Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish


Download 17.69 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi17.69 Kb.
#1411674

Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish

Reja



  1. Biznes jarayonlarining ahamiyati.

  2. Xo‘jalik faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari



  1. Qiymat o‘lchovining mohiyati va ahamiyati

  2. Ta’minot jarayonining hisobi



  1. Ishlab chiqarish jarayonining hisobi

  2. Sotish jarayonining hisobi

Tayanch so‘z va iboralar: baholash, baho, boshlang‘ich (haqiqiy) qiymat, joriy qiymat, qoldiq qiymat, kalkulyatsiya, realizatsiya qilish, kalkulyatsiya obyekti, real (haqiqiy) qiymat, tiklanish qiymati, tugatish qiymati, ishlab chiqarish, ishlab chiqarish vositalari, konsalting, taklif, talab va taklif qonuni, ta’minot haqiqiy hajmini aniqlash, haqiqiy tannarxini hisoblash.


Biznes jarayonlarining ahamiyati.

Turli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o‘z faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o‘tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining o‘rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag‘larning uzluksiz aylanishini hosil qiladi.
Korxonalarining shakllari.1 Biznes alohida shakl bo‘lib, u boshliqlaridan ayri holatda bo‘ladi. Biznes tashkiloti bir nechta turlarga bo‘linadi. Biznes tashkilotining har bir turi aniqlangan bo‘lishi shart, chunki moliyaviy hisobotlar farqlanadi. Biznes tashkilotlarining uchta turi mavjud. Yakka tadbirkor, qo‘shma korxona, va korxona. Korxona xususiy yoki mas`uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishida bo‘ladi.
Yakka tadbirkor. Yakka tadbirkor biznesi yagona jismoniy shaxs tomonidan yuritiladi. Buning birlashish jarayoni oddiy, faqat Malayziya Biznes Kompaniyalari Registratsiyasidan ro‘yhatdan o‘tishi zarur hisoblanadi. Biznesning bu turi oson tugatiladigan, bitta jismoniy shaxs tomonidan boshqariladiganligi bois va hukumat ko‘p qonun-qoidalari halaqit qilmaydi. Kapital kichik miqdorda bo‘lishi kerak va moliyaviy manbalar cheklangan. Biznes foyda keltira boshlaganda, boshliq foydani boshqalar bilan bo‘lishmaydi. Daromad solig`i maqsadlarida, faqat jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i to‘laydi va firma foyda solig`i to‘lamaydi.

1 Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014; 8-bet.



Boshliq barcha amalga oshiriladian faoliyatdan xabardor bo‘ladi va buxgalteriya maqsadlarida ko‘p ma`lumotlar talab qilinmaydi. Buxgalteriya ma`lumotlarini Inland Daromad boshqarmasi tomonidan soliq solish talablari amalga oshirilishini buxgalter tayyorlaydi. Boshliq bankdan kredit olmoqchi bo‘lsa, korxona moliyaviy hisoboti taqdim etiladi. Boshqa daromadni ko‘paytirishga qiziqadigan tashlikotlar moliyaviy hisobotlarni moliyaviy ahvolni yaxshilash va biznesni amalga oshirishni yaxshilaydi.
Hamkorlik.2 Hamkorlik ikki yoki undan ko‘p jismoniy shaxslar biznesni birgalikda boshlashga rozi bo‘lishsa va daromad yoki xarajatni bo‘lishlikka rozi bo‘lganlaridagina tuziladi. Ko‘p kapital ikkala tomondan birgalikda yig`iladi. Ba`zida qo‘shma korxona naqd pul va aktivlar olib kelsa, biznes rivojlanadi, masalan, ikki advokat huquqiy korxona ochsa yoki uchta buxgalter auditorlik firmasini qo‘shma korxona tarzida ochsa bo‘ladi.
Hamkorlikda asosiy kelishuv 1961-yilda tuzilgan hamkorlik aktiga asosan tuziladi. Hamkorlar aktga amal qilmasliklari ham mumkin va ular o‘z huquqlariga, kapitaliga va foyda/zarariga mos keluvchi boshqa shartnoma yoki kelishuv tuzlishlari mumkin. Hamkorlikning moliyaviy holati haqidagi ma`lumot va tuzilishi yakka tadbirkornikiga o‘xshash bo‘ladi. Ma’lumotlar bilan qiziquvchi tashkilotlar Ichki hudud daromad kengashi( soliq maqsadlar uchun), banklar (kapital ta’minotchilari sifatida) va boshqa hamkor bo‘lishni xohlovchi tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
Kompaniyalar. Kompaniya qonuniy tashkilot bo‘lib, egalaridan alohida bo‘lib shakllanadi. Yakka tadbirkor va hamkorlarning alohida tashkilot deb hisoblanishi o‘z egalari va biznes hisoblarining alohida bo‘lishini anglatadi, lekin o‘z egalari biznes majburiyatlariga to‘liq ma’sul bo‘lishadi. Masalan, yakka tadbirkor yoki hamkorlardan biri biznes qarzlarini to‘lay olishga qurbi yetmasa, firma egalarining yoki hamkorlikdagi aktivlar egalaridan o‘z aktivlarini qarzni yopish uchun to‘lashda foydalaniladi.
Qarama-qarshi holda kompaniyada, egallab turilgan ulushlarga nisbatan kompaniya egasining yoki kapital egasining majburiyatini cheklaydi. Bu xususiy aktivlar kompaniya qarzlarini yopish uchun ishlatilmaydi degani. Malayziyada, 1965 yilgi Kompaniyalar akti asosida shakllanadi va Malayziya Kompaniyalar Komissiyasidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Agar kompaniya Malayziya Birjasidan ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lsa, bu qimmatli qog’ozlar malakali tashqi auditorlar tomonidan ommaga ma’lum qilinishidan avval tekshirilishi kerak.
Download 17.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling