Biznes boshqaruv asoslari


Investitsiyalash jarayoni


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/163
Sana10.07.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1659408
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   163
Bog'liq
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Investitsiyalash jarayoni. 
Investitsiya jarayoni ishtirokchilari. 
Ustun darajada hoqimliklar oʻz extiyojlarini qisqa muddatli obligatsiyalar chiqarish 
yordamida moliyalashtiradilar.Ayrim vaqtda ijroiya hoqimiyati idoralari pulni taklif qiluvchilar 
tomonida qatnashadilar. Masalan, shaharda maʻlum vaqtga kelib qandaydir pul summasi bushab 
kolsa, uni joriy hisob rakamida ushlab turmasdan, shahar hoqimiyati mablagʻni qisqa muddatli 
moliyaviy bozorga kurollarga quyib daromad olishlari mumkin.Ijroiya hoqimiyati idoralarini 
moliyaviy mablagʻlarga extiyoj sezayotgan tomonda va taklif tomonida moliyaviy institutlar va 
moliyaviy bozorlar holatiga kuchli taʻsir koʻrsatadi. Aksariyat xollarda davlat – bu pul 
mablagʻlarini isteʻmolchisidir, yaʻni u mablagʻ berishga qaraganda koʻp mablagʻni ishlatadi. 
Kompaniyalar. Koʻpgina kompaniyalar shakllaridan kaʻtiy nazar oʻz faoliyatini yuritish 
uchun yirik moliya mablagʻlariga muxtoj boʻladi. Ijroiya hoqimiyati idoralari singari, ularni 
moliyaviy extiyojlari uzoq va qisqa muddatliga boʻlinadi. Uzoq muddatli maqsadlarni amalga 
oshirish uchun kompaniyalarga zavodlar kurishga, asbob-uskunalar va inshootlar olishga, yangi 
mahsulotlarni ishlash uchun pul kerak boʻladi. Qisqa muddatli extiyojlar tovar zaxiralarini 
taʻminlash, debitor qarzlarini va boshqa joriy xarajat koplash zaruratlaridan yuzaga keladi. Qisqa 
va uzoq muddatli extiyojlarni moliyalashtirish uchun kompaniyalar muomalaga turli xil qarz 
qimmatli qogʻozlarni va aktsiyalarni chiqaradilar. Kachonki ularda vaqtincha ortiqcha pul 
mablagʻlari paydo boʻlsa, ular pullarni boshqalarga taklif qiladilar. Amalda koʻpgina yirik 
kompaniyalar naqd pullarini boshqarishni faol va murakkab strategiyasini amalga oshiradilar va 
qisqa muddatli kimatli qogʻozlarni asosiy xaridorlari hisoblanadilar. Davlatga uxshab 
kompaniyalar umuman pul mablagʻlarini sof xaridorlari hisoblanadi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling