Bitiruv-malakaviy ishning tuzilishi


Download 19.92 Kb.
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi19.92 Kb.
#1254330
  1   2
Bog'liq
Diplom ishi yozish.

Bitiruv-malakaviy ishning tuzilishi.






1.Titul varag‘i (KIUF beligisi bilan) (2-bet)
2.Mundarija. (1-bet)
3.Kirish. (1-4 bet)
4. Reja. (kamida 3 ta) (45-50 bet)
5. Xulosa. (2-4 bet)
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar. (1-3 bet)
Titul varag‘i. Titul varag‘i ishning birinchi varag‘i hisoblanadi. Titul varag‘ida muallifning, ilmiy rahbarining yoki maslahatchining hamda kafedra mudirining familiyasi, ismi, ilmiy darajasi va unvoni ko‘rsatiladi, imzosi qo‘yiladi.
Mundarija. Bunda kirish, boblar va uning bo‘limlari sarlavhasi, xulosa, adabiyotlar ro‘yhati va ilovalar kabi qismlar nomi ketma-ketlikda beriladi hamda sahifasi ko‘rsatiladi.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tavsifi va mohiyati, maqsad va vazifalari, tadqiq metodlari, ilmiy va amaliy ahamiyati, hajmi, tuzilishi kabi masalalar yoritiladi.
Ishning asosiy mazmuni. Reja. Unda rejaga asoslangan izchilikda mavzuning mazmuni yoritiladi. Ishdagi muammoning umumiy holda qo‘yilishi, o‘rganilish darajasi, nazariy va amaliy materiallarni umumlashtirish, xulosa va takliflar ishlab chiqish asosiy qismning tarkibidir.
Xulosa qismida bajarilgan malakaviy ish xulosalari aniq, izchil bayon qilinadi. Xulosada bitiruv-malakaviy ishi natijalari, tavsiya va takliflar yoritiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar. Bu bo‘limda bitiruv-malakaviy ishning bajarish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati keltiriladi beriladi.
Ilovalar. Bu bo‘limda bitiruv-malakaviy ishi mavzusiga doir ma’lumotnomalar, jadvallar, chizmalar, shuningdek, mavzuga doir slaydlar hamda turli ilovalar beriladi.


Malakaviy ishni rasmiylashtirish qoidalari va uni bajarish bo‘yicha ko`rsatmalar.




  1. Malakaviy ish kompyuterda Times New Roman garniturasida 1,5 intеrvаlda, 14 shriftda, chаp tоmоndаn 3 sm, o‘ng tоmоndаn 1 sm, yuqоridаn 2,5 sm, quyidаn 2,5 sm qoldirish asosida rasmiylashtiriladi.



  1. Malakaviy ishning umumiy hajmi kamida 60 bet bo‘lishi lozim.




  1. Ish sаhifаlаri аrаb rаqаmlаri bilаn tartiblanadi.

  2. Rasm, grafik, jadval, diagrammma va boshqalar ishlatilganda ular raqamlashtirilgan bo`lishi lozim. (Masalan 2-rasm, 4-jadval va hokazo.)



Download 19.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling