy-nazariy tadqiqotlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |