Bitiruv malakaviy ishida qo’yilgan vazifalar yoritib bergan va qo’yilgan maqsadga erishilgan


Download 25.12 Kb.
bet1/2
Sana19.01.2023
Hajmi25.12 Kb.
#1100954
  1   2
Bog'liq
Xulosa


Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi bitiruvchisi Soliyeva Durdonaning “Power Point 2013 dasturida animatsion effektlar, figura va sxemalardan foydalanish mavzusini o’qitish metodikasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar


XULOSASI

Xozirda axborot texnologiyalari yordamida bajarilayotgan ishlarning juda ko‘p qismi taqdimoq ko‘rinishinida tinglovchilarga namoyish etiladi. Bu esa har bir shaxsning dasturiy paketlardan foydalanish, ularda ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish, prezentatsiyalar tayyorlash bilimlari yetarli bo‘lishligi davr talabiga aylanib ulgurdi. Ushbu “Power Point 2013 dasturida animatsion effektlar, figura va sxemalardan foydalanish mavzusini o’qitish metodikasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi shu yo’nalishda bajarilgan bo’lib, maqsadi PowerPoint dasturida turli slaydlar yaratish, dasturning imkoniyatlarini ochib berish. Turli fanlardan slaydlar tayyorlashda animatsion effektlardan, figura va sxemalardan keng samarali foydalanish, dars mashg‘ulotlar samarasini oshirishdan iborat.


Bitiruv malakaviy ishning asosiy mazmunida PowerPoint dasturida turli xil figuralar bilan ishlash va ulardan foydalanish, PowerPoint dasturida turli xil sxemalar bilan ishlash va ulardan foydalanish, Prezentatsiyalar tayyorlash jarayonida animatsiyalardan foydalana olishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishida qo’yilgan vazifalar yoritib bergan va qo’yilgan maqsadga erishilgan.
Ushbu bitiruv malakaviy ishni bajarish moboynida bitiruvchi Soliyeva Durdona o’zini soha mutahassisi bo’lib yetishganligini namoyish qila oldi. U muammoni ko’ra bilish, maqsad yo’nalishida mustaqil vazifalar qo’yish va ularni xal qilish kabi ijobiy qirralarini ko’rsatdi.
Bajarilgan bitiruv malakaviy ishni ijobiy baholayman va uning muallifi Soliyeva Durdonani 5110700 –Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi bo’yicha bakalavr darajasiga munosib deb hisoblayman hamda himoya qilishga tavsiya qilaman.

Download 25.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling