Bitiruv malakviy ishi oliy ta’lim muassasasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
БМИ-ёзиш-тартиби-2022.11.03
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi va ilmiy rahbar tayinlash
1 2 3 Kirish Bitiruv malakviy ishi oliy ta’lim muassasasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘qitishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish orqali quyidagilar maqsad qilib olingan: - ta’lim olish jarayonidagi nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash hamda kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan sohadagi vazifalarni hal etishda qo‘llash; - ijodiy ishlash, hal etilayotgan masalaning qo‘yilishidan boshlab, uning uning to‘la nihoyasiga yetkazish bo‘yicha qaror qabul qilishda bo‘lgan mas’uliyatni his etishga o‘rgatish; - iqtisodiyotning raqamlashishi sharoitida talabalarning mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta’minlashdan iborat. Ushbu uslubiy ko‘rsatma institutning “Buxgalteriya hisobi” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv malakaviy ishlarini bajarish, ularni rasmiylashtirish va himoya qilishlari uchun tayyorlangan. 1. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi va ilmiy rahbar tayinlash Bitiruv malakaviy ishi mavzulari har bir o‘quv yili boshida mutaxassis tayyorlovchi kafedra tomonidan shakllantiriladi va institut kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bitiruv malakaviy ishi mavzulari talabalarga o‘quv yilining boshida beriladi. Bitiruv malakaviy ishi mavzularini shakllantirishda talabalar uchun tanlov imkonini yaratish lozim. Talaba bitiruv malakaviy ishi mavzusini mustaqil tanlash huquqiga ega. Bitiruv malakaviy ishi mavzularini shakllantirishda kadrlar iste’molchilarini inobatga olgan holda shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar tegishli mutaxassis tayyorlovchi kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibidan yoki boshqa muassasa va korxonalarning malakali mutaxassislari safidan tayinlanishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi va ilmiy rahbarni talabaga biriktirish kafedra mudirining taqdimnomasi asosida, fakultet dekani tomonidan taqdim etilgan loyihaga muvofiq rektorning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Bitiruv malakaviy ishiga tayinlangan ilmiy rahbar uning mavzusi va rejasiga muvofiq talabaga tegishli materiallarni jamlash yuzasidan topshiriq hamda maslahatlar berib boradi. Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan berilgan topshiriq shaxsan talaba tomonidan bajarishi shart va u rasmiylashtirilgan holda Bitiruv malakaviy ishi bilan birgalikda Yakuniy Davlat Attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling