Biznes korxonalari iqtisodiyoti ishlab chiqarishning Iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi


Download 1.91 Mb.
Sana12.12.2019
Hajmi1.91 Mb.

BIZNES KORXONALARI IQTISODIYOTI

ISHLAB CHIQARISHning Iqtisodiy va IJTIMOIY SAMARADORLIGI


4-KURS 1-GURUH TALABALARI

NAMOZOV ABDUXOLIQ

NO’MONJONOV BOBUR

NUROV SHERZOD

RUSTAMOVA MUXARRAM

ISHLAB CHIQARISHNING IQTISODIY VA IJTIMOIY SAMARADORLIGI

  • Reja:
    • Kirish
      • Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish samaradorligi;
    • Asosiy qism
      • Ishlab chiqarish samaradorligi turlari;
      • Ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligi;
      • Ishlab chiqarish ijtimoiy samaradorligi;
    • Xulosa
    • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish samaradorligi

  • Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish.
  • Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻlishini taqozo etadi.

4

Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish samaradorligi

  • Samaradorlik - bu materialni, kuchni, kuchni, pulni va vaqtni biron bir ishni bajarish yoki kerakli natijaga erishish uchun isrof qilishdan saqlaydigan (ko'pincha o'lchanadigan) qobiliyat. Umuman olganda, bu narsalarni yaxshi, muvaffaqiyatli va isrof qilmasdan bajarish qobiliyati.

5

Samaradorlikning bir necha turlari mavjud


ishlab chiqarish

texnik


'X'

dinamik


ijtimoiy

taqsimlash

6

Taqsimlash samaradorligi iste'molchilar mahsulotning shaxsiy marjinal narxini aks ettiradigan bozor narxini to'lashda yuzaga keladi. Firma uchun taqsimot samaradorligining sharti mahsulotning ishlab chiqarilishidan iborat bo'lib, unda minimal qiymat, MC, narxga teng, P.



7

Ishlab chiqarish samaradorligi, firma resurslarni birlashtirganida, berilgan natijani eng kam o'rtacha qiymatda ishlab chiqaradigan tarzda yuzaga keladi. Xarajatlar firmaning qisqa muddatli o'rtacha xarajatlar egri chizig'idagi eng past nuqtada minimal darajaga tushiriladi. Bu shuningdek ATC = MC degan ma'noni anglatadi, chunki MC har doim ATC egri chizig'ining eng past nuqtasida ATC ni kesadi

8

  • Texnik samaradorlik ma'lum bir kirishdan, masalan, ishchi yoki mashina yoki ma'lum bir kirish birikmasidan qancha mahsulot olish mumkinligi bilan bog'liq. Maksimal texnik samaradorlik ma'lum miqdordagi kirishdan maksimal darajaga tushganda yuzaga keladi
  • X samaradorligi dastlab 1960 yillarda Xarvi Leybenshteyn tomonidan boshqaruv samaradorligiga nisbatan qo'llanilgan tushunchadir. Kontseptsiya, ayniqsa boshqaruvni maksimal darajada ishlab chiqarish uchun motivatsiya mavjud bo'lgan yoki bo'lmagan holatlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin. X samaradorligi ma'lum bir kirish hajmidan firmalar chiqishi qanchalik katta bo'lsa, shunday bo'ladi. Bu firmalar menejerlar iloji boricha ko'proq mahsulot ishlab chiqarishga rag'batlantiriladigan raqobatbardosh bozorlarda faoliyat yuritganda paydo bo'lishi mumkin.)

Bozorlar, raqobatbardosh raqobat darajasidan past bo'lganda, monolitopoliyalar va monopoliyalarda, 'X' samaradorligini yo'qotish ehtimoli bor, va boshqaruv motivatsiyasining yo'qligi tufayli mahsulot maksimal darajada oshirilmaydi

9

Dinamik samaradorlik tushunchasi odatda avstriyalik iqtisodchi Jozef Shumpeter bilan bog'lanib, texnologik progressivlik va innovatsiyani anglatadi.Neoklassik iqtisodiy nazariya shuni ko'rsatadiki, biron bir sohadagi mavjud firmalar, amaldagi shaxslar kirish to'siqlari bilan juda himoyalangan bo'lsa, ular samarasiz bo'ladi. Shumpeter bu har doim ham shunday emasligini ta'kidladi; haqiqatan ham yuqori himoyaga ega bo'lgan firmalar ko'proq xavfli innovatsiyalarni amalga oshirishi va dinamik samaradorlik keltirib chiqarishi mumkin



Qo'shimcha birlik ishlab chiqarishda barcha xususiy va tashqi xarajatlar va imtiyozlar hisobga olinsa, ijtimoiy samaradorlik mavjud. Xususiy firmalar tashqi xarajatlarni soliqqa tortish yoki ifloslantirish uchun ruxsatnoma sotib olish yo'li bilan ichkilashtirishga majbur bo'lganliklarini hisobga olish uchun faqat rag'batlantiradilar

10

Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish samaradorligi

  • Hozirgi paytda ko‘pgina resurslar chegaralangan, ulaming aksariyati (metall, qurilish materiallari va boshqalar) xorijdan keltiriladi. Shuning uchun mavjud resurslardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy sarmoyalarni ustuvor sohalarga joylashtirish kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarli darajada e’tibor berish talab qilinadi. «Samara», «samaradorlik», « ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik» kabi tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur. Samara - bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo‘q qilish bilan bogliq bo’lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.


11

Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish samaradorligi

  • «Samaradorlik» so‘zi natija degan ma’noni berada. Korxonalar iqtisodiyotiga bag’ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina iqtisodiy samaradorligi haqida so‘z ketadi. Holbuki, mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar kishilarning e’tiborini jalb etmoqda va ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va ularga baho berish zaruriyatini tug‘dirmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samaradorligini o‘rganish o‘ta muhimdir. Ular o‘zaro uzviy bog’liq va bir-birini taqozo etadigan kategoriyalardir. Samaradorlikning umumiy holati, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni aniqlash muhim ahamiyaga ega.

12

Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish samaradorligi

  • Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U «samara» toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega. Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo‘jalik qarorlarini awaldan belgilab beradi. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda birmuncha tor ma’noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo‘jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik каш bo‘lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi.

13

Ishlab chiqarish samaradorligi turlari

  • Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik - chegaralangan resurslardan oqilona foydalangan holda erishilgan, aholining ijtimoiy-iqtisodiy iste’mol darajasini yuksaltirishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning qondirilishi - inson kamolotining yuksalishi, moddiy va ijtimoiy farovonligining o‘sishi, madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishida ko‘rinadi. Inson farovonligi hamda kamoloti naqadar yuksalsa, shu qadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishgan bo‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo'jalik yuritishning sifat va miqdor ko'rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.

14

Ishlab chiqarish samaradorligi turlari

  • Afsuski, bozor sharoitlarida «samaradorlik» tushunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlami kamaytirish, mehnat samaradorligining o‘sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qo‘llanilmoqda.

15

Samarali ishlash degani o‘z mohiyatiga ko‘ra, mo‘ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlami kamaytirish, ishlab chiqarish quwatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi. Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad natijasida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy samaradorlik alohida e’tiborga ega. Iqtisodiy samara ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne’matlar hajmi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlikning mezoni; xarajatlar bilan erishilgan iqtisodiy ne’matlar munosabatidir.

  • Samarali ishlash degani o‘z mohiyatiga ko‘ra, mo‘ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlami kamaytirish, ishlab chiqarish quwatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi. Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad natijasida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy samaradorlik alohida e’tiborga ega. Iqtisodiy samara ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne’matlar hajmi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlikning mezoni; xarajatlar bilan erishilgan iqtisodiy ne’matlar munosabatidir.

16

Ishlab chiqarish jarayonida omillar (yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) xarajat qilinadi va uning natijasida ma’lum miqdordagi ne’matlar yaratiladi. Xarajat bilan natijani taqqoslash orqali iqtisodiy samaradorlik ifodalanadi. Ishlab chiqarishning natijasi ijtimoiy samaradorlik orqali ham ifodalanadi. Korxonaning ijtimoiy samaradorlik mezoni iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy samaradorlikning ko‘rsatkichlari aholining daromadlar miqdori, ish bilan bandligi, salomatligini saqlash, mehnat malakasini yuksaltirish, madaniy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, bo‘sh vaqtlarini aniqlash bilan belgilanadi.

  • Ishlab chiqarish jarayonida omillar (yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) xarajat qilinadi va uning natijasida ma’lum miqdordagi ne’matlar yaratiladi. Xarajat bilan natijani taqqoslash orqali iqtisodiy samaradorlik ifodalanadi. Ishlab chiqarishning natijasi ijtimoiy samaradorlik orqali ham ifodalanadi. Korxonaning ijtimoiy samaradorlik mezoni iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy samaradorlikning ko‘rsatkichlari aholining daromadlar miqdori, ish bilan bandligi, salomatligini saqlash, mehnat malakasini yuksaltirish, madaniy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, bo‘sh vaqtlarini aniqlash bilan belgilanadi.

17

Biroq samaradorlik va uning asosiy ko‘rsatkichi - foyda (daromad) o‘z-o‘zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda, turli vosita va yo‘llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo‘ljallash, asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablag‘ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayotgan mablag‘lami kamaytirish yo‘li bilan ko‘paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki, korxonaning bozordagi o‘rnini yo‘qotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib keiishi mumkin.

  • Biroq samaradorlik va uning asosiy ko‘rsatkichi - foyda (daromad) o‘z-o‘zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda, turli vosita va yo‘llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo‘ljallash, asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablag‘ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayotgan mablag‘lami kamaytirish yo‘li bilan ko‘paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki, korxonaning bozordagi o‘rnini yo‘qotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib keiishi mumkin.

18

Xorijiy firma va korxonalar o‘z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e’tibomi kuchaytirishdan tashqari, mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Masalan, Yaponiyaning «Omron» firmasi o‘ziga «Barchaning yaxshi hayoti, yaxshi dunyo uchun» degan iborani shior qilib olgan. Amerikaning «Katerpiller» kompaniyasining shiori «Dunyoning har bir burchagida 48 soat xizmat ko‘rsatish» bo‘Isa, «Ribok» firmasi «yaxshi bahodagi narx» iborasini shior qilib olgan. Bunday misollardan yana bir nechtasini keltirib o‘tish mumkin. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan kategoriyalar qatoriga kirmaydi hamda faqatgina pul ko'rinishida o‘lchanmaydi. Samaradorlik va sifatli mehnat tufayli korxona birinchidan, o‘zining iqtisodiy barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta’minlaydi, ikkinchidan, o‘z imidjini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlaydi, uchinchidan , xodimlaming iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yoMlarini qidirish, xarajat va natijalarni to‘g‘ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, hududiy joylashishi va faoliyatidan qat’i nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi.

  • Xorijiy firma va korxonalar o‘z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e’tibomi kuchaytirishdan tashqari, mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Masalan, Yaponiyaning «Omron» firmasi o‘ziga «Barchaning yaxshi hayoti, yaxshi dunyo uchun» degan iborani shior qilib olgan. Amerikaning «Katerpiller» kompaniyasining shiori «Dunyoning har bir burchagida 48 soat xizmat ko‘rsatish» bo‘Isa, «Ribok» firmasi «yaxshi bahodagi narx» iborasini shior qilib olgan. Bunday misollardan yana bir nechtasini keltirib o‘tish mumkin. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan kategoriyalar qatoriga kirmaydi hamda faqatgina pul ko'rinishida o‘lchanmaydi. Samaradorlik va sifatli mehnat tufayli korxona birinchidan, o‘zining iqtisodiy barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta’minlaydi, ikkinchidan, o‘z imidjini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlaydi, uchinchidan , xodimlaming iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yoMlarini qidirish, xarajat va natijalarni to‘g‘ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, hududiy joylashishi va faoliyatidan qat’i nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi.

19

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish - korxona rahbariyatining doimiy vazifasidir. Bu vazifani yechish amaliyotda quyidagi omillar bilan bog‘liq bo’ladi:

  • Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish - korxona rahbariyatining doimiy vazifasidir. Bu vazifani yechish amaliyotda quyidagi omillar bilan bog‘liq bo’ladi:
  • * bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash;

    *iste’molchilar talabini qondirishga yo‘naltirilgan mahsulotni sotish va yuqori daromad (foyda) olish;

    *aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvehi optimal ishlab chiqarish zaxiralarini yaratish.


20

Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi o'sishining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

  • Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi o'sishining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
  • • Mahsulot sifati va tarkibining yaxshilanishi;

    • Jonli mehnat unumdorligining o‘sishi;

    • Material sarfming kamayishi;

    • Fond samarasining oshishi.


21

Ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligi

  • Yuqoridagilardan shuni anglash lozimki, ishlab chiqarish samardorligini o‘lchash uchun ko‘rsatkichlar tizimi zarur.
    • Bu ko‘rsatkichlardan eng muhimi ijtimoiy mehnat unumdorligidir. U vaqtni tejash qonunining amal qilishini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichni quyidagi usulda aniqlash mumkin:
    • IMU = MD : JM

    • Bunda: IMU - ijtimoiy mehnat unumdorligi; MD - milliy daromad; JM - moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchilarning o'rtacha soni.

22

Milliy daromad - bu moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan qiymatdir. U yalpi ijtimoiy mahsulotning bir qismidir. Aniqroq aytganda, u yalpi ijtimoiy mahsulot qiymatidan ishlab chiqarish jarayonida sarflangan xomashyo, yonilg‘i, energiya va boshqa ishlab chiqarish vositalari qiymatini chiqarishdan keyin qolgan qiymatdir. O‘z navbatida, moddiy ishlab chiqarishning alohida-alohida tarmoqlarida Yalpi mahsulot qiymatidan moddiy ishlab chiqarish xarajatlarini ayirib tashlash yo‘li bilan sof mahsulot aniqlanadi.

  • Milliy daromad - bu moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan qiymatdir. U yalpi ijtimoiy mahsulotning bir qismidir. Aniqroq aytganda, u yalpi ijtimoiy mahsulot qiymatidan ishlab chiqarish jarayonida sarflangan xomashyo, yonilg‘i, energiya va boshqa ishlab chiqarish vositalari qiymatini chiqarishdan keyin qolgan qiymatdir. O‘z navbatida, moddiy ishlab chiqarishning alohida-alohida tarmoqlarida Yalpi mahsulot qiymatidan moddiy ishlab chiqarish xarajatlarini ayirib tashlash yo‘li bilan sof mahsulot aniqlanadi.

23

Mehnatning fond bilan qurollanish miqdori (ayniqsa, sifati) unumdorlikka sezilarli ta’sir etadi.

  • Mehnatning fond bilan qurollanish miqdori (ayniqsa, sifati) unumdorlikka sezilarli ta’sir etadi.
    • Fond bilan qurollanish, (FQ) fondlar qiymatining ishchilar soniga nisbati ko‘rinishida o‘lchanadi va quyidagi formulada ifodalanadi:
    • F = FQ : Is

    • F - Fond bilan qurollanish, FQ - asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati; Is - ishchilar soni.

24

Misol: Korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarini o‘rtacha yillik qiymati 40.0 mln. so‘mni tashkil etadi. Korxonada 120 kishi ishlaydi. Korxona ishchilarining fondlar bilan qurollanganligi 40.0:120=333.3 ming so‘mga teng.


Mehnat unumdorligining yana bir ko‘rsatkichi mehnat sig‘imidir (MS). Bu ko‘rsatkich yaratilgan mahsulot qiymatiga to‘g‘ri keladigan mehnat xarajatlari tusida bo'ladi. Uni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

  • Mehnat unumdorligining yana bir ko‘rsatkichi mehnat sig‘imidir (MS). Bu ko‘rsatkich yaratilgan mahsulot qiymatiga to‘g‘ri keladigan mehnat xarajatlari tusida bo'ladi. Uni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
  • Ms = Mh : Ms,

  • bu yerda Mh - mahsulot hajmi, miqdori. Ms - mehnat sarfi. Bu ko‘rsatkich mehnat unumdorligining teskarisi bo‘lib, uning hajmi qancha yuqori bo‘lsa, natijaning yomonlashganligi va aksi bo‘lsa, (ya’ni past bo‘lsa) natijaning yaxshilanganligidan dalolat beradi, u asosan korxona darajasida aniqlanadi
    • Misol. Korxonada bir smenada - 8 soatda 800 ta yengil mashina detali ishlab chiqarildi: bu 1 soatda 100 dona «detal ishlab chiqarilganligini ko‘rsatayapti (800:8).

25

Xalq xo‘jaligida, uning ayrim tarmoqlarida, shu jumladan sanoatda fondlar qaytimi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu fondlar sig‘imi ko‘rsatkichining aksidir. Fond unumi (FU) asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish samaradorligini tavsiflaydi. U asosiy fondlar muayyan miqdoriga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori bilan o‘lchanadi.

  • Xalq xo‘jaligida, uning ayrim tarmoqlarida, shu jumladan sanoatda fondlar qaytimi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu fondlar sig‘imi ko‘rsatkichining aksidir. Fond unumi (FU) asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish samaradorligini tavsiflaydi. U asosiy fondlar muayyan miqdoriga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori bilan o‘lchanadi.
  • FU = MM : AF

  • bu yerda, MM - mahsulot miqdori; AF - asosiy fondlar miqdori.
  • Fond unumi, mehnat unumdorligi va uning fond bilan qurollanishi o‘rtasida aloqa mavjud. U quyidagi formula bilan ifodalanadi:
  • FU = MU : FQ

  • bu yerda, FU - fond unumi; MU - mehnat unumdorligi; FQ - mehnatning fond bilan qurollanishi.

26

Amu-Buxoro mashina kanali

yillik jami xarajatlari

229 959 373 000

Shu jumladan

ish haqi

7 959 410 637

tovar va xizmatlarga

217 625 906 000

elektroenergiya

210 067 503 000

texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash

3 718 464 000

mashina uskuna va texnikalar

9 000 000

sotib olingan boshqa tovar va xizmatlarga

2 348 293 000

asosiy vositalarga

2 324 141 000

ijtimoiy imtiyozlar

4 250 000

boshqa xarajatlar

25 000 000

Amu-Buxoro mashina kanali

Jami suv yetkazib beradigan sug'orish maydoni

315 000

Boshqarma tasarrufidagi kanallar uzunligi

105,6

Jami gidrotexnik inshootlar

9

gidropostlar

8

suv o'lchash asboblari

2

jami nasos stansiyalari

7

asosiy vositalarning jami balans qiymati

50 892 000 000

Amu-Buxoro mashina kanali

Yetkazib berilgan suv mln. M3

450,497

haqiqiy xarajatlar mablag' m.so'm

157960402.87

1 m3 suv tannarxi m.so'm

35,08

27

Xulosa

  • Cheklangan resurslar sharoitida ishlab chiqarish korxonalari uchun yuqori darajada foydaga erishish uchun eng optimal yo’l bu samaradorlikni oshirish orqalidir. Samaradorlik va uning turlari haqida ularning hisoblab chiqarish yo’llari haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lish nafaqat ishlab chiqarish balki iqtisodiyotning barcha sohalari uchun foydali hisoblanadi.Shu o’rinda takidlab o’tish zarurki, ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari uzviy bog‘liq. Ijtimoiy samarani oshirmasdan turib, iqtisodiy samarani o'stirib bo‘lmaydi va aksincha.

28

Foydalanilgan adabiotlar:

  • Muratov R.S. “Korxona iqtisodiyoti” Toshkent 2014;
  • https://www.economicshelp.org/blog/2393/economics/social-efficiency;
  • https://www.economicsonline.co.uk/Business_economics/Efficiency;
  • Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonasi faoliyati samaradorligini oshirish yo’llari/Bitiruv malakaviy ishi/Farg’ona 2013;
  • Amu-Buxoro mashina kanali Qiziltepa tuman ma’lumotlari;

29
Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling