Bizga"Ufq"roman trilogiyasi,"Jimjitlik",kabi romanlari orqali yaxshigina tanish bo'lgan


Download 249.46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.05.2023
Hajmi249.46 Kb.
#1419054
Bog'liq
Taqriz



 


 
Bizga"Ufq"roman trilogiyasi,"Jimjitlik",kabi romanlari orqali yaxshigina tanish bo'lgan 
ijodkorimiz Said Ahmad hikoyalar yozishda ham mohir yozuvchi desam adashmagan 
bo'laman.Jumladan, Qorako'z Majnun nomli hikoyasi ham adibning Mustaqillik 
yillarida yozilgan eng yaxshi hikoyasi sanaladi. 
Qadamlar ostida shitirlaydi-kuz...Hikoya jarayonlari kuzning ilk kunlarida bo'lib 
o'tadi.Ushbu hikoya tili sodda,tushunarli,hech qanday murakkab bo'yoqlarsiz 
yoritilgan ammo bir muncha o'ylantiradigan,bir muncha achinish hissi beradigan 
tarzda ifodalangan.Hikoyada Saodat ayaning 32yil orziqib,duo qilib armiyaga ketgan 
o'g'li Bo'rixon qaytib kelishini intizor bo'lib kutishi,hatto duolari ijobat bo'lib qaytib 
kelganida qanchalar iztirobga tushib qolgan bechora sho'rlik ona tasvirlangan.Yillar 
davomida kutgan o'g'li-islom dinidan chiqqan,o'z onasini otasini unutgan,o'z tilini 
unutgan manfur kimsa edi.Saodat ayaning o'g'li mana shu "Qorako'z Majnun"dek-bir 
itchalik ham mehrli bo'lolmadi.Nahot voyaga yetkazgan,oq yuvib oq taragan onaning 
qadri bo'lmadi.O'g'lini yana bir bor ko'rish uchun yashagan onaizor,qaytib kelgan 
o'g'lining boshqa dinga o'tganini bilgach bunga dosh berolmadi-omonatini topshirdi... 
Saodat aya barcha farzandlariga birdek mehribon edi,baxti ochilmagan qizi Qumriga 
ham har duosida baxt tiladi.Saodat ayaning iti- Qorako'z Majnun doim onaxonga 
ergashib,bir zum ham yolg'iz qoldirmaydi,hatto onaxonning farzandlarining uyini ham 
yaxshi eslab qolgan.Mana shu Qorako'z Majnun,onasini unutib yuborgan -Bo'rixondan 
ming marta mehrliroq edi Saodat ayaga.Saodat aya kunlab shifoxonada qolib 
ketganida ham bir on ham shifoxona derazasi yonidan ketmagan-Qorako'z Majnun 
edi.Saodat ayaning o'limidan so'ng Qorako'z Majnunning qilgan harakatlari inson 
qalbini o'rtab yuboradi.Oylab onaxonning barcha farzandlarini uyidan Saodat ayani 
qidirishni bas qilmadi.Bechora Qorako'z Majnun,odamlarning o'ylamasdan quturgan it 
deb o'ylashlari oqibati qurboni bo'lib,ko'ksini miltiq o'qlari kemirdi...Vaholanki u 
egasini qanchalar yaxshi ko'rishini isbotlab berdi. 
Hikoya juda ham ta'sirli.Insonlarni bir-biriga mehrliroq bo'lishiga,o'z tili,dinini 
oyoqosti qilmasdan bu dunyoda yashab o'tishga chaqiradi.Nahot insonlar,bir it egasiga 
qilgan mehr-shafqatni,bir birlaridan ayasalar...Hikoyada yozuvchi juda ham 
og'riqli,mulohazali holatlarni qalamga olib o'quvchiga oyna tutgandek go'yo. 

Download 249.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling