II-BOB. MULTISIM DASTURIDA OPERATSION KUCHAYTIRGICHLAR SXEMALSRINI MODELLASHTIRISH
2.1. Multisim-10 dasturi interfeysi xususiyatlari
Multisim dasturida OKli elektr zanjirlarini modellashtirish va tahlil qilish qulay. Multisim dasturi turli murakkablikdagi analog, raqamli va raqamli-analogli sxemalarni simulyatsiya qilish imkonini beradi. Dasturda mavjud kutubxonasi eng ko'p ishlatiladigan OK modellarini to'plamini o'z ichiga oladi. Multisim dasturining interfeysi 2.1-rasmda ko'rsatilgan.
2.1-rasm. Multisim dasturining interfeysi
Dastur interfeysi bir nechta buyruqlar va sozlash menyularidan iborat bo'lib, ular quyidagicha tavsiflanadi.
Dastur ishchi oynasida (2.1-rasm) turli xil sxema elementlari uchun o’lchov asboblari va elementlari mavjud. Loyihani ko'rish (View) buyrug’i ochiq loyiha haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Foydalanuvchi loyiha papkalarini ochish uchun fayllar qo'shishi, faylga kirish huquqini o'zgartirishi va loyiha arxivini yaratishi mumkin. Dasturda global sozlamalar muhit va list xususiyatlarini sozlash imkonini beradi . Bu bo’limga dialog Xususiyatlari oynasidan kirish mumkin. Global sozlamalar oynasiga kirish uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi
Options(Sozlamalar)-menyusiga kiriladi>> Variantlar/Global sozlamalari tanlanadi>> (Options/Global Preferences)>> Preferences oynasi quyidagicha ochiladi (2.2-rasm).
2.2-rasm. Global Preferences sozlash oynasining ko’rinishi.
Bu sozlash menyusi orqali sxema elementlarining belgilanish standartlarini o’zgartirish, sxema komponentlarining nomlanishi va parametrlarini ko’rinadigan yoki ko’rinmadigan qilib sozlash mumkin. Bu menyudagi barcha sozlashlar sxemaning barcha elementlarin uchn umumiy bo’lib bu funksiya ko’p elementli sxemalar bilan ishlashda ancha qulay hisoblanadi. Global Preferences sozlash oynasi orqali o’tkazgichlarning qalinligini ham o’zgartirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |