Biz bilan bog'lanish


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.07.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1659746
1   2   3
Bog'liq
ЦУР

15.1-vazifa. Xalqaro bitimlardan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq yer usti va ichki chuchuk
suvli ekotizimlar, jumladan, o‘rmonlar, suvli-botqoqli hududlar, tog‘lar va qurg‘oqchil yerlarni saqlash,
tiklash va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash.
15.2-vazifa. O‘rmonlarning barcha turlaridan oqilona foydalanish usullarini joriy etishga
ko‘maklashish, o‘rmonlarning yo‘qolib ketishini to‘xtatish, yemirilgan o‘rmonlarni tiklash hamda
o‘rmonzorlar va o‘rmonlarni tiklash ko‘lamini jiddiy ravishda ko‘paytirish.
15.3-vazifa. 2030- yilgacha cho‘llanishga qarshi kurashish, yemirilgan yerlar va tuproqlarni, shu
jumladan, cho‘llanish, qurg‘oqchilik va suv toshqiniga uchragan yerlarni tiklash va yerlarning
yemirilishining neytral balansiga erishish.
15.4-vazifa. 2030- yilgacha tog‘ ekotizimlarining, shu jumladan, ularning bioxilma-xilligi
saqlanishini barqaror rivojlanish uchun zarur bo‘lgan neʼmatlarni yaratish salohiyatini kuchaytirish
maqsadida taʼminlash.
15.5-vazifa. Hayvonlarning tabiiy yashash muhiti yemirilishini cheklovchi jiddiy choralarni ko‘rish,
yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan biologik turlarning sonini kamaytirish.
Milliy vazifalar


15.7-vazifa. Brakonyerlik hamda flora va faunaning qo‘riqlanadigan turlarining kontrabanda
savdosini tugatish uchun shoshilinch choralar ko‘rish, jonli tabiatning noqonuniy mahsulotlariga
talab, shuningdek, ularni taklif qilishga oid muammolarni hal qilish.
15.8-vazifa. Begona invaziv turlar kirib kelishining oldini olish va ularning yer usti va suv
ekotizimlariga taʼsirini jiddiy qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, ustuvor turlar
miqdorining qisqarishi yoki yo‘q qilinishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish.
15.9-vazifa. Iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini rivojlantirishning milliy strategiyalari va dasturlarini
ishlab chiqishda ekotizim va biologik xilma-xillik qiymatining hisobga olinishini taʼminlash.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling