Bitiruvchisi Jamilova Mohigul Madiyorovnaning «fizika o`qitishda zamonaviy va interfaol pedagogik texnologiyalardan foydalanish»
Download 0.84 Mb.
|
JamilovaM Interfaol BMI
Yangi pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari
Pedagogik texnologiya nazariyasi o`tgan asrning o`rtalaridan boshlab asoslanib kelinayotgan bo`lsada, bu tushunchaga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Keyingi yillarda adabiyotlarda “pedagogik texnologiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya”, “o`qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar keng qo`llanilmoqda. Ko`pgina pedagoglar “ta`lim texnologiyasi” hamda “pedagogik texnologiya” tushunchalari mazmunan bir xil ma`noni anglatishini ta`kidlamoqdalar. Ta`lim jarayonini texnologiyalashtirish g`oyasi G`arbiy Yevropa va AQSHda paydo bo`lgan edi. U mamlakatlarda “pedagogika” fani mavjud emas. Shuning uchun “pedagogik faoliyat”, “pedagogik tizim”, “pedagogik texnologiya” tushunchasi ham iste`molda yo`q. Bu mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni “ta`lim jarayoni” sifatida nomlanadi. Shaxsga bilim berish, uning ma`lumotini oshirish , ta`lim samaradorligini ta`minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui “Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarni o`qitishda asosiy e`tibor ta`lim sifatini yaxshilash, uning samaradorligini ta`minlashga qaratiladi. Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasida o`qitilib kelinayotgan “Pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta`minlashga yo`naltirilgan ta`limiy hamda tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiradi. Boshqacha aytganda shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim faoliyat ta`limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi sifatida namoyon bo`ladi. Rivojlangan mamlakatlar ta`lim tizimida shaxs ijtimoiylashuvini ta`minlovchi yetakchi omil sifatida ta`lim jarayoni e`tirof etilsa, biz shaxsning shakllanishida ta`lim hamda tarbiya jarayoni ham birdek ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlaymiz. Aksariyat hollarda tarbiya jarayoni bu borada ustuvor bo`lishi lozim, chunki o`zida axloqiy xislatlarni namoyon etadigan shaxsgina ya`ni axloqli insongina ta`limni(bilimni) qadrlay oladi. Shu orqali axloqning asosiy belgilaridan biri ham bilimlilik sanaladi, degan g`oyani ilgari suramiz. Shu sababli “pedagogik texnologiya” tushunchasining qo`llanilishi faqat ta`lim jarayoninig samarali tashkil etilishiga qaratmay, balki ham ta`lim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini ta`minlashga birdek qaratilishi lozim. Ayrim adabiyotlarda “ta`lim texnologiyasi” va “ta`lim metodikasi” tushunchalari aynan bir xil ma`noda qo`llanilishini kuzatish mumkin. Bizningcha bu tushunchalarni bir-biridan farqlash va o`z o`rnida qo`llash maqsadga muvofiq. “Ta`lim texnologiyasi” ta`lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya`ni avvaldan loyihalashtirilgan ta`lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga yo`lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish, hamda ta`lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling