Biz uchun yashang
Onajon,men bu kecha sizni yanada sog’indim,
Nur to’lgan quyoshdek bag’ringizga talpindim.
Suratlaringiz silab,men yana ovundim,
Bilaman,siz ham meni sog’ingansiz,
O’shal dam siz ham suratlarimga qarang,
Onajon,iltimos hayotda biz uchun yashang.
Yuragingiz to’lib-toshib ketgan chog’ida,
Bardoshingiz yetmay qolgan chog’ida,
Onajon,sizdan bitta o’tinchim,
Iltimos hayotda biz uchun yashang.
Imonsizlar dastidan qiynalsangiz gar,
Hayot tashvishlari mag’lub etsa agar,
Onajon hech qachon mag’lubman demang,
Iltimos hayotda biz uchun yashang.
Hali bizning osmonimiz ham nurlarga to’ladi,
Odamlar havas ko’zi bilan boqadi.
Bulutli kunlarga chidadik arang,
Onajon iltimos biz uchun yashang.
Yomonlar pok qalbingizga og’riqlar soldimi,
Imonlarin sotib,vijdonlari qaylardadir qoldimi.
Men boraman oz qoldi onajon chiding,
Iltimos,hayotda biz uchun yashang.
Onajon,hayotda men uchun yashang!
Do'stlaringiz bilan baham: |