Бизнес психологияси
Biznesda raxbarning nutq madaniyati
Download 84.5 Kb.
|
Biznes hamkorlikda psixologik yondashuv
Biznesda raxbarning nutq madaniyati.
Kishilarning til vositasida o‘zaro munosabatda bo‘lish jarayoni nutq deyiladi. "Nutq" va "til" tushunchalari bir-biridan farq qiladi. "Nutq-odamlarning o‘zaro munosabatda bo‘lish maqsadida tildan foydalanish faoliyatidir. Xar bir kishi muomalani uzicha amalga oshiradi. Muoala muayyan til vositalari yordamida yuz beradi. Til-ana shu vositalar-tovushlar, suzlar, jumlalar, ularning boglanishlari tizimi, ya’ni tovush va suz boyligi xamda grammatik shakllaridir. Til-nutq vositasida muomala jarayonida paydo bo‘ladi va tayyor xolda uzlashtiriladi. Nutq bilan tafakkur o‘zaro uzviy boglangan. Odam uylayotganida fikrlarini avval ichiga suzlar, jumlalar tarzida-ichki nutqida ifodalaydi. Nutq muomalaning ishonchli vositasi bo‘lishi uchun muayyan talablarga javob berishi, ayniksa, ikki sifatga ega bo‘lishi kerak: 1) nutq muayyan til qoidalariga rioya qilishi; 2) nutq tinglovchida ishonch xosil qilishi, ya’ni mazmundor, aniq, tushunarli, mantikiy, obrazli, xis-xayajonli bo‘lishi kerak. Nutq-mantikiy izchillik va adabiy til qoidalariga rioya kilingandagina sifatga ega bo‘ladi. Leksik, grammatik, uslubiy qoidalar adabiy tilning xamma kurinishlari uchun xarakterli bo‘lsa, orfografiya va punktuatsiya normalari adabiy tilning fakat yozma shakli uchun, orfoepiya normalari esa og‘zaki shakli uchun xos bo‘ladi. Nutq madaniyati deganda mantikiy izchillikka va adabiy til normalariga rioya qilgan xolda to‘g‘ri, aniq, va yokimli suzlash tushuniladi. Nutq qanchalik to‘g‘ri va aniq bo‘lsa, u shunchalik tushunarli bo‘ladi; nutq qanchalik yokimli va ifodali bo‘lsa, u tinglovchiga (ukuvchiga) shunchalik kuchli ta’sir etadi. To‘g‘ri, aniq va yokimli gapirish uchun til boyliklarida mazmunga mos zarur suzni tanlay olish, suzni urinsiz takrorlamaslik (leksik normalarga rioya qilish), suz shaklini va gap turini to‘g‘ri kullash (grammatik normalarni va qoidalarni yaxshi bilish), uslub birligini saqlash (uslubiy normalarga rioya qilish), Nutqning ta’sirchan bo‘lishini ta’minlash og‘zaki Nutqda orfoepiya, yozma Nutqda esa to‘g‘ri yozish qoidalariga rioya qilish) lozim. Tilning soflini, mazmunning aniqligi va ta’sirchanligi uchun kurash madaniyat Quroli uchun kurashdir. Bu Qurol qanchalik utkir, maqsadga kanchali aniq yunalgan bo‘lsa, u shunchalik g‘olib bo‘ladi. Nutqda odamlarning karashlari, sayi-xarakatlari, e’tikodlariga ta’sir etadi. Aytilayotgan suz to‘g‘riligicha, uning pand-nasixatlariga amal qilish zarurligiga ishonch paydo kildi. Nutqda odamning sifat va fazilatlari-xushfe’lligi yoki badfe’lligi, samimiyligi yoki toshyurakligi, muloyimligi yoki ko‘polligi, jasurligi yoki jur’atsizligi aks etadi. Nutq og‘zaki va yozma kurinishlarga esa. Nutqning bu shakllari, avvalo, u yoki bu til vositasida vujudga kelib, ular grammatik tuzilishi, bayon usuli bilan bir-biridan farq qiladi. Og‘zaki Nutq. Xar qanday ishning yechimi na fakat bilish, balki kommunikativ jarayon xamdir. Agar bilish tomoni ko‘pincha yozma nutq shaklida gavdalantirilsa, kommunikativ jarayon esa asosan og‘zaki nutq bilan bog‘liqdir. Og‘zaki nutq rasmiy vaziyatda (turmush vaziyati, uy sharoitidan farqli ularok) ikki yoki bir necha kishi o‘rtasidagi gaplashuv (dialog yoki monolog) sifatida kurinadi. Jonli aloqaning soddaligi og‘zaki nutqning birmuncha tartibsizlikka olib keladi: odam bir vaqtning o‘zida xam fikrlaydi, xam gapiradi, suzlarni puxta tanlash uchun unda deyarli imkoniyat yo‘q, fikrni idodalash shakli xam uni unchalik tashvishlantirmaydi - agar suxbatdoshi tushunmasa qayta surashiga ishonadi, buning ustiga og‘zaki aloqa paytida ko‘pincha imo-ishora, mimika, ba’zan esa gapiruvchilarning nazar doirasida bo‘lgan ashyolar xam "yordam beradi". Xatto oldindan tayyorlangan og‘zaki nutq suzlashayotgan paytda gapirayotgan kishi uzini qayta tiklab, nutqini "tabiiy" yo‘lga yo‘naltirayotganda tuzilgan aniq vaziyat tufayli qator uzgartirishlarga duch kelishi mumkin. Notiqlik san’ati kuxna san’atlardan biri. Bu san’atda tarixiy davr va jamiyat xayoti aks etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy xayot uz ifodasini topgan. Tarakkiyot va tanazzul davolari bo‘lgan. Ovropada yunon, Sharkda Xitoy, Xind, islom notiqlik san’atlari tarakkiyot etgan. Jamiyat xayotining xamma jabxalarida notiqlik san’ati mavjud. Notiklar - raxbarlar, dindorlar, muallimlar, huquq xodimlari va boshqalar. Notiqlik san’ati ijtimoiy mavqe jixatdan kuidagi guruhlarga bo‘linadi: I. Ijtimoiy-siyosiy notiqlik: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy mavzudagi ma’ruzalar; xisobot ma’ruzalari; siyosiy nutqlar; diplomatik nutqlar; miting nutqlari; xarbiy mavzudagi nutqlar; ilmiy-ommabop nutqlar; targ‘ibot nutqlari; siyosiy sharxlar. II. Ilmiy (akademik) notiqlik: ukuv ma’ruzalari; ilmiy ma’ruzalar; ilmiy axborotlar; ilmiy sharxlar. III. Sud notikligi: koralovchi (prokuror) nutqi; oklovchi (advokat) nutqi; uz-uzini himoya qilish nutqi. IV. Ijtimoiy-maishiy notiqlik: maddiya (yubiley, bagishlov) nutqlari; ta’ziya (motam) nutqi; tabrik-kutlov nutqi. V. Diniy notikli: xutba (juma va xayit nomozida diniy arbob nutqi) va’z (keng ommaga muljallangan badiiy-emotsional nutq). Nutq madiniyati ancha sertarmok, murakkab vokelik. Nutq madaniyati tushunchasi til grammatikasining barcha qonun-qoidalarini, adabiy talaffuz normalarining majmuasidan iborat bo‘lgan orfoepik qoidalarni, talaffuz masalalarini, bilim, madaniy saviya va axloqiy karashlar kabi juda ko‘p soxalarni uz uchiga oladi. Sodda, xar bir konkret vaziyatda tushunarli bo‘lgan, adabiy talaffuz normalariga mos keluvchi aniq va ravon nutqni madaniyatli nutq deyish mumkin. Birok aniqlik, soddalik, tushunarlilik xodisalarining uzi xam nisbiy xarakterga ega. Ana shundan nutq madaniyati xodisasiga xos bo‘lgan xususiyat, ya’ni nutq madaniyatining kasb-kor bilar, aniqrogi, nutq madaniyatining turli soxalar bilan aloqador bo‘lgan xususiyati kelib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, nutq madaniyatining uzi, og‘zaki ma’noda xam, yozma ma’noda xam bir necha kurinishga bo‘linadi. Ulardan eng muximlari: 1) ommaviy nutq madaniyati; 2) kasb-kor nutq madaniyati; 3) saxna nutqi madaniyati. Ana shu xar bir soxaning uzi tarkiban yana bir talay xususiyatlarga egaki, ularning xar biri xam ayrim-ayrim muloxaza yuritishni takozo etadi. Xush, nutq madaniyatining kasb-kor bilan aloqador bo‘lgan xususiyati yoki nutq madaniyatidagi ana shu kurinishning tabiati qanday? Telefonda suzlashishning uziga xos madaniyati, odobi, qoidalari borki, kundalik xayotda bunga xamisha xam amal qilavermaymiz. Aytaylik, birok joyga telefon kilmokchisiz. Shunda birinchi galda sizga nima kerak bo‘ladi? Albatta usha joydagi telefon raqamida. Nega xammaga ayon bu oddin xakikatni eslayapsiz deysizmi? Xullas, notiqlik san’ati- nutq madinyati, suzlashish odobining muxim tarkibiy qismidir. Yaxshi nutq - kobiliyatlilik va iste’dodlilik nishonasidir. Raxbar faoliyatida majorali holatlar va ularni hal etish usullari. Tadbirkor raxbar faoliyatida xar xil ziddiyat (konflikt)lar va mojorolar uchrab turadi. Mexnat shart-sharoitlari, mexnat natijalari, moddiy va ma’naviy extiyojlarning kondirilmasligi, mexnatdan konikmaslik tufayli tadbirkor raxbar va xodimlar o‘rtasida ziddiyatlar va mojarolar kelib chiqadi. Bu yerda tadbirkor raxbar bilan xodimlar o‘rtasidagi va shaxslararo ziddiyatlarni fikrlash kerak. Bu xollardagi ziddiyatlarning bir necha sabablari mavjud. 1. Moddiy-texnik sabablar - mexnat vositalari bilan mexnat jarayonlari, shart-sharoitlari o‘rtasidagi ziddiyatlar. Asbob-uskunalar, jixozlar eskiligi uchun mexnat sharoiti yomon, mexnat unumdorligi past va xokazo. Bular xodimlarga gamxurlik qilishga tusik, moddiy va ma’naviy extiyojlar kondirilmasligiga sabab bo‘ladi. 2. Xo‘jalik-tashkiliy sabablar - mexnat natijalarini to‘g‘ri baxolamaslik, mexnatni to‘g‘ri taxsimlamaslik. Bular xodimlarga norozilik tugdiradi. 3. Ijtimoiy-kasbiy sabablar - xodimlarning bilimi, malakasi va kasbmaxoratini nazar-pisand etmaslik, xodimdan uz urnida foydalanmaslik, mexnat qonunchiligiga amal kilmaslik. 4. Ijtimoiy-demografik sabablar-xodimlarning yoshi, jinsi, millati, ma’lumoti kabi omillarni, oilaviy sharoitlarini inobatga olmaslik. 5.Ijtimoiy-psixologik sabab-xodimlar faoliyatidan yakkol kuzga tashlanadigan yaxshi va yomon xulklarini, koblyati, kizikishlari, xotirasi, tafakkuri, xis-tuygusi kabi ruxiy xolatlar bilan xisoblashmaslik. Tadbirkor raxbar faoliyatida kul ostidagilar bilan mulokat-muomilada xam ziddiyatli xolatlar ruy beradi. Bunda tadbirkor raxbarning yoki xodimning kalondimogligi, muomila madaniyatining pastligi, kizikkon-jizzakiligi, kurs-ko‘polligi, tundligi va boshqalar sabab bo‘ladi. Xodimning dangasaligi, yalkovligi, maxtanchogligi, loqaydligi, beparvoligi kabi yomon xislatlar xam ba’zan ziddiyatlartugdiradi. Tadbirkor raxbar va xodimlar o‘rtasidagi ruxiy-psixologik ziddiyatlar kelib chiqishi uch xolatda yakkol kuzga tashlanadi: 1) mexnat jarayoninig noto‘g‘ri uyushtirilishi; 2) shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murakkabligi; 3) jamoa a’zosining shaxsiy uziga xosligi. Tadbirkor raxbarning xar qanday ziddiyat va majorani bartaraf etish yo‘llari: 1. Majoroning kelib chiqish sabablarini aniqlashi va uning utkirlashishiga yo‘l kuymaslik uchun chora-tadbirlar kurishi. 2. Majorali vaziyatni yumshatishi-ziddiyatga borgan kishilar bilan oshkora suxbat va ular sonini kamaytirish choralarini izlashi. 3. Vaziyatni tula idrok etishi uzlashtirishi - “axvol”ning xujayini bo‘lib olishi va qat’iy chora kurishi. 4. Majoro va uning ayni vaziyatlarini chuqur taxlil qilishi: a) majoralashayotgan tomonlar va guvoxlar aloxida suxbatlashishi; b) ularning maqsadi, kizikishlari, xulk-atvori, kasbi, tajribasi, turmush sharoiti va boshqa ruxiy-ma’naviy jixatlarni urganish; v) majorali vaziyatning sabablari, nima masalada ekani, unga jamoaning munosabatini aniqlashi; g) majora xakidagi xar xil axborotlarni asli bilan solishtirish; 5. Majorani xal etishning xar xil usullarini ishlab chiqilishi va taxlil qilishi. 6. Majorani xal etishning eng kulay usuli, shakli, vositasi va sharoitlarini tanlash. 7. Tanlangan usullarni jamoaning tarbiyasi, mexnat vazifalari, maqsadlari bilan kiyoslanib, toroziga solib kurishi. 8. Tanlangan va tekshirilgan usulni qo‘llab majorani bartaraf etish. 9. Majora bartaraf etilganidan xammani xabardor qilish. 10. Majora keltirib chiqargan tomonning no haqligi isbotlangandan sung ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi va boshqalar. Xullas, bozor iqtisodiyoti sharoitida xar kaysi bugindagi tadbirkor shuni tushunib yetmogi kerakki, xar qanday sharoitda xam insonga gamxurlik qilish, inson ruxiy xolatini barqaror etishga qaratilgan jarayonlarni tashkil etish va younaltirish, jamoaning xar bir a’zosini mexnatdan moddiy va ma’naviy konikish xosil qilishiga erishtirish uning zimmasidagi mukaddas vazifadir. Download 84.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling