Biz kichik bog’bon” syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish markazi katta guruh uchun, mart oyining 2-haftasi


Download 0.57 Mb.
Sana08.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1251959
Bog'liq
Avazxonova Hilolaxon Biz kichik bogbon





BIZ KICHIK BOG’BON”
SYUJETLI-ROLLI O’YINLAR VA SAHNALASHTIRISH MARKAZI
Katta guruh uchun, mart oyining 2-haftasi
Maqsad:
1) Ta’limiy: Bolalar bahor faslida tabiatdagi o’zgarishlar, undagi mehnat, mavsumiy o’zgarishlar haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar. Gullagan daraxt, buta, novdalar, kurtaklari,bahorda tabiatdagi o’zgarishlar,gullar rangi, ob-havodagi o’zgarishlarni tasvirlashni o’rganadilar. Tabiat go’zalligidan zavq olishni o’rganadilar.
2) Tarbiyaviy: Bolalar bog’ undagi mehnat, bog’da kattalar yordami bilan mehnat qilishni, daraxt, o’simliklani parvarish qilishni o’rganadilar. Mehnatkashlik, mehnatni tagi rohat ekanligini bilib oladilar.
3)Rivojlantiruvchi: Ob-havodagi o’zgarishlarga ko’ra fasllarni farqlash malakasi oshadi, mavsumiy o’zgarishlar haqida fikrlarini aniq aytib bera olish, bog’da ishlatilinadigan asbo uskunalar bilan ishlash malakasini oshirish.
Kutilayotgan natija: Mehnatga muhabbat, o’ziga ishonchni shakllantirish.
E’tiborga molik jihati: jamoa hissini tarbiyalash, o’zaro yordam
Kerakli jihozlar: Bog’da ishlatilinadigan asbob-uskunalar, bog’da ishlash uchun kiyimlar, gultuvaklar, gullar, atributlar
Faoliyatning borishi: Tashkiliy qism: Tarbiyachi bolalar bilan maktabgacha ta’lim t bog’ida sayr uyushtirishadi. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti bog’i, u yerdagi bog’bonlarning mehnati bog’da ishlatilinadigan asbob-uskunalar va ularni qandey ishlatish bilan tanishishadi va guruh xonalariga yo’l oladilar.
Asosiy qism: Guruh xonasida syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish markazini faoliyatga mos bezatadilar. Bolalar kichik hajmdagi belkurak, ketmon, chelak kabi asbob-uskunalarni olib ishga tayyorlashadi.

Bolalar bog’da ishlash uchun tayyorlanishadi, qo’lqoplarini taqib, o’zaro ish taqsimlashadilar.Gul ekish uchun yerni tayyorlashadilar, gullarni o’tkizishadi.bog’dagi mehnat haqida suhbatlashishadi. Bolalar mehnatni “Chittigul” xalq qo’shig’ini birgalikda kuylab davom etishadi.

Chittigul-chittigul,
Hay-yu chittigul.
Etaginga gul bosay,
Hay-yu chittigul,
qo’ling qo’lqopda bo’lsin,
Hay-yu chittigul,
Beling belbog’da bo’lsin,
Dukur-dukur ot keldi
Hay-yu chittigul,
Chiqib qarang kim keldi,
Hay-yu chittigul,
Aravada un keldi,
Hay-yu chittigul,
Childimada gul keldi
Hay-yu chittigul,
Bolalar mehnatni tugatganlaridan so’ng, tarbiyachi “Nima qayerda osadi?” didaktik o’yinini o’tkazadi.
Qo’shimcha:
Tarbiyachi:

  • Qani bilag’on bolajonlar menga aytingchi shaftoli, olma, olcha qayerda o’sadi?

  • Bog’da o’sadi.

  • Qovun, tarvuz, qovoqlarchi?

  • Polizda

  • Qulupnoychi?

  • Dalalara o’sadi

Barakalla bolajonlar barcha savolimga to’g’ri javo berdingiz. Endi birgalikda dam olish daqiqasini o’tkizamiz.
Assalom
Assalom-oltin quyosh, assalom moviy osmon,
Salom deyman terak senga, salom sizga bulutlar,
Salom deyman hammangizga, biz yashaymiz bir zaminda.
O‘ng qo‘l barmoqlarining uchlari chap qo‘l barmoqlarining uchlariga bir necha martadan tegish orqali salomlashadilar.
Quyosh
Erta tongda
Quyosh turib
Bolalarni erkalaydi,
Boshlarini silaydi
Bilaklar ichki tarafi bilan bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh nurlari kabi keng yoyilgan holatda bo‘ladi.
Daraxtlar
Salom ey yashil o‘rmon,
Sen ertaklarga makon!
Chap va o‘ng qo‘llar kaftini barmoqlarni keng ochgan holda o‘ziga qaratib ko‘tariladi.
Asalari
Asalari qo‘nib gulag,
Sharbat yig‘ar tuguniga.
O‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘ini oldinga chiqarilgan va uni doira shaklida aylantirib harakatlantiriladi, so‘ngra xuddi shu harakat chap qo‘lda bajariladi.
Yakuniy qism:
Yakuniy qismda savol-javob o’tkaziladi.

  1. Qani bolajonlar aytinglarchi bog’bonlik qandey kasb ekan?

  2. Bog’da ishlatilinadigan asbob-uskunalarni ayting

  3. Bahor va kuz faslida bog’da amalga oshiriladigan ishlarni aytib bering

Bilasizmi bolajonlar kelajakda qaysi kasb egasi bo’lishingizdan qat’iy nazar bog’ ishlarini bilib olishingiz kerak. Zero, “Yigit kishiga yetmush- qiz bolaga qirq hunar oz”. Bog’dagi ishlar insonni chiniqtiradi, ma’naviy hordiq beradi, tabiatga mehr uyg’otadi. Tabiatga g’amxo’rlik qilish, ularni parvarishlash, ona-yerimizni asrash butun olam uchun zarurdir!
Faol ishtirok etgan bolalar “Barakalla yorlig’i” bilan rag’batlantiriladi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
Sirdaryo pedagogika kolleji
Maxsus fanlar” kafedrasi o’qituvchisi
Avazxonova Hilolaning katta guruhlar uchun
Biz kichik bog’bon”
mavzusida tuzgan
Ta’limiy faoliyat ishlanmasi

Sirdaryo-2021




Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling