Qurilish jarayonidagi beton ishlari hajmlari, bajarilish muddatlari va ehtiyojiy jadalliklariga bog’liq ravishda beton qorishmasi quyidagicha tayyorlanadi: - Qurilish jarayonidagi beton ishlari hajmlari, bajarilish muddatlari va ehtiyojiy jadalliklariga bog’liq ravishda beton qorishmasi quyidagicha tayyorlanadi:
- – alohida turuvchi ko’chma beton qorgichlarda, beton ishlari hajmi juda kichik, jadalligi 3...6 m3/soat gacha bo’lgan va ob’ekt markaziy bazalar va yirik qurilish maydonlaridan uzoqda joylashgan sharoitlarda;
- – ko’chma betonqorgich qurilmalarida ishlar bajarilish muddati kam hajmi esa katta bo’lsa, ob’ekt katta maydonlarda joylashib, beton ishlari jadalligi 6...12 m3/soat ni tashkil qilgan sharoitlarda;
- – statsionar yig’ib-echiladigan betonqorgich qurilmalari yoki beton zavodlarida beton ishlari jadalligi 12 m3/soat yuqori va davomiyligi 5...6 yilni tashkil qiladigan ob’ektlarda;
- – alohida loyihalar bo’yicha quriladigan beton qorishmasi tayyorlash zavodlarida. Ular asosan ish hajmi va jadalligi ancha katta bo’lganda markaziy ishlab chiqarish bazalari tarkibida bo’lib (ayniqsa yirik gidrouzellar qurilishida, yig’ma temir–beton konstruktsiyalarini tayyorlashda) uzoq muddatga foydalanishga mo’ljallangan bo’ladilar.
TSement beton zavodlarida silossimon, ya’ni vertikal o’rnatiladigan tsilindrik sig’imli omborlar keng tarqalgan bo’lib, ular turli o’lchamlarga egadirlar. Quvvati yuqori bo’lmagan va ko’chma statsionar beton zavodlar uchun yig’ma holatda quvvatli transport vositalarida (trayler va boshqalar) olib kelinadigan inventar siloslar qo’llanilishi texnik-iqtisodiy jihatdan ancha kulay hisoblanadi. Silossimon omborlarga tsementni yuklash va undan tsementni beton qorishmasini tayyorlash uskunasi bunkerlariga etkazib berish to’la mexanizatsiyalashgan bo’lib, ushbu jarayonlar maxsus quvurlar orqali bosimli havo bilan (pnevmotransportlar) yoki mexanik vositalar (shnekli transportyorlar, vertikal kovshli elevatorlar va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. - TSement beton zavodlarida silossimon, ya’ni vertikal o’rnatiladigan tsilindrik sig’imli omborlar keng tarqalgan bo’lib, ular turli o’lchamlarga egadirlar. Quvvati yuqori bo’lmagan va ko’chma statsionar beton zavodlar uchun yig’ma holatda quvvatli transport vositalarida (trayler va boshqalar) olib kelinadigan inventar siloslar qo’llanilishi texnik-iqtisodiy jihatdan ancha kulay hisoblanadi. Silossimon omborlarga tsementni yuklash va undan tsementni beton qorishmasini tayyorlash uskunasi bunkerlariga etkazib berish to’la mexanizatsiyalashgan bo’lib, ushbu jarayonlar maxsus quvurlar orqali bosimli havo bilan (pnevmotransportlar) yoki mexanik vositalar (shnekli transportyorlar, vertikal kovshli elevatorlar va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi.
- SHagal, chaqiq tosh va qumlar uchun asosan ochiq turdagi omborlar qo’llaniladi. Agar ushbu materiallar sifatiga yuqori darajada talablar quyilsa (bir xil namlik, qish davrida iliq harorat va hokazo) ular yopiq turdagi omborlarda saklanishi tashkil qilinadi. Ochiq omborlarda materiallar alohida fraktsiyalari bo’yicha to’kma shaklda yoki maxsus qazilmalarda (transheyalarda) saqlanadi. Materiallarni omborlarga joylashda ham lentali transportyorlar, avtomobil ko’prik estakadalari, osma arqon yo’llar va boshqa turdagi maxsus vositalar qo’llaniladi. Barcha jarayonlarni to’la mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish maxsus galereyalarda o’rnatilgan lentali transportyorlar orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |