Biznes boshqaruv asoslari
*Boshqarishning iqtisodiy fynktsiyalari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
*Boshqarishning iqtisodiy fynktsiyalari, yaʻni:
mablagʻlarning doiraviy aylanishini amalga oshirish; mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish; marketing xizmatini uyushtirish; foyda olishni ta’minlash va h.k. *boshqarishning sotsial funktsiyalari, yaʻni: mehnat sharoitini yaxshilash; xodimlarning uy-joyga boʻlgan ehtiyojini, sotsial madaniy-maʻnaviy ehtiyojlarini qondirish, moddiy ragʻbatlantirishni taʻminlash; ijtimoiy himoyani taʻminlash va h.k. *boshqarishninr maʻnaviy-maʻrifiy funktsiyalari, yaʻni: xodimlarni insoniylik, yaxshulik, mehr-shafqatli va oʻzaro munosabatlarda sabr-toqatli boʻlish ryhida tarbuyalash; xodimlarni vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbuyalash, adolat tuygʻusini, bulum va maʻrifatga intulishni tarbuyalashga xuzmat qulish va h.k. *boshqarishning tashkiliy funktsiyalari, yaʻni: ishlab chiqarishni tashkil qilish; oʻzaro aloqalarni oʻrnatish va muvofiqlashtirish; barcha boʻgʻin va boʻlimlar oʻrtasida vazifalar taqsimoti, vakolat va boshqarish apparati xodimlari oʻrtasida masʻuluyatlarni belgilash; boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qulishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k. Qayd qilingan funktsiyalar bir-biri bilan bogʻliq va maʻlum darajada tartibga solingan koʻp unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat boʻlib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham eʻtibordan chetda qolmasligi kerak. Boshqarishninr funktsiyalaridan yana biri - bu tarmoqli boshqarish bilan hududiy boshqarishning mutanosibligini taʻminlash. Har bir korxona qandaydir bir tarmoqqa (sektor tarkibiga) kiradi. Ayni vaqtda, u bir tuman hududida joylashganligi jihatidan mahalliy ishlab chiqarish hududiy majmuiga kiradi. Boshqarish jarayonida bu funktsiya ham hududiy, ham tarmoq manfaatini koʻzda tutishi lozim. Tarmoqqa doir boʻlgan boshqaruv funktsiyalari zarur. Buningsiz tarmoq “yoʻqoladi”, yagona texnik va texnologiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqqa taalluqli boshqa masalalarni hal etish qiyin boʻladi.Biroq ayni vaqtda, boshqarishning hududiy funktsiyaari ham zarur. Bu funktsiya muayyan tuman, viloyat hududida joylashgan turli tarmoqlar (sektorlar)ga qarashli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ratsional aloqalarni oʻrnatilishini taʻminlaydi. Hududiy funktsiyalar idorachilik gʻovlarini yoʻqotish, noratsional tashuvlarni kamaytirish va pirovard oqibatda samaradorlik darajasini oshirish imkoniyatini beradi.Qayd qilingan funktsiyalardan tashqari boshqarishning oʻziga xos aniq funktsiyalari ham bor. Boshqarishning oʻziga xos aniq funktsiyalari deganda, muayyan boshqaruv organiga va uning boshqaruvchisiga aniq biriktirilgan ishlar, masʻuliyat, maqsad va unga erishish vositalari majmui tushuniladi. Tegishli funktsiyalarning toʻla-toʻkis va sifatli bajarilishiga ishlab chiqarishning umumiy rahbarlari - direktor (rais), uning oʻrinbosarlari, boʻgʻin va boʻlimlar boshliqlari, brigadirlar, shuningdek, xizmat koʻrsatish boʻlimlari rahbarlari - kadrlar boʻlimi boshligʻi, reja- iqtisod boʻlimi boshligʻi va boshqalar masʻuldirlar. Quyida (2-jadval) korxona (firma, jamoa xoʻjaligi)ni boshqarishning oʻziga xos aniq funktsiyalari va ularning asosiy mazmunini keltiramiz. 2-jadval Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling