Hozirgi paytda ko‘pgina resurslar chegaralangan, ulaming aksariyati (metall, qurilish materiallari va boshqalar) xorijdan keltiriladi. Shuning uchun mavjud resurslardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy sarmoyalarni ustuvor sohalarga joylashtirish kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarli darajada e’tibor berish talab qilinadi. «Samara», «samaradorlik», « ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik» kabi tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur. Samara - bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo‘q qilish bilan bogliq bo’lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.
11
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish samaradorligi
«Samaradorlik» so‘zi natija degan ma’noni berada. Korxonalar iqtisodiyotiga bag’ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina iqtisodiy samaradorligi haqida so‘z ketadi. Holbuki, mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar kishilarning e’tiborini jalb etmoqda va ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va ularga baho berish zaruriyatini tug‘dirmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samaradorligini o‘rganish o‘ta muhimdir. Ular o‘zaro uzviy bog’liq va bir-birini taqozo etadigan kategoriyalardir. Samaradorlikning umumiy holati, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni aniqlash muhim ahamiyaga ega.
12
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish samaradorligi
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U «samara» toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega. Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo‘jalik qarorlarini awaldan belgilab beradi. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda birmuncha tor ma’noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo‘jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik каш bo‘lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |