Biznes munosabatlarida javobgarlik. Reja
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini bo’zganlik uchun jinoiy javobgarlik
Download 124.29 Kb.
|
Biznes munosabatlarida javobgarlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini bo’zganlik uchun jinoiy javobgarlik.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini bo’zganlik uchun jinoiy javobgarlik.1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining qonuni xo`jalik yurituvchi subyektlarning bozorda raqobatlanishi bilan bog`liq bo`lgan munosabatlarni tartibga soladi, monopoliya faoliyati, yani monopoliyaga qarshi qonunga zid bo`lgan faoliyatning oldini olish va uni bartaraf qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini bo’zishning ijtimoiy xavfliligi shundaki, ushbu jinoyatni sodir etish natijasida alohida xo`jalik subyektlariga monopolistik faoliyatni amalga oshirish uchun real imkoniyat vujudga keladi.U bozor iqtisodiyoti faoliyatiga juda salbiy tasir etadi, chunki bozor iqtisodiyotini amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri monopoliya bilan sig`ishmaydigan erkin raqobatdir.Raqobat shartlari barcha mulk shakllarining tengligi kapitalning bir muhitdan boshqa muhitga erkin oqib o`tishini taminlovchi ishlab chiqilgan iqtisodiy mexanizm hisoblanadi. Iqtisodiy munosabat ishtirokchilarining iqtisodiy erkin bo`lishi shartdir. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini bo’zish bozorning yuqorida ko`rsatilgan muhim elementlariga, shuningdek, alohida fuqarolar, jamiyat va davlatga ham moddiy zarar yetkazadi.
Download 124.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling