Bitiruv oldi amaliyot xisoboti


Biznes dasturlash markazi


Download 0.84 Mb.
bet3/7
Sana09.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1469952
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bitiruv oldi amaliyot

Biznes dasturlash markazi

Tarmoqni texnik jihatdan modernizatsiyalash, yangi texnologiyalarni tadbiq etish, iste’molchilarning ongida savdo belgini yanayam barqarorligini mustahkamlash maqsadida 2016 yilning oxirlariga kelib, yilning eng muhim voqealaridan biri sifatida "Biznes dasturlash markazi" savdo belgisining rebrendingi o’tkazildi. Yangi brend "Biznes dasturlash markazi"ning asosi bu- sifatli, ishonchli hammabop dasturiy taminot ishlab chiqish, kompaniyalarni hisob kitob (Billing) tizimlarini avtomatlashtirish "Biznes dasturlash markazi" tarmog’i texnik jihatdan modernizatsiyalanganligi hamda, yangi servis va tariflarning yaratilishi, kompaniya klientlari uchun maxsus aktsiyalar o’tkazilishi va sovg’alarning turli-tumanligi bilan ajralib turadi.


Klientlarga qulaylik uchun “Aloqa banki” ning barcha kassalarida to’lovning yangi komissiyasz usuli ochildi.
Facebook ijtimoiy saytida tanlovlar o’tkazildi, bunda “FurorProgress" dasturlash kompaniyasidan turlixil sovg’alar berildi. Instagram. Odnoklassniki da yangi sahifalar ochildi.
Farg’ona shahrida “Biznes dasturlash markazi " kompaniyasining bosh filliali o’zining har tomonlama qulay, shinam va zamonaviy “Uyi”ga ega bo’ldi. Yangi ofisning ochilishi Yangi yil arafasida “Biznes dasturlash markazi " yangi brendi ostida o’zining ko’pgina abonentlari va mehmonlari davrasida, turli sovg’alar va syurprizlar asosida bo’lib o’tdi.
Bugungi kunda “Biznes dasturlash markazi " O’zbekistonning barcha viloyatlarida o’z faoliyatni olib bormoqda va jo’shqinlik bilan rivojlanayotgan kompaniyadir. Insonlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, nafaqat yangi texnologiyalar sohasida lider bo’libgina qolmay, yanada yuqori sifatli dasturlash va ko’p tanlovli xizmatlar yaratishga intilib bormoqda.

    1. Malakaviy amaliyotini o’tashdan maqsad.

Talabalarning kasbiy mahorati bo’yicha bilim va ko’nikmalarini oshirish, muomala madaniyati va o’z kasbiga bo’lgan mas’uliyatini yanada oshirishda malakaviy amaliyotni o’rni juda katta.
Malakaviy amaliyot davrida o’rgangan fanlar bo’yicha amaliy ko’nikmalarni takomillashtirishga, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash bo’yicha mahoratlarini tekshirish, kasbiy mahorat va ko’nikmalarni egallashni nazarda tutadi. Ayniqsa, talabalar tomonidan ta’lim jarayonida olgan nazariy bilimlarni mustahkamlashga va ushbu bilimlarni kelgusida kasbiy faoliyatining ko’nikma va mahoratlariga aylantirishga, talabalarni aniq ish joyidagi amaliy ishga tayyorlashga yo’naltiriladi.
Malakaviy amaliyotini o’tashdan maqsad o’qish davomida fanlardan olgan nazariy bilimlarini kengaytirish, egallagan bilimlari bo’yicha mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishlari, muammolarni hal qilishga qo’llay olishlaridan iborat.
O’quv amaliyotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Universitetda o’qitilgan fanlardan olingan nazariy va amaliy bilimlarini yanada chuqurroq o’zlashtirilishini va ushbu bilimlarni amaliy jarayonlarda qo’llab ko’rilishini ta’minlash;

  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan amaliy ish jarayonlarida unumli foydalan olish malaka va ko’nikmalarini hosil qilish;

  • zamonaviy operatsion tizimlar, dasturiy vositalar va amaliy dasturiy paketlar imkoniyatlari hamda ulardan amaliy ish faoliyatida o’rinli foydala olish malaka va ko’nikmalarini hosil qilish;

  • zamonaviy dasturlash tillari, ularning imkoniyatlari va ular yordamida turli xil tayyor dasturiy mahsulotlani yarata olish malaka va ko’nikmalarini shakllantirish;


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling