Biz, sharqliklar, ota-ona, ustoz hurmatini qadrlaydigan xalqmiz


Download 25.5 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi25.5 Kb.
#1437387
Bog'liq
farzandnoma


Biz, sharqliklar, ota-ona, ustoz hurmatini qadrlaydigan xalqmiz. Ularning purma’no so‘zlariga, xastiy xulosalariga quloq tutamiz, unga amal qilishga intilamiz. Chunki xikmat, ibratli so‘z kishining zexnini charxlaydi, nuqsonlarini bilish va undan qutulishga undaydi. Ana shu nodir «ozuqa» tufayli inson botinan poklannb, ma’nan yuksalib boradi. Azaldan ota-bobolarimiz, komil ustozlar tarbiyada ushbu uslubdan judayam extiyotkorona va moxirona foydalanishgan. Ular farzand, shogird kamoli yo‘lida ko‘p mnng yillik tajribadan kelnb chiknb, turli tarbiyaviy vosita va bilimlar orkali tafakkur bulog‘i bilan to‘yintirilgan sharkona xayot maktabini yaratishgan. Bu amalii tajriba maskani dunyo tamadduniga Muso al-Xorazmiy, Axmad Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxo-
' riy, Al-Xakim at-Termiziy, Maxmud az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Aziziddin Nasafiy, Abu Mansur Moturidiy, Axmad Yassaviy, Baxouddin Nakshband, Alisher Navoiydek yetuk allo-malaru ma’rifat axlini, Amir Temur, Jaloliddin Mangu-berdn, Mirzo Ulug‘bek, Zaxiriddin Muxammad Bobur, Temur Malnk kabi mard va jasur soxibkironu sarkardalarni, noeb akl soxiblarini yetkazib berdi.
«Farzandnoma» deb nomlangai faslida xayotimiz davomchilari bo‘lgan zurriyotlarga, shuningdsk, yosh ota-onalarga o‘gitlar maktublar ko‘rinishida bo‘lib, ularda tarbiyaning qanchalik muhim va dolzarbligi ta’sirchan tarzda ochib berilgan.
Ma’lumki hikmat - insoniyatning noyob topilmasi, donishmandlikning duru gavxari. Unda baxtiyorlik, o‘y-kechnnma, armon, orzu-umid tuyg‘ularini, turmush saboqlarini o‘zida jam etgan ganju xazina yashirin. Shu ma’noda. «Pandnoma» faslida odam.yud faoliyatining tirgaklari bo‘lmish ota-ona va ustozlarning tarbiya bobidagi mazmundor fikrlari keltirilgan.
«Ibratnoma» faslida muallif tomonidan o‘zining katta bobosi va momosi bilan g‘oyibona suxbatlari, mexribon qiblagohu muxtarama volidasi bilan savol-javoblari, hayot, tarbiya tug‘risida yoshu kattani birdek o‘ylashga majburlaydigan fikrlar o‘rtaga tashlanadi. “G‘aroyibotnoma”da farzand tarbiyasiga nisbatan xafsalasizligi, befarqligi oqibatida vijdonan qiynalayotgan ayrim yurtdoshlarimiz hayotidan lavxalar, ba’zi noqobil farzand bilan bog‘liq voqealar, mitti hikoyalar berilgan. «Dilnoma» fasli inson qalbining tadqiqiga, uning go‘zal va betakror siyratiga bag‘ishlanib, botiniy olamiga «sayr» qilinadi.
«Saodatnoma» faslida esa, ota-ona duosini olgan qobil farzand xislatlari, dono va zukko yosh avlodning ertangi nurafshon hayoti latofat bilan bayon qilinadi.
Yurakdan bitilgan asar doimo kitobxonning ko‘ngil mulkiga aylanadi. Shu jixatdan olib qaralganda, «FARZANDNOMA» asari sizu bizga ezgulikdan saboq berish barobarida, yaxshilik va saxovat inson umrining bezagi ekanini eslatib qo‘yadi. O`ylaymizki, bu asar el-yurtning baxtli kelajagiga xissa qo‘shishga axd qilgan, xam botinan, xam zoxiran komillikka intilgan insonlarning kitob javonidan munosib joy oladi.
Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling