Bitiruv malakaviy ishi mundаrijа kirish
II bob. "Bugalteriya hisobida hujjatlashtirish va hujjatlardagi
Download 192.63 Kb.
|
Buxgalteriya hisobida hujjatldlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqliy hujum” metodining tuzilmasi 7 "Aqliy hujum" metodining afzalliklari
- Aqliy hujum” metodi
II bob. "Bugalteriya hisobida hujjatlashtirish va hujjatlardagi
xatolarni to'g’rilash" mavzusini o'rganishning ilmiy-uslubiy jihatlari 2.1-§. Mavzuning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishda ma'ruza va aqliy hujum metodlarining tutgan o'rni va ahamiyati Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta'lim to'g’risidagi qonun» va 1997 yildan kuchga kirgan “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”i bo'yicha butun ta'lim tizimi isloh qilinar ekan, asosiy diqqat ana shunday saviyadagi kadrlar tayyorlashga qaratilgan. Yoshlar tarbiyasi hamda ularni tarbiyalashda ta'lim tizimining naqadar ahamiyatga egaligi, Prezidentimizning Еvropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining «Ta'lim-kelajakka yo'naltirilgan sarmoya» mintaqaviy konferensiyasi ishtirokchilariga yo'llagan tabrigidagi ushbu jumlalardan ham anglash mumkin “hozirgi paytda bir haqiqatni qar qachongidan ko'ra teran anglab olish muhim ahamiyatga ega. Samarali ta'lim tizimini yaratmasdan turib, jamiyatni isloh etish bo'yicha belgilangan vazifalar ijrosini tasavvur etish qiyin. Ushbu sohaga ustuvor ahamiyat berilishi, shubxasiz, uning kelgusi taraqqiyoti uchun zamin hozirlashdir»6. Bilimdon mutaxassis kadrlarni tayyorlash, inson salohiyatini yuzaga chiqarish esa har jihatdan ustozlarga, ularning bilimdonlik bilan oq'itish jarayonini tashkil qilishi va dars berishiga bog’lik. Shuning uchun ham o’quv jarayonini tashkil etish, o’qуvchilarning chuqur bilim olishiga yordam beruvchi o'quv uslublarini qo'llashga alohida e'tibor qaratilmoda. Yuqoridagi bob “Bugalteriya hisobida hujjatlashtirish, va hujjatlardagi xatolarni to’g’rilash mavzusining ilmiy-nazariy masalalri” deb nomlangan. Unda “Bugalteriya hisobining predmeti, ob’eykti, su’byekti va usullari” hamda “Bugalteriya hisobini hujjatlashtirish, xatolarni to’g’rilash va uning 6 I.A.Karimov. Yevropa xavfsizlik va amkorlik taskiloti “ta’lim kelajakka yo’naltirilgan 1 sarmoya” mintaqaviy konferensiya istirokcilariga yo’llgan tabrik. “Ma’rifat“, 7-aprel 2004-yil, №28 hisobvaraqlari” xususidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlar berildi. Chunki, bo’lg’usi iqtisodchi-pedagog dastlab o’z fanini so’ngra uni o’qitish metodikasini bilishi talab etiladi. Mazkur bob “Bugalteriya hisobini hujjatlashtirish, va hujjatlardagi xatolarni to’g’rilash“ mavzusini o’rganishning ilmiy-uslubiy jihatlari deb nomlangan. Unda mavzuning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishda ma'ruza va aqliy hujum metodlarining tutgan o’rni va ahamiyati shuningdek ”mavzuni o’rganishda interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik samarasi” deb nomlangan mavzularini ko’rib chiqamiz. Mazkur paragraf mazmunida mavzuning o’ziga xos xususiyatlari, ma'ruza va aqliy hujum metodlari haqida ilmiy-uslubiy ma’lumotlar berildi. Ma’lumki bob “Bugalteriya hisobini hujjatlashtirish, va hujjatlardagi xatolarni to’g’rilash“ mavzusi “Bugalteriya hisobi”4 o’quv fanining “Bugalteriya hisobining predmeti, ob’eykti, su’byekti hamda usullari” deb nomlangan bobida berilgan. Shu bois biz shartli ravishda ushbu bob mavzularini “Mavzuning o’ziga xos xususiyatlari“ deb nomlab oldik. Quyida mavzuning o’ziga xos xususiyatlari beriladi: 5 Bugalteriya hisobining predmeti Bugalteriya hisobining ob’eyktlari, su’byektlari Bugalteriya hisobining usullari haqida tushunca Hujjatlashtirish Bugalteriya hisobi hujjatlaridagi xatolarni to’g’rilash Bugalteriya hisobvaraqlari haqida tushuncha Ikki yoqlama yozuv va uning ahamiyati Bugalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uning iqtisodiy mazmuni Bugalteriya balansi Xo’jalik muomalalari ta’sirida balansda ro’y beradigan o’zgarishlar Yuqorida berilgan mavzuning o’ziga xos xususiyatlari deb nomlanishiga sabab “Bugalteriya hisobida hujjatlashtirish, va hujjatlardagi xatolarni to’g’rilash“ mavzusini o’rganish uchun boshqa barcha mavzular mazmunini ham puxta va mukammal bilish zarur bo’ladi. Chunki , ushbu mavzularni bir-biridan ajratib o’rganib bo’lmaydi. Endi qуyidа ma’ruza va uning o’tkazilishi tartibi haqida ma’lumotlar berib o’tiladi. Beriladigan ma’lumotlar bo’lajak iqtisodchi- pedagog uchun juda muhim pedagogik – metodik ma’lumotdir. Mа’lуmki, ma'ruza ((arabca), lekciya (lotinca - "lectio") - o'qish)) - o'quv materiallari, biror masala, mavzu kabilarning izchil, ma'lum bir tizimiga solingan bayonidir. Ma'ruza o'quv jarayonining asosiy bo'g’ini, oliy o'quv yurtida dars berishning asosiy shakllaridan biridir. U o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda katta rol o'ynaydi. Ma'ruzada mavzuning asosiy savollari ketma-ketlik asosida yuritiladi. "Bugalteriya hisobida hujjatlashtirish va hujjatlardagi xatolarni to'g’rilash" mavzusi bo'yicha qo'yiladigan ma'ruza faqatgina iqtisodiy rivojlanishning asosiy qonuniyatlarini ochib berishgina emas, fanning so'nggi yutuqlaridan foydalangan holda amaliyotda qanday ahamiyatga ega ekanligini, xayotda real muammolarni echishdagi ahamiyatini ham ko'rsatishi kerak. Ma'ruza ilmiy xarakterga ega bo'lishi, turli nazariy yo'nalishlar, ilmiy maktablarning asosiy g’oyalarini o'quvchilar ongiga etkazishi va olgan bilimini ishonchga aylantirishi kerak. Har qanday ma'ruzaning eng zarur sharti auditoriya bilan kontaktga kirishishdir. Ma'ruzani ko'tarinki ruh bilan o'qish kerak. Ma'ruza o'qish eng avvalo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Shuning uchun birinchi navbatda ma'ruza mavzusi bo'yicha adabiyotlar tanlash, hamda ular bilan tanishib chiqishi kerak. Oliy o'quv yurtida o'qitiladigan ma'ruzalar o'z funksiyasiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: Kirish ma'ruzasi; Yakunlovchi ma'ruza; Mavzular bo'yicha muammoli ma'ruza; Yo'l-yo'riq ko'rsatadigan ma'ruza; Obzorli ma'ruza. Ma'ruzalarning turlaridan qat'iy nazar barchasini funksiyasiga ko'ra muammoli ma'ruza tarzida o'qish mumkin. Kirish ma'ruzasi ma'lum bir mavzuni yoki muammoni o'rganishga bag’ishlangan ma'ruza bo'lib, unda ana shu masala, muammolar haqidagi fikrlar, ularning ijodiy tomonlari, kamchiliklari, echilmagan muammolari ko'rsatiladi. Yakunlovchi ma'ruza ma'lum bir mavzu muammosi yoki fanni o'rganib chiqib, uning yakuni bo'yicha o'tkaziladigan ma'ruzalar. Mavzular bo'yicha muammoli ma'ruzalar belgilangan mavzu bo'yicha dars oldidan o'qituvchi muammoli savollar, topshiriqlar, masalalar, turli holatlar kabilarga oid o'tkaziladigan ma'ruzalar. Yo'l-yo'riq ko'rsatadigan ma'ruza o'quvchilarga mustaqil ishlashni o'rgatishga ajratilgan ma'ruza bo'lib, unda ko'proq metodik maslahatlar beriladi. Tavsiya qilinadigan adabiyotlar, ularni mustaqil o'qish, ular ustida ishlash jarayonida diqqat ajratish lozim bo'lgan masalalar ko'rsatiladi. Obzorli ma'ruza u yoki bu muammo, mavzu yoki ma'lum bir tizimga solingan savollarni ma'lum bir mantiqiy aloqadorlikka bayon qilishga qaratilgan ma'ruza bo'lib, ko'pincga oliy o'quv yurtlarida odatda yakuniy nazorat yoki imtihonlar oldidan o'tkaziladi. Ma'ruza oq'uvchilar bilan muloqotda bo'lishning alohida shakli bo'lib, uni boshqa hech qanday o'quv shakli bilan almashtirib bo'lmaydi. Ma'ruzaning oldiga qo'yiladigan maqsad har xil bo'lib, bu maqsad maksimal darajada amalga oshishi uchun uning funksiyalariga ahamiyat berish kerak. Ma'ruzaning funksiyalari quyidagilardan iborat: Professional ta'lim berish va dunyoqarashni shakllantirish. O'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish. Ularni ahloqiy, ma'naviy jihatdan barkamol bo'lishi, mehnatga munosabati, sotsial-psixologik xislatlarini shakllantirish. Bilim berish, o'rganayotgan fani bo'yicha axborot olish, olgan axboroti asosida tadqiqot o'tkazib, xulosa chiarishga o'rgatish. "Bugalteriya hisobida hujjatlashtirish va hujjatlardagi xatolarni to'rilash " mavzusini o'rganish o'quvchilarning ijodiy fikrlarini rivojlantirishga ta'sir ko'rsatadi. Ularni jamiyat rivojlanishining iqtisodiy qonun, tendensiyalarini chuqur tushunishi, nazariy masalalar bilan amaliyotni bog’lash mahoratini hosil qilishlari uchun ma'ruza quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak. Ma'ruza ma'lum bir yunalishga: iqtisodiyotning asosiy qonun, tendensiyalari, prinsiplari, ijtimoiy taraqqiyotning muammolarini tahlil qilishga qaratilgan bo'lishi kerak. Yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirish hayot kechirish tarzini tanlashning tarbiyaviy ahamiyatini oshirishi lozim. Ilmiyligi jihatidan nazariyaning asoslarini amaliyot bilan masalaning qo'yilishining ilmiyligi bilan hamda iqtisodiy nazariyaning yangi dolzarb masalalariga ijodiy yondoshish bilan nazariy dalillar mantiqiyligi bilan uzviy birligi ta'minlanishi kerak. "Bugalteriya hisobida hujjatlashtirish va hujjatlardagi xatolarni to'rilash" mavzusidan ma'ruza o'qish oq'ituvci oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi: — oq'uvchilarga iqtisodiyot fanida erishilgan nazariy boylikni ochib berish. — Dunyodagi mashhur iqtisodchilar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va iqtisodchi olimlarning ishlarini chuqurroq o'rganishga yordam berish; — kasbiy ta'lim metodikasi fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlarni o'rganishda ijodiy qo'llashlariga yordam berish; — o'quvchilarga bozor iqtisodiyoti sharoitida murakkab social- iqtisodiy muammolarni echishda to'g’ri yo'l topishga o'zida ishonch hosil qilishni tarbiyalash. Masalan, quyida “Bugalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uning iqtisodiy mazmuni” mavzusiga oid slayd berildi. Iqtisodchi- pedagog kompyuterda ishlashni ham bilishi kerak chunki mavzularga oid slaydlar tayyorlaydi va ularni ma’ruza darsida proyektordan foydalanib o’quvchilarga ko’rsatadi va mavzuni tushuntiradi. Qуyidа mаvzуni o’rgаnishdа mа’rуzа dаrsi уchуn аyrim slаydlаr tаyyorlаndi6 Shu kabi misollarni keltirish mumkin. Quyida yangi hisobvaraqlar rejasi berildi: Ma'ruzaning ilmiyligi materialni bayon qilishning izchilligi. savollarni aniq, tushunarli qo'yilishini nazarda tutadi. Ilmiy-iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy hayotni tahlil qilishda tarixiylikka amal qilisqni talab qiladi. Ma'ruzaga tayyorlanish jarayonida o'qituvchi mavzu bo'yicha savollarni qanday bayon qilishni, qanday uslublar qo'llashini ko'z o'ngiga keltirishi kerak. Mavzu bo'yicha adabiyotlarni, zarur ma'lumotlarni ana shundagina bilishi mumkin. Yana shuni ham hisobga olishi zarurki, agar o'qituvchi zarur dalillar, ma'lumotlarga ega bo'lsada, ularni ishonarli, asoslangan holda bayon qilmasligi, fandagi dolzarb savollarga javob berishdan chetlab o'tishi yoki cetga chiqishi mumkin. Bu o'quvchilarda ma'ruzadan qoniqmaslikka, uning ishonchliligi va tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirishga olib keladi. "Bugalteriya hisobida hujjatlashtirish va hujjatlardagi xatolarni to'g’rilash” bo'yicha ma'ruzada faktlar, real ma'lumotlarning o'z o'rni bor. Chunki, ular iqtisodiy jarayon, muammolarni mohiyatini ochib berishga yordam beradi. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, faqat ulardan mahorat bilan foydalangandagina kutilgan natijani beradi. Buning uchun sabab-oqibatli bog’lanish, ma'lum umumlasntirish, tendensiyalarni ko'rsata oladigan raqamlar va dalillardan foydalanish kerak. Raqamlar, ma'lumotlar o'rganilayotgan predmetning mazmunini izchillik bilan o'rganish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Albatta, raqamlardan o'z fikrini tasdiqlash uchun foydalanish, illyustrasiya qilish mumkin. Lekin, nazariy qoidalarning, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyatini tushunishda ham muhim rol o’ynashini yoddan chiqarmaslik kerak. Har bir pedagog raqamlardan yuzaki, shunchaki foydalanishdan qochish kerak. Iqtisodchilarning fikriga ko'ra dalillar, raqamlar bu ma'lum qayta ishlashni talab etadigan qurilish materiali xolos. Real ma'lumotlar, raqamlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: raqamlar, faktlar hozirgi zamon xo'jalik hayotining o'ziga xos ayrim tomonlarini 1 ko'rsatishi, kishilarning ko'z o'ngiga keltirishiga yordam berishi; ma'lumotlar, dalillarni tanlayotganda hilma-xil bo'lishiga ahamiyat berish, shu bilan birga tasodifiy faktlardan ehtiyot bo'lish kerak. Chunki, ular u yoki bu hodisaning mohiyatini ochib bera olmaydi, aksincha o'quvchilarni chalg’itishi mumkin. Shuning uchun: ma'ruzaga tayyorgarlik ko'rganda vaqt nuqtai nazaridan hozirgi vaqtdagi raqamlarni keltirish kerak. Tanlangan dalillar ishonchli, sinalgan bo'lishi, hech kimda ikkilanish o'yg’otmasligi kerak. Har qanday ma'ruzada faktlarga nazariy qoidalarini mohiyatini ochishga xizmat qiladigan darajada o'rin berilisniga e'tibor berishi kerak. Agar nazariya bilan faktlar o'rtasida optimal nisbat buzilsa, o'quvchi faktlarni aralashtirishni boshlaydi. Umumlashtirish va xxulosalarga befarqlik bilan qarashni boshlaydilar. Vaholangki, ma'ruzada asosiy maqsad nazariy konsepsiyalarni o'quvchilar onggiga etkazishdir. Ma'ruzada negativ faktlarni ham to'g’ri sharxlash, ularning qanday oqibatlarga olib kelishi, bartaraf qilish yo'llari haqida to'xtash kerak. Ma'ruzachining vazifasi negativ faktlarni e'lon qilish emas, balki ularni tahlil qilish, xulosa chiqarishga o'rgatishdir. Faktlar ma'ruzaga jonli mazmun, hayot nafasini baxsh etadi, uning ahamiyati bu jihatdan bebahodir. Ma'ruzani nazariy va amaliy materiallarini o'quvchilarga etkazishning umumiy usuli sifatida qarasak, uni qay tarzda o'quvchiga etkazish muammosi kelib chiqadi. Dalillar va nazariy konsepsiyani o'quvchilarga etkazishda asosan ikki uslubdan foydalaniladi: induktiv va deduktiv hamda induktiv uslub ma'ruzada xususiylikdan umumiylikka. Deduktiv uslub esa, umumiylikdan xususiylik tomon bayon qilinishini ifodalaydi. Ma’ruzaning texnologik xaritasi ishning 1- ilovasida berildi (1-ilova). Quyida “ Aqliy hujum” metodi haqida ma’lumotlar beriladi. Ma'lumki, "Aqliy hujum" metodi – biror muammo bo'yicha ta'lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to'plab, ular orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan metoddir. "Aqliy hujum" metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud. Og’zaki 1 shaklida ta'lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta'lim oluvchilarning har biri o'z fikrini og’zaki bildiradi. Ta'lim oluvchilar o'z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta'lim oluvchilar o'z javoblarini qog’oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko'rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. "Aqliy hujum" metodining yozma shaklida javoblarni ma'lum belgilar bo'yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to'g’ri va ijobiy qo'llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o'rgatadi. "Aqliy hujum" metodidan foydalanilganda ta'lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo'ladi, shu jumladan ta'lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta'lim oluvchilar o'z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko'nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta'lim oluvchilarda turli g’oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta'lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. "Aqliy hujum" metodi ta'lim beruvchi tomonidan qo'yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi: Ta'lim oluvchilarning boshlang’ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo'yilganda, bu metod darsning mavzusiga kirish qismida amalga oshiriladi. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog’lash maqsad qilib qo'yilganda yangi mavzuga o'tish qismida amalga oshiriladi. O'tilgan mavzuni mustakamlash maqsad qilib qo'yilganda mavzudan so'ng, darsning mustakamlash qismida amalga oshiriladi. "Aqliy hujum" metodini qo'llashdagi asosiy qoidalar: Bildirilgan fikr-g’oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi. Bildirilgan har qanday fikr-g’oyalar, ular hatto to'g’ri bo'lmasa ham inobatga olinadi. Har bir ta'lim oluvchi qatnashishi shart. 1 "Aqliy hujum" metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: Ta'lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo'yicha o'z javoblarini (fikr, g’oya va mulohaza) bildirishlari so'raladi; Ta'lim oluvchilar savol bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirishadi; Ta'lim oluvchilarning fikr-g’oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qog’ozlarga yoki doskaga) to'planadi; Fikr-g’oyalar ma'lum belgilar bo'yicha guruhlanadi; Yuqorida qo'yilgan savolga aniq va to'g’ri javob tanlab olinadi. “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi7 "Aqliy hujum" metodining afzalliklari: natijalar baholanmasligi ta'lim oluvchilarda turli fikr – g’oyalarning shakllanishiga olib keladi; ta'lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi; fikr-g’oyalar vizuallashtirilib boriladi; ta'lim oluvchilarning boshlang’ich bilimlarini tekshirib ko'rish imkoniyati mavjud; ta'lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg’otadi. "Aqliy hujum" metodining kamchiliklari: ta'lim beruvchi tomonidan savolni to'g’ri qo'ya olmaslik; ta'lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi (rasm). 1 “Aqliy hujum” metodi Quyida “Aqliy hujum” metodidan foydalanish uchun mavzuga oid savollar keltirildi. Ushbu savollar mavzuning o’ziga xos hususiyatlaridan “Bugalteriya balansi” mavzusini o’rganishga oid tuzildi.
Download 192.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling