Biznes faoliyatiga soliqlar orqali taʼsir qilishning huquqiy asoslari


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkasi


Download 52.48 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi52.48 Kb.
#1494241
1   2   3   4
Bog'liq
10 mavzu

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkasi

To’lovchilar

Soliq stavkalari

2018 yil

2019 yil

Yuridik shaxslar

14

12

Tijorat banklari

22

20

Mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi
korxonalar: Rentabillik darajasi
20 foizgacha
20 foizdan yuqori

14
50

20

Sement, polietelen granula ishlab chi- qaruvchi korxonalar (qo’shimcha foyda
solig’i to’lash tartibi bekor qilindi)

14

20


Biznes faoliyatini tartibga solishga qaratilgan soliq qonunchiligi.
1. 2020-yil 20-iyulda Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik subyektlari, umumuiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6029-son Farmoni qabul qilindi. Bundan tashqari, kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish koʻrini- shida davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash taqdim etildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son va 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-son Farmonlariga asosan foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) berilgan, 2020-yil aprel va may oylari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi summalari;
1. 2020-yil 15-may holatiga yer soligʻi va mol-mulk soligʻi boʻyicha 2020-yil 1-yanvardan boshlab hosil boʻlgan penya va jarimalar summalari.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni quyidagi tartibda toʻlaydi:
Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln. soʻmdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar daromad soligʻini ikki xil usulda:

    1. har oyda qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliqni toʻlashi;

    2. tadbirkorlik faoliyatidan olingan haqiqiy daromadi boʻyicha ushbu daromadlarni olish bilan bogʻliq xarajatlar summasini chegirib tashlagan holda doimiy yashash joyidagi davlat soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirish yoʻli bilan daromad soligʻini toʻlashi mumkin.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish- Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln. soʻmdan oshgan biroq 1 mlrd. soʻmdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni (avvalgi yagona soliq toʻlovi) toʻlashga oʻtkaziladi.
Bunday tadbirkorlar ham ikki xil usulda soliqlarni toʻlashni tanlashi mumkin:
Kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. soʻmdan oshganda, oshgan summadan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashi; kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. soʻmdan oshganda, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash oʻrniga ixtiyoriy tarzda qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashni tanlashi mumkin.

Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari

  • Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solish

  • Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish

  • Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq

  • Advokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan) soliqlar

  • Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga soliq solish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-iyuldagi PF6029-son Farmoni bilan quyidagi tadbirkorlarga imtiyozlar berildi:

  1. 2020-yil 1-iyuldan 2020-yil 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod etildi.

  2. ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilindi.

  3. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllagan holda, ularni kichik korxonalar toifasiga kiritish maqsadida 2020-yil 1- iyuldan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan xodimlarning yillik oʻrtacha soni 25 nafardan 50 nafarga oshirildi.

  4. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan hollarda, soliq toʻlovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi.

  5. Kichik tadbirkorlik subyektlari; bozorlar va savdo kompleks- lari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, shuningdek, yoʻlov- chi tashish, maishiy xizmatlar koʻrsatish, binolarni, shu jumladan banketlar oʻtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish boʻyicha berilgan imtiyozlarni amal qilish muddati 2020- yil 31dekabrga qadar uzaytirildi.



  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi ―Soliq va bojxona imtiѐzlari berilishini yanada tartibga solish choratadbirlari toʻgʻrisida‖gi PF-5755-sonli Farmoniga muvofiq 2019-yil 1avgustdan boshlab yagona yer soligʻi toʻlovchisi hisoblangan qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiѐriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtish imkoniyatiga ega boʻldi, 2019-yil 1- sentyabrdan boshlab esa 2019-yil yanvar oyidan sentyabr oyigacha 1 milliard soʻmdan ortiq pul aylanmasi (tushumi)ga ega boʻlgan ѐki 50 gektardan ortiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga ega boʻlgan yagona yer soligʻi toʻlovchilari qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari hisoblanishi belgilandi.

Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 1 mlrd.soʻmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda toʻlashga oʻtadi.
Shuningdek, soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga foyda soligʻini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga huquqi berildi.
Bunda, foyda soligʻining soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor foyda soligʻini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish maqsadida xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi.
Eksport salohiyatini qoʻllab quvvatlash borasida foyda soligʻi imtiyozlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5587-sonli Farmo- niga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tovarlar (ishlar, xiz- matlar) eksport ulushi umumiy tushumning 15 foizdan yuqori boʻlgan korxonalarning tovar (ish, xizmat)lar eksportidan olingan foydasi soliq solishdan ozod qilinadi.
Masalan, “Sharq” MCHJning mahsulot sotishdan umumiy tushumi 2 500,0 mln.soʻm, shundan eksportga sotilgan mahsulotlar hajmi 1 300,0 mln.soʻm, soliq solinadigan foydasi 500,0 mln.soʻmni tashkil qilgan. Bunda, eksport ulushi 52 % (1 300,0/2 500,0x100%) ni tashkil qilganligi sababli korxona yuqoridagi imtiyozdan foydalanish huquqiga ega boʻladi va soliq solinadigan foyda 500,0 mln.soʻmning eksportga toʻgʻri keladigan qismi, yaʼni 260,0 (52 %) mln.soʻm foydasi soliq solishdan ozod etiladi. Natijada, 240,0 mln.soʻmdan (500-260) 12 % stavkada 28,8 mln.soʻm foyda soligʻi toʻlaydi yoki imtiyoz natijasida korxona ixtiyorida 31,2 mln.soʻm mablagʻ qoladi
Toʻgʻridan toʻgʻri chet el xususiy investitsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan toʻlovchilarga soliq solish Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi va qonun hujjatlarida tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq kiritilgan investitsiya hajmidan kelib chiqqan holda quyidagi soliqlardan ozod qilinadi:

  1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;

  2. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

  3. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish

soligʻi

  1. Yagona soliq toʻlovini

  2. Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar

300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;
3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollari- gacha — 5 yil muddatga;
10 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 7 yil muddatga. Soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qoʻllanilishi belgilangan: Mazkur korxonalarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatini istisno qilgan holda, respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi punktlarida joylashtirish;
Xorijiy investorlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;
Korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni tashkil etishi lozim;
Xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qoʻyish;
Mmazkur imtiyozlarni qoʻllanish muddati davomida imtiyoz- lardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yoʻnaltirish.


Download 52.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling