Bitum va uning xossalari


Download 1.8 Mb.
Sana22.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1379250
Bog'liq
BITUM VA UNING XOSSALARI



BITUM VA UNING XOSSALARI

BITUMLAR (lotincha bitumen — tog’ smolasi, qatron) — uglevodorodlar va ularning azotli, kislorodli, oltingugurtli hamda tarkibida metall tutgan hosilalarining qattiq yoki smolasimon aralashmalari. Bitumlar suvda erimaydi, benzol, trixloretan va boshqa organik erituvchilarda to’liq yoki qisman eriydi.





BITUM XOSSALARI


Zichligi 950— 1500 kg/m3. Tabiiy Bitumlar — qazilma yoqilg’ilarning tarkibiy qismi. Ularga neft zaxiralarida mutanosiblikning buzilishi natijasida neftning kimyoviy yoki biokimyoviy oksidlanishidan hosil bo’ladigan tabiiy hosilalari, masalan, asfalt, keritlar, maltalar, ozokeritlar va boshqalar kiradi.





Sun’iy (mexanik) Bitumlar — neft, toshko’mir va slaneslarni kayta ishlash jarayonida hosil bo’ladigan koldik mahsulotlar. Tarkibi tabiiy Bitumlarga yaqin.



Tarkibi tabiiy Bitumlarga yaqin. Neft Bitumlariga eruvchanligi turlicha bo’lgan quyidagi guruhlar kiradi:
1) asfaltenlar (eng yuqori molekulali neft birikmalari) — xloroformda yaxshi eriydi, spirt, efir, atsetonda erimaydi;
2) Asfaltogen kislotalar — spirtda, xloroformda eriydigan, benzinda yomon eriydigan smolasimon moddalar;
3) neytral smolalar — neft moylari, benzol, efir, xloroformda eriydigan moddalar;
4) neft moylari;
5) karbenlar (yuqori molekulali moddalar) — asfaltenlarning oltingugurt ishtirokida zichlashuvi natijasida hosil bo’ladigan moddalar;
6) karboidlar — organik erituvchilarda erimaydigan moddalar.




Rasmlar


Bitumlarning qattiqligi va yumshash haroratini, smolalar ularning elastiklik va yopishqoqlik xususiyatini, moylar esa sovuqqa chidamligini oshiradi. Torf, toshko’mir va slaneslarni spirtbenzol aralashmasi (1:1) bilan qayta ishlash jarayonida 10-12% miqdorida Bitumlar hosil bo’ladi.





Bunday Bitumlar sariq, jigarrang yoki qora rangli kattik moysimon yoxud smolasimon moddalar bo’lib, ularning elementar tarkibida 75-87% uglerod va 7-12% vodorod bo’ladi.



Hozirgi davrda sanoat miqiyosida asosan neft qoldiqlaridan bitum ishlab chiqarish yo’lga qo’yilganligi sababli bitumlar haqida ma’lumotlarni keltiramiz.Bitum smola sifat termoplastik modda bo’lib, uni 8 – 8 oC ga qizdirganimizda qovushoq oquvchan holatga o’tuvchi xususiyatga ega. Ular kimyoviy o’zgarmasdan parda hosil qilish tabiatiga egadir.


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling