Biznes subyektlarning bankrotligi. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Biznes faoliyatining mulkiy asoslari


Тashqi boshqaruv va kuzatuv institutini qo‘llash tartibi


Download 40.5 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1608282
1   2   3   4
Bog'liq
2 - mavzu

6.3. Тashqi boshqaruv va kuzatuv institutini qo‘llash tartibi

O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonuniga kuzatuv va sud sanatsiyasi kabi yangi institutlar alohida boblarda kiritilgan.


Kuzatuv institutining joriy etilishidan ko‘zlangan maqsad kreditorlar manfaatlarini himoya qilish, qarzdor mol-mulkini talon-toroj qilinishining oldini olish va qonunda belgilangan vakolatlarni amalga oshirishdan iborat. Kuzatuv bankrotlik to‘g‘ri¬sidagi ish qo‘zg‘atilganda xo‘jalik sudi qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishiga qabul qilingan sanadan e’tiboran joriy etiladi va bu haqda sud ajrimida ko‘rsatiladi.
Kuzatuv joriy etilgan paytdan boshlab mulkiy undiruvlar bo‘yicha ijro hujjatlarini ijro etish qonunda belgilangan tartibda to‘xtatib turiladi; qarzdor yuridik shaxsning muassis (ishtirokchi)lari uning tarkibidan chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mulkidan ulush (pay)ni ajratish haqidagi talablarini qondirish va emissiya qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va boshqa to‘lovlar to‘lash taqiqlanadi; muqobil bir xildagi talabni hisobga olish yo‘li bilan qarzdorning pul majburiyatlarini tugatishga, basharti bunda kreditorlarning talablarini qondirish navbati buzilsa, yo‘l qo‘yil¬maydi.
Kuzatuv joriy etilganda qarzdor boshqaruv organlari¬ning qonunda belgilangan ayrim vakolatlari cheklanadi. Masalan, qarzdorning boshqaruv organlari ko‘chmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish bilan yoki shu mol-mulkni boshqa usulda tasarruf etish va qarzdorning balans qiymati qarzdor aktivlari balans qiymatining o‘n foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadigan mol-mulkini tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlarni, zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafolat xatlari va kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan o‘zga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bog‘liq bitimlarni faqat muvaqqat boshqaruvchining yozma roziligiga binoan tuzishlari mumkin. Shuningdek, ular qarzdorni qayta tashkil etish va tugatish, yuridik shaxsni tuzish yoki boshqa yuridik shaxsning ishtiroki, vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish, dividendlar to‘lash yoki qarzdor-ning daromadi (foydasi)ni uning muassislari (ishtirok¬chilari) o‘rtasida taqsimlash, qarzdor tomonidan obligatsiya¬lar va boshqa emissiya qog‘ozlarini (aksiyalardan tashqari) joylashtirish, ilgari chiqarilgan aksiyalarni aksiyadorlar¬dan sotib olish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilishga haqli emas.
Kuzatuv joriy etilishi munosabati bilan xo‘jalik sudining ajrimi bilan muvaqqat boshqaruvchi tayinlanadi. Uning huquq va majburiyatlari qonunda aniq belgilab qo‘yilgan. Jumladan, muvaqqat boshqaruvchi qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishi, uning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi, kredi¬torlarni aniqlashi, kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi, qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilgani haqida kreditor¬larni xabardor qilishi, kreditorlarning birinchi yig‘ili¬shini chaqirishi va o‘tkazishi shart.
Kreditorlarning birinchi yig‘ilishi vakolatiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:
•sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish, yoxud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilish;
•kreditorlar qo‘mitasining miqdoriy tarkibi, uning a’zolarini saylash;
•sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining, tashqi boshqaruvchi¬ning yoki tugatuvchi boshqaruvchining nomzodlarini ma’qul¬lash to‘g‘risidagi qarorlar.
Xo‘jalik sudi tomonidan qarzdor bankrot deb topilganda va tugatishga doir ish yuritish boshlangan yoki sud sanatsiyasi yoxud tashqi boshqaruv joriy etilgan, yoki kelishuv bitimi tasdiqlangan paytdan e’tiboran kuzatuv tugatiladi.
Тashqi boshqaruv — xo‘jalik sudi tomonidan yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
Kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi, mol-mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha esa bankrot¬lik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining arizasi asosida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyatlari aniqlangan hollarda xo‘jalik sudi tomonidan o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha bo‘lgan muddatga joriy etildi.
Тashqi boshqaruv joriy etish taomilining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, shu paytdan boshlab qarzdorning rahbari o‘z vazifalarini bajarishdan chetlashtiriladi, qarzdorning ishlarini boshqarish tashqi boshqaruvchining zimmasiga yuklatiladi, qarzdorning boshqaruv organlari vakolatlari tugatiladi. Kreditor¬larning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari ko‘rilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi, qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida qo‘llaniladi, qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar yuzasidan kreditorlar talablarining qon¬dirilishiga nisbatan mora¬toriy joriy qilinadi.
Тashqi boshqaruvchi xo‘jalik sudi tomonidan tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir paytda tayinlanadi va bu to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Buning imkoni bo‘lmasa, xo‘jalik sudi tashqi boshqa¬ruvchini tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida tayin¬laydi. Тashqi boshqaruvchi tayinlanganidan bir oylik muddat ichida tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqib, tas¬diqlash uchun kreditorlar yig‘ilishiga taqdim etadi.
Xo‘jalik sudi kreditorlar yig‘ilishining tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilinib, unda belgilangan tashqi boshqaruv muddati dastlabki muddatdan ortiq bo‘lganda, agar tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish yoki tashqi boshqaruvning tasdiqlangan rejasini amalga oshirish qarzdor to‘lov qobiliyatining tiklanishiga olib kelishiga yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Тashqi boshqaruv rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash yuzasidan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutiladi:
•ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish;
•norentabel ishlab chiqarishlarni yopish;
•debitorlik qarzlarini undirish;
•qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish;
•qarzdorning talabidan o‘zganing foydasiga voz kechish; 
•uchinchi shaxslarning qarzdorning majburiyatlarini baja¬rishi;
•qarzdorning qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish;
•qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish;
•qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish.
Тashqi boshqaruvchining kreditorlar yig‘ilishi tomo¬nidan ko‘rib chiqilgan hisoboti va kreditorlar yig‘ilishi¬ning bayonnomasi kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan sanadan keyin besh kundan kechik¬tirilmasdan xo‘jalik sudiga yuboriladi. Hisobot va bu yuzasidan kreditorlarning shikoyatlari xo‘jalik sudi tomonidan majlisda ko‘rib chiqiladi.
Xo‘jalik sudi kreditorlar yig‘ilishining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnomasi bo‘lganda, shuningdek, tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlash rad etilganda yoki hisobot tashqi boshqa¬ruvning belgilangan muddati tugagan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida taqdim etilmaganda, yoxud hisobotni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud tomonidan biron-bir qaror qabul qilin¬magan bo‘lsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bu qarorda, shu¬ningdek, tashqi boshqaruvchini tayinlagan tartibda tugatish bosh¬qaruvchisini tayinlaydi.


Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling