Biz bolalar ham shirintoy, ham erkatoy.
Keng sahnaga chiqayapmiz qilib toy-toy.
Chamandagi eng chiroyli gul-g‘unchaday,
O‘sayapmiz, ulg‘ayyapmiz “Bulbulcha”da.
O‘yin kulgu bizga yoqar yoqadida,
Qo‘shiq aytsak hamma kulib boqadida.
Agar kulsak, agar yursak o‘ynab-o‘ynab,
Qo‘shig‘imiz jaranglaydi dunyo bo‘ylab.
O‘ynamiz biz, yayraymiz biz davralarda,
Bulbuldayin sayraymiz biz sahnalarda,
Ovozimiz o‘rin olar dilingizdan,
Qo‘shig‘imiz tushmay qolar tilingizdan.
O‘yin kulgu bizga yoqar yoqadida,
Qo‘shiq aytsak hamma kulib boqadida.
Agar kulsak, agar yursak o‘ynab-o‘ynab,
Qo‘shig‘imiz jaranglaydi dunyo bo‘ylab.
Do'stlaringiz bilan baham: |