Biz bilan bog'lanish
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
ЦУР
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.3-vazifa.
- 15.5-vazifa.
- 15.7-vazifa.
- 15.9-vazifa.
15.1-vazifa. Xalqaro bitimlardan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq yer usti va ichki chuchuk
suvli ekotizimlar, jumladan, o‘rmonlar, suvli-botqoqli hududlar, tog‘lar va qurg‘oqchil yerlarni saqlash, tiklash va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash. 15.2-vazifa. O‘rmonlarning barcha turlaridan oqilona foydalanish usullarini joriy etishga ko‘maklashish, o‘rmonlarning yo‘qolib ketishini to‘xtatish, yemirilgan o‘rmonlarni tiklash hamda o‘rmonzorlar va o‘rmonlarni tiklash ko‘lamini jiddiy ravishda ko‘paytirish. 15.3-vazifa. 2030- yilgacha cho‘llanishga qarshi kurashish, yemirilgan yerlar va tuproqlarni, shu jumladan, cho‘llanish, qurg‘oqchilik va suv toshqiniga uchragan yerlarni tiklash va yerlarning yemirilishining neytral balansiga erishish. 15.4-vazifa. 2030- yilgacha tog‘ ekotizimlarining, shu jumladan, ularning bioxilma-xilligi saqlanishini barqaror rivojlanish uchun zarur bo‘lgan neʼmatlarni yaratish salohiyatini kuchaytirish maqsadida taʼminlash. 15.5-vazifa. Hayvonlarning tabiiy yashash muhiti yemirilishini cheklovchi jiddiy choralarni ko‘rish, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan biologik turlarning sonini kamaytirish. Milliy vazifalar 15.7-vazifa. Brakonyerlik hamda flora va faunaning qo‘riqlanadigan turlarining kontrabanda savdosini tugatish uchun shoshilinch choralar ko‘rish, jonli tabiatning noqonuniy mahsulotlariga talab, shuningdek, ularni taklif qilishga oid muammolarni hal qilish. 15.8-vazifa. Begona invaziv turlar kirib kelishining oldini olish va ularning yer usti va suv ekotizimlariga taʼsirini jiddiy qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, ustuvor turlar miqdorining qisqarishi yoki yo‘q qilinishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish. 15.9-vazifa. Iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini rivojlantirishning milliy strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda ekotizim va biologik xilma-xillik qiymatining hisobga olinishini taʼminlash. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling