Biznes reja Uy sharoitida poliz ekinlaridan konserva mahsulotlarini tayyorlash
Download 4.68 Kb.
|
Biznes reja Uy sharoitida poliz ekinlaridan konserva mahsulotlar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harajatlar
- Daromad
- Sof foyda
Biznes reja Uy sharoitida poliz ekinlaridan konserva mahsulotlarini tayyorlash Biznes rejaUy sharoitida poliz ekinlaridan konserva mahsulotlarini tayyorlashTayyorladi: Ergashev TemurmalikMening biznes rejam uy sharoitida poliz ekinlaridan konserva mahsulotlarini tayyorlab foyda olishdan iborat Ushbu biznes rejani deyarli harajatsiz boshlab olish mumkin. Bizdan faqat bir muncha vaqt va samarali mehnat talab etiladi. Bizning mahsulotimiz yuqori foyda bilan sotiladi, buning sababi mahsulot tayyor bo’lgunga qadar ko’p harajat talab etilmaydi Birinchi navbatda hovlimizda poliz mahsulotlarni yetishtirish uchun sharoit tayyorlashimiz lozim va turli xildagi poliz ko’chatlarini ekamiz. Masalan: Pomidor Bodring Baqlajon Sarimsoq Piyoz Bulg’or qalampiri va h.k Ular yetishtirish jarayonida bizdan ozgina vaqt va mehnat talab etiladi. (2-3 oy) Sabzavotlar tayyor bo’lgandan so’ng ularni yig’ib konserva tayyorlashga o’tamiz. Tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat: Katta hajmli qozonga konserva turiga qarab (sabzi, pomidor, bodring, karam va h.k) larni solamiz va qaynatamiz Mahsulotimiz tayyor bo’lgach uni turli hajmdagi (1- 1,5-2 litrli) shisha idish (banka) larga joylaymiz va 1 kun davomida sovutib qo’yamiz Ana endi esa rejamizning asosiy qismi tayyor mahsulotlarimizni sotish yo’li. Xo’sh mahsulotimizni xaridorlari kimlar? Asosan istiqomad qilayotgan joyimizdagi turli do’kon va marketlar Yana bir usuli litsenziya olib tadbirkor sifatida bevosita mahsulotlarimizni bozor orqali sotishimiz ham mumkin Harajatlar
DaromadO’rtacha 100 dona pomidor ko’chatidan 300 kilogramgacha hosil olsa bo’ladi. 1 dona konserva bankasiga (1 litr) 700 gr pomidor ketsin deylik. 300 kg pomidor bankasidan 400 dona konserva bankasi tayyorlash mumkin. 1 dona konserva bankasini optom narxda 8000 so’mdan sotsak 3 million so’m daromad olamiz. Bu hozircha pomidordan olingan daromad
Sof foydaYuqorida hosil olish uchun ketgan harajatlar 542 000 so’mni tashkil qildi ( ketgan vaqt va inson qo’l mehnati yordamida). Ketgan vaqt davomida tayyorlagan konserva mahsulotlarimizdan kelgan daromad 7 900 000 so’mni tashkil etdi. Demak sof foydamiz 7 358 000 so’mni tashkil etdi. Ushbu biznes reja bir mavsum uchun mo’ljallangan http://fayllar.org Download 4.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling