Biz oyni ham, toki u eski xurmo butogʻidek bulib (egilib) qolgunicha, manzillarga (botadigan qilib) ulchab qoʻygandirmiz. Na quyosh oyga yetishi mumkin va na kecha kunduzdan oʻzuvchidir.


Download 16.13 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi16.13 Kb.
#1070023
Bog'liq
13 mavzu


Biz oyni ham, toki u eski xurmo butogʻidek bulib (egilib) qolgunicha, manzillarga (botadigan qilib) ulchab qoʻygandirmiz. Na quyosh oyga yetishi mumkin va na kecha kunduzdan oʻzuvchidir. (Quyosh, oy va yulduzlarning) har biri (bir) falakda suzadilar. («Yosin» surasi, 39-40-oyatlar)
Oy boshqa sayyoralarning yoʻldoshlariga oʻxshab muntazam orbitaga rioya qilmaydi. U Yerni aylanayotib, baʻzida uning orqa tomoniga va baʻzida esa old tomoniga koʻchadi. Yer bilan birga Quyosh atrofini aylanayotib, u aslida kosmosda «8» harfiga oʻxshash oʻzgarmas shakl boʻylab harakatlanadi. Kosmosda Oy tomonidan bosib oʻtiladigan bu yoʻl Qurʻonda eski xurmo butogʻiga oʻxshatib tasvirlanadi va u rostdan ham xurmo daraxti butogʻining egik shakliga oʻxshaydi. Darhaqiqat, Qurʻonda ishlatilgan «urjun» soʻzi ingichka va egilgan xurmo butogʻini nazarda tutadi va mevasi terib olingandan keyin qoladigan qismini tasvirlash uchun ishlatiladi. Bu butoqning «eski» deb tasvirlanishi ham juda monanddir, chunki eski xurmo butogʻi ingichkaroq va koʻproq qayrilgan boʻladi.
Shubhasiz, 1400 yil ilgari Oyning orbitasi haqida hech bir insonning biror bilimga ega boʻlishi ehtimoldan xoli edi. Zamonaviy texnologiya va toʻplangan bilimlar orqali aniqlangan bu shaklning Kitobda vahiy qilinishi Qurʻonning ilmiy moʻjizalaridan biridir.
Oy Yer bilan birgalikda Quyosh atrofida aylanar ekan, u kosmos oralab «8» harfiga oʻxshash traektoriyada harakatlanadi. Bu orbitaning kurinishi Qurʻonda vahiy qilinganidek, kurigan xurmo butogʻining egilgan shakliga oʻxshaydi.
Download 16.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling