Biz ahillik tarafdorimiz


Download 22.84 Kb.
bet3/3
Sana07.04.2023
Hajmi22.84 Kb.
#1339026
1   2   3
Bog'liq
Trening dasturi. Namuna

Kutuvlarni aniqlash.


Maqsad: ishtirokchilarning treningdan kutayotgan natijalarini aniqlash.

Ko’rsatma: trener har-bir ishtirokchidan bugungi mashg’ulotdan nimalar kutayotganligini so’raydi.



  1. ASOSIY QISM



  1. Ma’lumotni so’zsiz uzatish” o’yini.


Maqsad: ishtirokchilarda noverbal muloqot sifatlarini shakllantirish.

Ko’rsatma: qatnashuvchilar 4 ta guruhchaga bo’linib olishadi. Har guruhchadan bir nafar vakil xonani tark etadi. Qolgan guruhchalar qaytib kirgan o’z guruhining vakiliga turli imo-ishoralar va xatti-harakatlar orqali biror ma’lumotni yetkazishishlari lozim bo’ladi.


  1. Telefondagi so’zlashuv” o’yini.


Maqsad: talabalardagi muloqot jarayonida sinchkovlik xususiyatini rivojlantirish.

Ko’rsatma: ishtirokchilar davra markazida 2 nafar qatnashuvchi bir-biriga teskari holda stulda o’tirishadi. Ulardan biri ikkinchisiga biror rolda (masalan, onasi, shifokor, farzandi) ikkinchisiga “telefon qiladi”. Ikkinchi ishtirokchi o’zining kim bilan gaplashayotganligini topishi kerak. Agar topsa, yutqizgan ishtirokchilar o’rni almashib o’yin davom ettiriladi.


  1. Qattiq tosh” o’yini


Maqsad: talabalarga muloqotda yuzaga keladigan to’siqlarni shirin muomala va ongli tafakkur orqali yengishga o’rgatish.

Ko’rsatma: ishtirokchilar 5 nafar talaba va 1 nafar o’qituvchi rolida chiqishadi. O’qituvchi juda yomon kayfiyatda bo’lib, talabalar navbat bilan qanday bo’lmasin o’qituvchi bilan kontakt o’rnatishi va uni gapirtirishi kerak.


  1. Do’stimga xat” o’yini


Maqsad: ishtirokchilarda shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, yozma nutq ko’nikmalarini rivojlantirish.

Ko’rsatma: Ishtirokchilar bir varoq qog’ozga guruhdagi eng yaqin do’stiga xat yozishi lozim. Xatda o’z ismini sir tutishlari kerak. Asosiysi, maktubda “Esingdami…” jumlasi bilan boshlanadigan ularning hayotida ro’y bergan qiziqarli voqealar qisqa holda yozilishi lozim. Xat egalari esa maktublarini o’qib berishadi.



  1. YAKUNIY QISM

  1. Shirin tilak” mashqi.


Maqsad: talabalarga o’zaro bir-birlari bilan xushmuomala bo’lish sirlarini o’rgatish.

Ko’rsatma: har bir ishtirokchi o’zining o’ng tomonidagi sherigiga shirin tilak aytadi.


  1. Qayta aloqa


Maqsad: ishtirokchilarning kutuvlari amalga oshganlik darajasini aniqlash.

Ko’rsatma: qatnashuvchilar “Men bugun treningdan…” jumlasi bilan boshlanadigan taassurotlarini bildirishadi.
Download 22.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling