Biznes rejaning ishlab chiqarish bo’limi


Download 345.31 Kb.
bet3/3
Sana22.04.2023
Hajmi345.31 Kb.
#1377439
1   2   3
Bog'liq
Makhmudov Saydaliyev

Ishlab chiqarish
texnologiyasi va texnologik
jixozlarni tanlash.
3
Texnologik jarayon – ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo’lib, mehnat mahsulini (xom ashyo, material va yarim tayyor mahsulotlar) o’zgartirishga qaratilgan maqsadli o’zaro bog’liq bo’lgan harakatlar yig’indisidir. Ishlab chiqarish texnologiyasi o’z ichiga texnologik jarayonlar, texnologik jixozlar, asbob, uskuna va moslamalar, ularni bir biri bilan bog’lovchi elementlar, texnologik jarayonlarda ishlatiladigan asosiy va yordamchi materiallar hamda ularning xarajat me’yorlari, asosiy va yordamchi ishlovchilar, maxsulot birligiga sarf bo’ladigan vaqt me’yorlari ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanilayotgan usullar va jihozlar nuqtai nazaridan texnologik jarayonlar quyidagi turlarga bo’linadi:
  • Donabay texnologik jarayon – bir tur va o’lchamdagi mahsulotni ishlab chiqish yoki ta’mirlash uchun tayyorlangan texnologik jarayon;
  • Tipaviy texnologik jarayon – konstruktiv va texnologik jixatlari umumiy bo’lgan mahsulotlar uchun tuziladigan texnologik jarayon (masalan, turli o’lchamdagi avtomobil disklari ishlab chiqishda texnologik jarayonlari va konstruktsiyasi bir hil bo’lgan xolat);
  • Guruxli texnologik jarayon – konstruktiv jixatlari turlicha va texnologik jixatlari umumiy bo’lgan mahsulotlar uchun tuziladigan texnologik jarayon (masalan, podshipnik ishlab chiqarish korxonalarida teexnologik jarayonlar ketma-ketligi bir xil, lekin podshipniklar konstruktsiyasi turlicha bo’lgan xolat).
  • Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni ishlab chiqishdan avval texnologik jixozlarni tanlab olinishi kerak. Buning uchun loyiha bajaruvchilari loyihalanayotgan ishlab chiqarish yuqorida keltirilgan mezonlardan qaysi biriga to’g’ri kelishini aniqlab olishi lozim. SHu xulosalar asosida dastgohlar universal yoki maxsus, avtomatlashtirilgan yoki qo’lda boshqariluvchan, yuqori unumdor yoki unumdorligi past bo’lgan jixozlar tanlanadi. O’z navbatida tanlanayotgan jixozlar qiymati ham yuqoridagi mezonlardan kelib chiqib turlicha bo’ladi.
  • Bo’limda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kommunikatsiyalar mavjudligi (tayyor bino va inshootlardan foydalanilgan taqdirda) yoki loyihalanishi zaruriyati ham ko’rib chiqiladi. Bunda agar mavjud bo’lgan bino inshootlardan foydalanilgan holat bo’lsa, mavjud bino va kommunikatsiya tarmoqlari texnik jixatdan tahlil qilinadi. Texnik imkoniyatlar yetmagan holda qaysi tarmoqlarni rivojlantirish yoki o’zgartirish xaqida qaror qabul qilinadi.
  • Bino va inshootlar mavjud bo’lmagan holatda ishlab chiqilayotgan reja uchun yangi bino va inshootlar qurilishi nazarda tutiladi. Bunday hollarda loyihalanayotgan korxona uchun qancha ishlab chiqarish maydoni zarurligi, unga kerak bo’lgan elektr energiya, suv, tabiiy gaz, siqilgan havo, kanalizatsiya tashlamalari va boshqa manbalar zarur miqdori texnologik hisoblardan so’ng aniqlanadi.

Click here to add content of the text,and briefly explain your point of view. Click here to add content of the text。
Business Proposal
Summary Report
THANK YOU
Download 345.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling