Bitiruv malakaviy ishini yozish bo’yicha uslubiy qo’llanma
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Bitiruv Malakaviy Ishini yozish
2
1.1 Talaba nima uchun Bitiruv Malakaviy Ishini yozishi kerak? ................... 3 1.2. Ilmiy ishning turlari haqida. ......................................................................... 3 II BOB BITIRUV MALAKAVIY ISHI MAVZUSI UCHUN NOM TANLASH. ............................................................................................................... 4 2.1 Mavzuga mos keluvchi yaxshi nom tanlash. ............................................... 4 2.2 Nom tanlashda e’tibor berilshi lozim bo’lgan holatlar. ............................. 4 III BOB. KIRISH QISMI NEGA BUNCHALIK MUHIM? .............................. 5 3.1. Kirish qismining tuzilishi haqida. ................................................................... 5 IV BOB. ASOSIY QISMNI YOZISH BO’YICHA FOYDALI KO’RSATMALAR. ................................................................................................. 9 4.1 Ma’lumotlarni o’quvchiga qanday yo’llar bilan taqdim etish lozim? ......... 9 4.2. Muallifning muammolar yechimi borasidagi fikrini bayon etishi. ......... 11 V BOB. XULOSA QISMINI YOZISH VA UNDA E’TIBOR BERILISHI LOZIM BO’LGAN HOLATLAR. ...................................................................... 11 VI BOB. ASOSIY QISM YAKUNLANGACH ABSTRAKT YOZISHNI UNUTMANG. ........................................................................................................ 13 VII BOB. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR HAMDA HAVOLALARNI KELTIRISH. ......................................................................................................... 13
3
1.1 Talaba nima uchun Bitiruv Malakaviy Ishini yozishi kerak?
Dastavval, Bitiruv malakaviy ishi nimaligiga to’xtalib o’tsak. U quyidagi uch belgini o’zida mujassamlashtiradi.
Keling Bitiruv Malakaviy Ishi nima ekanligini oddiy referat yoki mustaqil ish bilan solishtirish orqali o’rganamiz. Bitiruv Malakaviy Ishi (bundan keyin BMI) hali yechimini topmagan muammoni o’z ichiga olishi zaruriy shartdir. Referat yoki mustaqil ish ham yechilmagan muammoni o’z ichiga olishi mumkin. Lekin, uning bo’lishi zaruriy shart hisoblanmaydi va ularga nisbatan talaba tomonidan taklif yoki tavsiya berilishi talab qilinmaydi.
Shuningdek, BMI ko’pchilik yoki jamiyat uchun muhim bo’lgan va uning yechimi ko’pchilik tomonidan umid qilinayotgan masala bo’lishi kerak. Masalan: Sizning sevgan qizingiz bor lekin uning ota-onasi qarshi bo’lganligi uchun siz u bilan turmush qura olmayapsiz. Albatta bu siz uchun juda katta muammo, biroq bu qolganlarning ham muammosi deb ayta olmaysiz. Aksincha yoshlar orasida nikohning yoki ajralishlarning ko’payib borayotgani esa jamiyat muammosi bo’lib, hamma uchun birdek muhimdir. Shuning sababli, barcha uchun muhim va qiziq mavzuda BMI yozish maqsadga muvofiqdir. Lekin, bu degani hozirgi kunda dolzarb deb o’ylayotgan masalalarnigina yozish kerak degani ham emas. Chunki, ko’pchilik tomonidan e’tibor berilmayotgan ammo dolzarb bo’lgan masalalar ham mavjud.
BMIda ko’tarilgan muammolar yuzasidan taklif yoki tavsiyalarning mavjud ekanligi muhim shartlardan biridir. Albatta muammo yuzasidan beriladigan taklif yoki tavsiya barcha muammolarni qamrab olishi shart emas va ular muammolar yechimi uchun asos sifatida xizmat qiluvchi tavsiyalar bo’lishi ham mumkin. Lekin talabalar bir narsani unutmasliklari lozimki, hech qanday taklif yoki tavsiyasiz BMI yozish va uni ko’pchilik oldida himoya qilishdan umuman ma’no ham yo’q.
Ilmiy ish yozishda bir qancha usullardan foydalaniladi va bu usullardan BMI yozishda ham foydalanish mumkin. Bu usullardan foydalanish ishning mazmunini yoritishda va oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishishda katta yordam beradi. 1. Huquqdagi yechilmagan muammolarni o’zida jamlaganligi 2. Ushbu yechimi topilmagan muammolarni yechish jamiyat uchun dolzarb masala ekanligi 3. Muammoning yechimi borasida talabaning tavsiyalari mavjud ekanligi. 4
Demak, ular umumiy qilib aytganda quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Huquqiy-dogmatik (doctrinal) 2. Sohalararo 3. Qiyosiy 4. Nazariy, tarixiy, tanqidiy, metodologik.
Keling, dastavval qanday nom yaxshi nom ekanligini aniqlab olamiz. Yaxshi nom quyidagi 3 belgini o’z ichiga oladi.
Albatta mavzuning nomi hamma uchun oson bo’lishligi muhim masala hisoblanadi. Chunki mavzuning nomi qisqa va unga ergashib, uni tushuntirib keladigan gaplar bo’lmaydi. Asosiy qismda qaysidir so’z tushunarsiz bo’lsa, keyingi gapda unga izoh berish mumkin. Mavzu nomida esa buning sira ham iloji yo’q.
Siz mavzuning nomini tushunishga oson qilib yozishingiz mumkin, lekin u siz BMIda ko’tarayotgan asosiy masalani ko’rsatib turmasa va ma’lum bir qismgagina aloqador bo’lsa, qanchalik chiroyli nom topmang u foydasiz bo’lib qolaveradi.
Uchinchi holat bo’lgan hammada qiziqish uyg’otuvchi nom topish yuqoridagi ikki belgidek zaruriy ahamiyatga ega emas, biroq bunday nom o’quvchi siz yozgan BMIni qo’liga olgan paytdan siz yozgan ishga bo’lgan qiziqishining uyg’onishi demak sizda o’quvchi bor degan bir tuyg’uni vujudga keltiradi.
Mavzuga nom berishda e’tibor beriladigan holatlar haqida gapirgandan ko’ra ularni amaliy misollar orqali tushuntirish hamma uchun tushinarli bo’ladi. Shu sababli quyida “maqbul” hamda “nomaqbul” misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz
5
Bu misolimizda ko’rishimiz mumkinki, tanlangan nom o’z ichiga juda katta hajmdagi ishni olgan. Bu esa, ushbu BMIda qanday masala ko’rilishi ya’ni qanday muammo oldinga qo’yilayotgani noaniq bo’lib qolishiga olib kelmoqda. O’ylashingiz mumkin, ushbu BMIda kvalifikatsiya qilish masalalari oldinga qo’yilgan deb. Ammo, qaysi tarafdan, qanday jinoyatlarda degan savollar yopiqligicha qolaveradi. Shu sababli, BMIning mavzusi va uning nomini tanlashda iloji boricha aniqlikka va mavzuning keng doirada emasligiga e’tibor qaratish lozim. Ushbu misoldagi nomga e’tibor qaratadigan bo’lsak, muammo siyosiy partiyalarning ishtiroki bo’lishi mumkin. Asosiy e’tibor o’zini-o’zi boshqarish organlariga qaratilishi ham mumkin. Obyekt sifatida siyosiy partiyalar bo’lishi mumkin. Biroq bu yerda “ishtirokini rivojlantirish” deb yozilgan. Mantiqiy o’ylab qaraladigan bo’linsa, ishtirokni rivojlantirish mumkinmi degan savol tug’iladi. Albatta yo’q. Chunki ishtirok oshirilishi mumkin lekin u rivojlantirilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, nom tanlashda so’zlarning mantiqiy bog’lanishiga e’tibor qaratishimiz zarur. Keling endi maqbul misollarni ham ko’rib o’tamiz.
Ushbu BMIning nomidan u qanday muammoni o’z ichiga olayotgani, asosiy e’tibor beriladigan nuqtalar hamda obyekt nima ekanligini ko’rishimiz mumkin. III bob. Kirish qismi nega bunchalik muhim? 3.1. Kirish qismining tuzilishi haqida. Ko’pchilik talabalar kirish qismini unchalik ham muhim deb o’ylamaydilar. Lekin, bu juda ham noto’g’ri fikrdir. Chunki aynan kirish qismi o’quvchida qiziqish
Ikki tomonlama investitsion shartnomalardan kelib chiquvchi nizolarni ko’rib chiquvchi xalqaro arbitrajlar qarorlarining davlat suverenitetiga ta’siri. (TDYU 4-kurs talabasi K.Abdullayevning BMI mavzusi.) Muammo: Sud qarorlarining davlat suverenitetiga ta’siri Asosiy e’tibor: Xalqaro investitsion sudlar Obyekt: Ikki tomonlama investitsion shartnomalar
Maqbul namuna 1
O’zini-o’zi boshqarish organlaridagi siyosiy partiyalarning ishtirokini rivojlantirish.
6
uyg’otadigan va sizning tadqiqotingizning yuzi hisoblanadi. Shunday ekan, biz uni BMImizning eng zaruriy qismlaridan biri deb hisoblashimiz lozim bo’ladi. Buni oddiy qilib tushuntirish mumkin. Keling sizning ilmiy ishingizni kavlanilishi lozim bo’lgan quduqqa o’xshatamiz. Siz bir odamga “shu yerni kavla!” deb buyruq bersangiz tabiiyki u buyrug’ingizni bajarmaydi. Biroq, unga nima uchun kavlashi kerakligining sababini tushuntirsangiz uning kavlashni boshlash ehtimoli katta. Demak, kirish qismida ham siz nima uchun bu ishni yozayotganligingizni o’quvchiga tushuntirishingiz kirish qismining kaliti hisoblanadi. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, kirish qismida, quyidagi kki savolni o’zingizga berib, unga javob izlab yozishingiz lozim.
Albatta nimani tadqiqot qilishingizni yuqoridagi mavzuyingiz nomidan hamda paragraflaringiz nomidan ham ko’rish mumkin. Nima uchun tadqiqot qilayotganingizni esa quyidagi uch belgini ko’rsatish orqali o’quvchiga yetkazib berishingiz mumkin bo’ladi.
bo’ladi. Avvalo umumiy gaplar bilan mavzuga kirib boriladi. Undan keyin, tadqiqot qilinayotgan mavzuning dolzarbligi qisqacha yoritib o’tiladi. Agarda statistik ma’lumotlar mavjud bo’lsa ular keltirib o’tilishi maqsadga muvofiqdir. Shundan so’ng, tadqiqot qilinayotgan tizim haqida qisqacha tavsif berib, unga tegishli bo’lgan qaysi muammolar tadqiqot obyekti sifatida olinganligi ko’rsatiladi. Kirish qismining so’ngida esa har bir bobda nimalar yozilishi ko’rsatib o’tilishi lozim. Albatta, yuqoridagi ma’lumotlarni qay yo’sinda taqdim etish talabaning xohishiga bog’liq nima uchun ushbu tadqiqotni qilayapman? nimani tadqiqot qilayapman? Qanday muammo bor ekanligi Nega bu muammo ko'tarib chiqilayotganligi Ushbu muammoni hal etish uchun qiliniladigan ishlar nimalardan iboratligi 7
bo’lib, ularni alohida
qismlarga bo’lib
ko’rsatishi ham yoki ularni ajratmasdan har bir
abzastni mohirlik bilan bir- biriga bog’lab ularning barchasini o’quvchiga yetkazib berishi
ham mumkin. Quyida shunday kirish qismlaridan qisqartirilgan misollarni taqdim etamiz.
КИРИШ Мавзунинг долзарблиги. Экстрадиция халқаро одил судловнинг қарор топиши учун муҳим восита сифатида майдонга чиқади. Токи, жиноятчилик кун сайин ривожланиб, инсон, жамият ва давлат учун жиддий таҳдид солар экан, экстрадицияга бўлган талаб ҳам ошиб бораверади. Диссертациянинг мақсади – Экстрадицияда халқаро ҳуқуқий ҳамкорлик масалаларига оид халқаро-ҳуқуқ, миллий қонунчиликни ҳамда экстрадицияни ҳуқуқий аспектларини комплекс таҳлил қилиш ва шунга асосланиб, экстрадиция жараёнини тартибга солувчи миллий жиноят процессуал нормаларини такомиллаштириш бўйича таклифлар киритишдан иборат.
Тадқиқот натижаларининг амалий аҳамияти. Диссертацияда мужассамланган назарий ҳолатлар, хулосалар ва таклифлардан қуйидаги соҳаларда фойдаланиш мумкин..........
жиноятчиларни ушлаб беришдаги (экстрадиция қилиш) халқаро-ҳуқуқий ҳамкорлик билан боғлиқ бўлган муаммолар монографик даражада комплекс ўрганишга ҳаракат қилинган. Тадқиқот предмети – Экстрадиция соҳасида халқаро ҳуқуқий ҳамкорлик доирасига оид масалалар. Шу асосда Экстрадиция соҳасида халқаро ҳуқуқий ҳамкорлик йўналишлари бўйича назарда тутилган халқаро нормаларни амалий татбиқ этиш холати, муаммолари ва анъаналарини кўриб чиқиш ва таҳлил қилиш. 1. mavzu ochib beriladi va ba'zi bir umumiy ma'lumotlar taqdim etiladi; 2. mavzu bilan bog'liq adabiyotlar taqdim etilishi mumkin; 3. mavzu doirasi aniqlanadi; 4. hozirgi holat yoritib beriladi; 5. mavjud vaziyatni baholash (afzallik va kamchiliklar); 6. tadqiqot maqsadining ahamiyati aniqlanadi; 7. tadqiqot muammolari yoki savollari ochib beriladi; 8. tadqiqotning obyekti yoritiladi; 9. tadqiqot metodikasi ko’rsatiladi; 10. qaysi bobda nimalar ko’rsatilishi taqdim etiladi. 8
шахсларни экстрадиция қилиш масалаларини тартибга солувчи халқаро ҳуқуқ нормалари, ҳамда халқаро ва миллий қонунчилик амалиётидаги статистик ва аналитик маълумотлар.
параграфни ўз ичига олувчи икки боб, хулоса ва фойдаланилган адабиётлар рўйхатидан иборат. Диссертация ҳажми – 70 бет.
Xalqaro ommaviy huquq kafedrasi o’qituvchisi I.Yakubovaning magistrlik dissertatsiyasidan
Ushbu ishda, odatda, O'zbekistonda foydalaniladigan usuldan foydalanilgan, ya'ni har bir qism alohida qora harflarda ko'rsatib chiqilgan va alohida qismlarga bo’lib berilgan. Albatta kirish qismini bunday taqdim etish ma’lum bir darajada “tadqiqot loyihasini” ham eslatib yuboradi. Bunday usulda taqdim etish o’quvchining diqqatini jalb qiladi va u o’ziga kerakli joyini tezda topib olishiga yordam beradi. Biroq, salbiy tomoni ham mavjud bo’lib, o’quvchiga faqatgina ma’lumot berib, unga hikoya (story) o’qigandek zavqni taqdim eta olmasligi mumkin.
Kirish Hozirgi kunda globallashuv natijasida dunyo xalqlarining keng miqyosdagi integratsiyasi yanada kuchayib bormoqda. Ushbu integratsiya jarayoni natijasida ayniqsa chet el elementi bilan murakkablashgan oilaviy munosabatlarning soni ham ko’paymoqda. Masalan: 2007-2008 yillarda mamlakatimizda fuqarolarimiz va chet elliklar o’rtasida tuzilgan nikohlar soni 100 tadan oshmagan bo’lsa, 2010- yildan 2015- yilgacha har yilgi ko’rsatkich 500-600 ta atrofida. Shu bilan mutanosib ravishda xalqaro nikohni bekor qilish ham tobora ko’payib bormoqda. Masalan, 2015-yildan 2016-yilning birinchi choragigacha bo’lgan davrda fuqarolarimiz va chet elliklar o’rtasida 570 ta nikoh bekor qilingan. Albatta ushbu ko’rsatkichlar xalqaro oilaviy munosabatlarni tadqiq qilish zarurati borligini ko’rsatib turibdi. Chunki, hozirgi kundagi O’zbekiston Xalqaro xususiy huquqi Sobiq sovet ittifoqi qonunchiligi asosida yaratilgan bo’lib, unda Sobiq Ittifoqning naqzariyalari yashamoqda hamda ular “cho’loq nikohlarni vujudga keltirishi, O’zbekiston bilan aloqasi bo’lmagan shaxslarning nikohni bekor qilishlari ustidan ham O’zbekiston sudlarining yurisdiksiyasini belgilash kabi muammolarni vujudga keltirish ehtimoli katta. Shu sababli, ular zamonaviy globallashib borayotgan jamiyatimizga to’g’ri kelish kelmasligini aniqlash zarur. Ayniqsa 9
Ikkinchi misolimizda kirish qismini o’qigan o’quvchi huddi hikoya o’qiyotgan o’zini his qilishi mumkin. Lekin, aynan o’ziga kerakli ma’lumotni izlayotgan izlanuvchi esa, ma’lumotni topishga qiynalishi yoki ko’p vaqt sarflashi ehtimoldan holi emas.
IV bob. Asosiy qismni yozish bo’yicha foydali ko’rsatmalar. 4.1 Ma’lumotlarni o’quvchiga qanday yo’llar bilan taqdim etish lozim?
O’quvchiga qanday ma’lumotlarni taqdim etish lozim degan savolga javob berish uchun, avvalo, kirish qismida tadqiqotni qanday usulda amalga oshirish haqida gap ketganligiga e’tibor qaratamiz. Masalan ikkinchi misolimizda, ish qiyosiy huquqiy jihatdan ko’rilib, O’zbekiston qonunchiligi tanqidiy jihatdan tahlil qilinishi aytib o’tilgan. Demakki, asosiy qismda ham shunga mutanosib ravishda ma’lumotlar berib o’tilishi lozim. Agarda kirish qismida Yaponiya va Yevropa Ittifoqi bilan qiyosiy huquqiy tahlil amalga oshirilishi nazarda tutilgan bo’lsa, asosiy qismda ham o’quvchiga aynan qiyosiy tahlil usulidan foydalanib, ma’lumotlar taqdim etilishi zarur. Bunda sizning tanlagan usulingiz tadqiqotingizni amalga oshirishda qanchalik qo’l kelganini ko’rish mumkin bo’ladi.
Keyingi taqdim etilishi lozim bo’lgan ma’lumot bu statistik ma’lumotlardir. Statistik ma’lumotlarni taqdim etishning ham o’ziga xos jihatlari mavjud. Ayniqsa, kompyuter texnologiyalari rivojlanayotgan hozirgi kunda, ularni o’quvchiga tushunarli tarzda va ko’plab jihatlarni o’z ichiga oladigan qilib taqdim etish talab bunday nazariyalar xalqaro nikohni bekor qilish bilan bog’liq ishlarda ko’zga tashlanadi. Shu sababli, ushbu ilmiy ishda chet el elementi bilan murakkablashgan nikohdan ajratishda qo’llaniladigan huquq, yurisdiksiya hamda chet el sudi qarorlarini tan olish bilan bog’liq O’zbekiston hamda fuqarolarimiz asosan oilaviy munosabatlarga kirishadigan MDH mamlakatlari fuqarolari o’rtasidagi xalqaro oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi Minsk konvensiyasi normalaridagi muammolar tadqiq etiladi. Mavjud muammolarni yechishda Xalqaro xususiy huquqning asosoiy prinsiplari bo’lmish Fuqarolar va chet ellik fuqarolarning tengligi, Eng uzviy bog’langan mamlakat qonunini qo’llash kabilarga asoslaniladi. Ilmiy ishning I bobida,…….II bobida…………….III bobida…………………IV bobida…………….Xulosa qismida…………..lar ko’rib chiqiladi.
Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o’qituvchisi A.Xakimovning magistrlik dissertatsiyasidan olingan. 10
etiladi. Keling, statistik ma’lumotlarni qanday taqdim etishni misollar yordamida o’rganamiz.
tasavvur qila olishi mumkin. Agarda ma’lumotlar oddiy usulda taqdim etilganda biz ko’rib turgan ma’lumotlarni taqdim etishning imkoniyati mavjud bo’larmidi? Albatta yo’q. Chunki, bunday ma’lumotlar oddiy jadval usulida taqdim etilsa, ishdagi juda katta maydonni egallaydi va o’quvchi vaziyatni tasavvur qilishi qiyin bo’ladi. Ammo, bu bilan jadval usulida ma’lumotlarni taqdim etib bo’lmaydi degan fikrdan yiroqmiz. Ba’zi bir ma’lumotlar jadvallar orqali taqdim etilganda, ularni tushunish oson bo’ladi.
Statistik ma’lumotlarni taqdim etishda yana bir qancha turdagi chizmalardan foydalanish mumkin. Ulardan foydalanishda, statsitik ma’lumotlarni nima uchun taqdim etayotganligini yaxshilab o’ylab ko’rish zarur va aynan nimaga urg’u bermoqchi ekanligini ham hisobga olish kerak.
Tadqiqiotning amaliyot bilan uzviy bog’liqligiga yoki uning nazariy ekanligiga qarab, o’quvchiga ma’lumotlarni taqdim etish lozim. Masalan: agarda tadqiqot nazariya bilan uzviy bog’liq bo’lsa, unda BMIda ko’proq olimlarning bu boradagi fikrlarini keltirib o’tish va u bo’yicha qanday tadqiqotlar amalga oshirilgani va ularda nimalar ilgari surilgani haqida batfsil to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi. Agarda, tadqiqot amaliyot bilan uzviy bog’liq bo’lsa, unda olimlarning nazariyalari bilan birgalikda amaliyotda ishlovchi mutaxassislardan ham intervyular olib yoki anketalar orqali ma’lumotlar taqdim etilsa, ish ajoyib ko’rinishga ega bo’ladi. 11
4.2. Muallifning muammolar yechimi borasidagi fikrini bayon etishi.
holatlar.
Xulosa qismini yozishda talaba 4 holatga katta e’tibor qaratishi lozim. 1. Har bir bob va paragrafning xulosa qismida keltirib o’tilgan xulosalarga asoslanib, tadqiqot mavzusi bo’yicha mana shunday holatlarni aniqlashtirildi deb yozilishi; 2. Kirish qismida keltirib o’tilgan muammolarni yechish uchun qanday amallarni bajarganligi va buning natijasida nimalar oydinlashganini; 3. BMIga xulosa yasaladi; 4. Mavzuning kelajagi va bu ishda amalga oshmay qolgan ishlar haqida qisqacha aytib o’tiladi. Keling endi har bir holatga alohidadan misollar yordamida to’xtalib o’tamiz.
Ushbu ishda xalqaro nikohni bekor qilish jarayonida farzandning kim bilan yashashini belgilash, er-xotinlar va voyaga yetmagan farzandlar uchun to’lanadigan aliment hamda er-xotin o’rtasdagi umumiy mulkni bo’lishda nikohni bekor qilish uchun qo’llaniladigan mamlakat qonunidandan boshqa qonunni qo’llash zaruriyati bor yo’qligi haqida tadqiq to’la qonli bo’lmadi. Shuningdek, hozirgi kundagi sudyalarning salohiyati chet el elementi bilan murakkablashgan nikohlarni bekor qilish uchun yetarli yoki yetarli emasligi bunday nizolarni hal etishda qanchalik ta’sir ko’rsatishini huquqiy sotsiologik jihatdan o’rganish va bunday nizolarga iqtisodiy ahvolning qanchalik ta’sir ko’rsatishini iqtisod huquqi nuqtai nazaridan ko’rib o’tishni kelgusidagi vazifa qilib oldinga qo’yildi.
2- holatga misol Asosiy qismda o’quvchiga ma’lumotlarni taqdim etish yo’llari: 1) Kirish qismida ko’rsatib o’tilgan tadqiqot usullarini qo’llagan holda; 2) Statistik ma’lumotlarni taqdim etish orqali; 3) Olimlarning nazariyalari, amaliyotchilardan olingan intervyular, anketalarni taqdim etish.
12
O’zbekiston milliy qonunchiligidagi xalqaro nikohni bekor qilishda qo’llaniladigan kollizion normalar hozirgi kungacha “hududiylik” prinsipi asosida qo’llanilib kelinganligi natijasida Xalqaro xususiy huquqning “ichki fuqarolar va chet ellik fuqarolarni teng ko’rish” prinsipi buzilayotganligi sababli, bir qancha muammolar kelib chiqmoqda. Shuning uchun ushbu prinsipni bekor qilish va huquqni qo’llashda “zinapoya” usulidan foydalanish lozimligi ta’kidlab o’tildi. Bu usuldan foydalanish, chet el elementi bilan murakkablashgan er-xotinlarni guruhlarga bo’lishda va ularning turmushlari bilan eng uzviy bog’langan qonunni qo’llash imkonini yaratadi. Shuningdek, er yoki xotinlardan birining o’z mamlakatiga qaytib kelib nikohni bekor qilishi va o’zlari uchun qulay sudlarni tanlashlari (forum shopping) kabi muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. 3- holatga misol Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, o’z fuqarolarimiz va chet elliklarni teng ko’rish, er-xotinlar uchun avvaldan bashorat qilinishi mumkin bo’lgan moslashuvchan kollizion normalarni qabul qilish, xalqaro nikohdan ajralishlardan kelib chiqadigan turli muammolarni bartaraf etish va oldini olishda qo’l keladi deb xulosa qilish mumkin.
Ushbu ishda xalqaro nikohni bekor qilish jarayonida farzandning kim bilan yashashini belgilash, er-xotinlar va voyaga yetmagan farzandlar uchun to’lanadigan aliment hamda er-xotin o’rtasdagi umumiy mulkni bo’lishda nikohni bekor qilish uchun qo’llaniladigan mamlakat qonunidandan boshqa qonunni qo’llash zaruriyati bor yo’qligi haqida tadqiq to’la qonli bo’lmadi. Shuningdek, hozirgi kundagi sudyalarning salohiyati chet el elementi bilan murakkablashgan nikohlarni bekor qilish uchun yetarli yoki yetarli emasligi bunday nizolarni hal etishda qanchalik ta’sir ko’rsatishini huquqiy sotsiologik jihatdan o’rganish va bunday nizolarga iqtisodiy ahvolning qanchalik ta’sir ko’rsatishini iqtisod huquqi nuqtai nazaridan ko’rib o’tishni kelgusidagi vazifa qilib oldinga qo’yildi.
Eslatma: Xulosa qismini yozishda, 1,2,3-holatlar zaruriy hisoblanadi. 4-holat esa zaruruiy emas. 13
Abstrakt BMIni
yozishni yakunlagandan keyin yozilsa, anchagina yozishga oson bo’ladi. Chunki, Kirish qisi hamda Xulosa qismidagi asosiy kalit gaplarni shunchaki ko’chirib bir-biriga ulab qo’yish orqali
buni uddalash mumkin. Lekin,
abstraktni yozishda e’tibor berish lozim bo’lgan
elementlarni ham
yoddan chiqarmaslik zarur. Bular quyidagi 6 ta elementdir. Albatta ular qisqacha yozib o’tiladi va ularga atroflicha to’xtalib o’tilmaydi. VII bob. Havolalar keltirish. Kitoblardan havolalar taqdim etish. Kitoblardan ilovalar taqdim qilishda avvalo muallifning nomi ko’rsatilib o’tiladi. Agarda mualliflar ikki nafar bo’lsa, unda birinchi muallifdan so’ng nuqta undan keyin esa vergul belgisi qo’yilib, ikkinchi muallifning nomi yoziladi. Muallif(lar)ning familiyasi to’liq yozilib, ismi va sharifining bosh harflari katta harflar bilan yoziladi. Shundan so’ng kitobning nomi, nashriyot nomi, chiqarilgan yili va ilova kitobning qaysi betidan keltirilganligi ko’rsatib o’tiladi. Faqatgina chiqarilgan yili hamda kitob beti bir-biridan vergul yordamida ajratiladi. Qolgan barcha vaziyatlarda nuqta orqali ajratiladi. Kitob bir necha jilddan iborat bo’lsa, kitob nomidan so’ng jild raqami ko’rsatib o’tiladi (Masalan: 10-j).
2008, 116-bet.
to’g’risidagi fuqarolik ishlarini sudda ko’rish. O’quv qo’llanma. –T.: TDYI nashriyoti, 2006. 137-bet.
Qonun nomi qo’shtirnoq ichida taqdim etiladi. Keyin esa, ikki drob belgisi qo’yilib, to’plam yoki axborotnoma nomi, yili, soni va modda ko’rsatib o’tiladi.
Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to’g’risida”gi Qonuni // O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining axborotnomasi. 2003. 9-10-son. 136-modda. Gazeta va jurnallardan havolalar keltirish. 1. Tadqiqotdagi muammolar 2. E’tibor beriladigan nuqtalar 3. Tadqiqot obyekti 4. Tadqiqot usullari 5. Tadqiqot natijalari 6. Xulosa 14
Gazetaga ilova berishda, avvalo muallifning nomi, undan so’ng maqolaning nomi keltirilgach, gazetaning nomi qo’shtirnoq ichida yozilib, uning chiqarilgan sanasi hamda soni keltiriladi.
“Inson va qonun” gazetasi. – 2015-yil 8-dekabr. № 52-53.
Agarda siz o’z ishingizda bir hil manbaga orqama-ketin murojaat etsangiz uni qaytadan yozishning xojati yo’q. Bunday holatlarda ilova beriladi va ilova raqamidan so’ng “O’sha yerda” deb yozib qo’yiladi. Biroq, bir necha manbaga bir necha marta murojat qilingan paytda barcha ilovalar uchun yuqoridagi “O’sha yerda” so’zi ishlatilaversa noaniqlik hosil bo’ladi. Shu sababli, ilova raqamidan so’ng, “Qarang” deb yoziladi va eski ilova raqami ko’rsatiladi.
Internet saytlariga ilovalar berish unchalik ham muammo emas. Chunki siz foydalangan saytni bemalol siz kirib turgan saytdan ko’chirib olishingiz mumkin. Biroq internet saytining nomini yozgandan so’ng, saytga ohirgi marta kirilgan sanani albatta keltirib o’tish zarur.
http://lex.uz/ . 02. 01. 2017.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling