Bitiruv malakaviy ishi mundаrijа kirish


Bugalteriya rasmiylashtirish hujjatlari


Download 192.63 Kb.
bet9/23
Sana03.12.2023
Hajmi192.63 Kb.
#1800666
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Buxgalteriya hisobida hujjatldlar

Bugalteriya rasmiylashtirish hujjatlari bugalteriya hisobi xodimlari tomonidan hisob ishlarini tezlashtirish va ixchamlashtirish uchun tuziladi. Bunday hujjatlarga bugalteriya ma'lumotnomalari, amortizatsiya hisoblash jadvallari, foydani taqsimlash bo'yicha hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar kiradi.
Axborot hujjatlari korxona rahbarlariga va tegishli yuqori organlarga zarur axborot ma'lumotlarini berish uchun xizmat qiladi. Bunday hujjatlarga moddiy boyliklarni sotib olish uchun tuzilgan shartnomalar, moddiy
qiymatliklarning normativlari va boshqa shu kabi hujjatlar kiradi.
Hozirgi vaqtda hisob ishlarini avtomatlashtirish keng yo'lga qo'yilmoqda. Bu, o'z navbatida, xo'jalik muomalalarini hujjatlashtirishni yangi bosqichga ko'tarmoqda. Ho'jalik muomalalarini hujjatlashtirishning va dastlabki hujjat ma'lumotlarini hisoblash mashinalariga kiritishning yaxshilanishini har xil zamonaviy ma'lumot tashuvchi vositalardan foydalanish yo'li bilan amalga oshirish istiqbolli yo'llardan biri hisoblanadi.

Rasm.3
Hujjatlardagi xatolarni tuzatishning usullari
Bizga ma'lumki bugalteriya hisobining birlamchi hujjatlarida o'chirib yozishlar va aytib qo'yilmagan tuzatishlarga yo'l qo'yilmaydi. Xatolar bo'яyicha qilingan tuzatishlar mazkur tuzatishlar kiritilgan sana ko'rsatilgan holda ana shu tuzatishlarni kiritgan shaxs imzosi bilan, kassada esa korxona bosh bugalteri yoki uning o'rinbosari imzosi bilan ham tasdiqlanali. Bank hujjatlaridagi xatolarni tuzatishga yo'l qo'yilmaydi.
Korrektura usuli bunda noto'g’ri yozuvning ustidan yupqa qilib chiziladi, uning yon tomoniga yoki tepasiga to'g’ri yozuv yoziladi va bu to'g’rida muayyan hujjatning tagida hisobning shu sohasiga javobgar shaxs yoki bosh bugalter tomonidan izoh, beriladi va uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Qilingan tuzatishga "tuzatilgani to'g’ri" degan yozuv ilova qilinadi va tuzatish sanasi ko'rsatiladi.
Qo'shimcha provodka usuli bugalteriya hujjatlarida xato aniqlangan paytda amalga oshiriladi. Masalan, bugalter birorta xo'jalik muomalasini unutganida yoki hisobvaraqlar bo'yicha murakkab provodkalarni amalga oshirishda qandaydir operatsiya o'tkazilmasa xo'jalik muomalasini baholash xato ravishda pasaytirilsa, bugalteriya provodkasi ikki yoqlama yozuv usuli bilan o'tkazilmagan ayrim hollar ham bo'ladi..
"Qizil storno" usuli bunda xato yozuv qizil siyoh, bilan xuddi o'zidek qilib yana bir marta yoziladi, undan keyin to'g’ri yozuv avvalgidek tegishli registrda aks ettiriladi. Hisobvaraq bo'yicha jami oborot topilayotganida qizil siyoh, bilan yozilgan summa umumiy yig’indidan ayirib tashlanadi. Moliyaviy hisobotlarda hech qanday o'chirib yoki tuzatib yozishlar bo'lmasligi kerak. Xatolar tuzatilganida tegishli qaydlar qayd qilinadi, ularni hisobot va balansni imzolagan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko'rsatadilar.
Yuqoridagi paragraf mazmunida “Bugalteriya hisobining predmeti, ob’eykti, su’byekti va usullari” haqida mazkur paragraf mazmunida esa, “Bugalteriya hisobini hujjatlashtirish, xatolarni to’g’rilash va uning hisobvaraqlari” haqidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlar berildi. Bo’lajak iqtisodchi- pedagog yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni puxta bilishi zarur. Chunki ushbu ma’lumotlarni dars jaroyonida turli o’qitish metodlari yordamida o’quvchilarga yetkazadi. Yetkazishga oid ma’lumotlar keyingi bob va paragraflar mazmunida yoritilib beriladi.

Download 192.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling