Biznes boshqaruv asoslari


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/163
Sana10.07.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1659408
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163
Bog'liq
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Maxsulot narxi – ishlab chikarishga ketgan yoki boshqa bizneslar tomonidan mahsulotga 
toʻlangan narx.
Faoliyat xarajatlari – mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar. U oʻz 
ichiga – oylik-maosh, mahsulotni saqlovchi va koʻrsatuvchi qurilmalar, kommunal xizmatlar, 
soliqlar va boshqalarni oladi.
Foyda – barcha soliq va xarajatlardan toʻlab boʻlingandan keyin qolgan pul. 
Yalpi foyda – narxni belgilashda juda muhim faktor. Yalpi foyda bu sotuv narxi va maxsulot narxi 
orasidagi farq. U qoʻlingizdagi ishlab chiqarishga toʻlanadigan va foydani taʻminlaydigan pul 
mikdorini koʻrsatadi. 
Qoʻshimcha narx. Yalpi foyda bilan bogʻliq narxlash tushunchasi–qoʻshimcha narxdir. 
Qoʻshimcha narx sotish uchun mahsulot tannarxiga qoʻshiladigan miqdordir.Qoʻshimcha narx 
kutilayotgan yalpi foydaga teng. Qoʻshimcha narx mahsulot tannarxi yoki mahsulot sotuv narxi 
foizida belgilanadi. Agar mahsulot 15$ tursa va uning qoʻshimcha narxi 100% boʻlsa, qoʻshimcha 
narx 15$ va mahsulot narxi 30$ boʻladi. Oʻsha 30$li mahsulot sotuv narxida 50 %qoʻshimcha 
narxga ega boʻladi. Tannarx qoʻshimcha narxi va sotuv qoʻshimcha narxini hisoblash 10gʻ5 
rasmdagi formulada koʻrsatilgan. 
Pasaytirilgan narx. Bizneschilar har doim ham mahsulotni oʻz belgilagan original narxlarda sota 
olmaydi. Agar mahsulotga talab loyihadagidek baland boʻlmasa, agar sotuv mavsumi tugab 
qolsa,yoki agar mahsulot koʻpayib ketsa, bizneschilar narxlarni pasaytirishiga toʻgʻri keladi. 
Pasaytirilgan narx original narxning kamaytirilishidir.
Qoʻshimcha narx formulalari 
Qoʻshimcha narx 
Tannarxga qoʻshimcha narx 
Mahsulot narxi +foiz qoʻshimcha narx =tannarxga qoʻshimcha narx 
Sotuv narxiga qoʻshimcha narx
Yalpi daromad+sotuv narxi = sotuv narxiga qoʻshimcha foiz qoʻshimcha narxi 
10 – 5 rasm 
Qoʻshimcha narx va kutilgan yalpi daromad orasida qanday bogʻliqlik bor? 
Narxlar tushishi narxlardagi xato deb tushunilishi kerak, chunki u biznesning ishlab chiqarishga 
ketgan pulni qoplaydigan va foyda olishidan keladigan pulni kamaytiradi. Ammo asl sotuv narxlari 
mahsulot yangi boʻlganligi va talab katta boʻlgani uchun yuqori belgilangan boʻlishi 


mumkin.Kichik narx pasayishlar sotilayotgan mahsulotning qolgan koʻp qismiga haliyam foyda 
keltirishiga olib keladi. Qolgan mahsulot mahsulot tannarxi va xarajatlarga toʻlash uchun juda past 
narxlarda sotilishi mumkin. Mahsulot sotuv narxini hisoblash formulasi qanday. 
2 maqsad
Tarqatish kanallari. 
1. 
Taqsimlashning bevsita va bilvosita kanallarini farqlang. 
Hindiston yoki Yangi Zelandiyada chiqarilgan qandaydir shaxsiy maxsulotlaringiz bormi? Agar 
shunday boʻlsa, u sizning magaziningizga bir necha mamlakatlardan oʻtib yetib kelguncha boʻlgan 
jarayon ehtimol murakkab va uzoq vaqt oluvchi jarayondir. Aksincha , siz fermaning maxsulotini 
xarid qilganmisiz? u yerda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mevalar, sabzavotlar va boshqa uyda 
yetishtiradigan maxsulotlarnisotadi. Maxsulotlar yaqin masofaga olib boriladi va oʻsha kunning 
oʻzida ertalab yigʻib olingan boʻlishi mumkin. Ikkala holat ham taqsimot jarayonini tasvirlaydi.
Taqsimlash isteʻmolchi mahsulot yoki xizmatni topishi, olishi va foydalanishi uchun 
qoʻllaniladigan eng yaxshi usullar va jarayonlarni aniqlashtirishni oʻz ichiga oladi. Taqsimlash 
marketing miksning elementi sifatida moʻljallangan bozorga mahsulot yoki xizmatni qulay qilish 
uchun ishlatiladigan joylashuv va metodlardir. Mahsulot joʻnatiladigan marshrut va mahsulotni 
ishlab chiqaruvchidan yakuniy xaridorga yetkazilgungacha jalb etilgan bizneslar taqsimot kanali 
sifatia maʻlum.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling