Biznesda buhgalteriya hisobi fani
Download 22.85 Kb.
|
1 2
Bog'liqABDUSATTOR0
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTINING ANDIJON FAKULTETI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO’NALISHI 2-KURS 2-GURUH TALABASI YOQUBJONOV ABDUSATTORNING BIZNESDA BUHGALTERIYA HISOBI FANIDEMOGRAFIK OMILLAR VA UNING BIZNESGA TA’SIRI MAVZUSIDAN TAYYORLAGAN REFERATI REJA Demografik omillar Demografik omillar va uning biznesga ta’siri. Demografik omillar Bu aholi sonini, zichligini, tarqalishini va o’sish sur’atini anglatadi. Masalan, aholi soni yuqori bo’lgan va aholining katta qismini bolalar tashkil etadigan mamlakatda bolalar mahsulotlariga talab yuqori. Shaharlarda odamlarning talabi qishloqdagilarnikidan farq qiladi. Boshqa tomondan, aholi sonining yuqori bo’lishi ishchi kuchining osonligini ko’rsatadi. Bu kompaniyalarni ko’p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarish texnikasidan foydalanishga undaydi. Kishilar har doim cheklangan resurslar sharoitila o’z extiyojlarini to’laroq qondirish uchun mahsulot va xizmatlarni yaratib, ularni iste’mol etishga intilib kelishgan. Ishlab chikdrishning iste’molga xizmat qilishi umumiqtisodiy, umuminsoniy xarakterga ega. Bu barcha iqtisodiy tizimlarda sakdanib qoladi, biroq har xil usulda va darajada amalga oshadi. Bozor tizimi iste’molni ta’minlashning eng samarali usullarini yaratadi. Xozirgi zamon bozor iqtisodiyotining muxim belgisi, bu uning aniq ijtimoiy yunalishga ega bo’lishi. Ijtimoiylik iqtisodiy faol, ko’pchilikni tashkil etuvchi aholining farovonliginn ta’minlash zarurligini va u yaratgan daromad hisobidan muxtojlarga yordam berilishini bildiradi. Ijtimoiylikning ildizi davlatning mavjudligida emas, balki bozor iqtisodiyotining ichki mexanizmlarida joylashgan, uni bozorning qonunlari yuzaga chiqaradi. Davlatning roliga kelsaq u iktisodiyot ijtimoiyligini kuchaytiradi xolos, lekin uni yaratmaydi. Bozor tizimining o’z utmishdoshlaridan afzalligi xam shundaki, u ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko’paytirib, uning iste’mol bilan bog’lanishiga muntazam tuye beradi, chunki buni ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmlar ishlab turadi. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining tayanch nuqtasi, uning maqsadi foydani maksimumlashtirish hisoblanadi, biroq ixtisodiy vaziyat shunday bo’ladiki, kishilarga kerak tovarlarni ishlab chiqarmay turib foydaga erishib bo’lmaydi. Mana shunday bog’lanishni talab va taklif qonuni yuzaga keltiradi va bu bozor muvozanatida o’z ifodasini topadi, chunki muvozanat chog’ida iste’molchi kerakli tovarlarni bozordan o’ziga ma’kul narxda xarid qilib o’z extiyojini qondira oladi. Talab va taklif qonunining amal qilishi tufayli tovarlarni qimmat narxda va oz mikdorda sotgandan ko’ra, ularni arzon narx bilan va ko’p sotish afzal bo’ladi, chunki bu foyda mikdorini maksimumlashtirishga xizmat kiladi. Marginal naflilik qonuni ham ishlab chiqarishni iste’molga bo’ysundiradi. Bozor to’yingan sari qo’shimcha sotiladigan tovarning xaridor uchun nafliligining pasayishiga moyil bo’lishi bozor suyadigan tovarlarni yangidan ishlab chiqarishga undaydi. Nafliligi yuqori tovarlarga talab oshsa, nafliligi past tovarlarga talab kamayadi. Binobarin, ishlab chiqarishda nafliligi yuqori tovarlarni yaratish foydani ko’p olishga, nafliligi past tovarlarni taklif etish foydani kamayishiga va hatto zarar ko’rishga olib keladi. Mana shunday sharoitda bozor mexanizmi nafliligi pasaygan tovarlardan voz kechib, nafliligi yuqori tovarlarni ishlab chiqarishga undaydi. XXI asrga kelib yer yuzida bozorga deyarli 30 mln. xar xil tovarlar taklif etildiki, bu kishilar uchun tovarlarni tanlab iste’mol etish imkonini g’oyat kengaytiradi. Bozor mexanizmi naflilik va tovar narxining bir-biriga mosligini ta’minlagan xdlda xaridorning iste’molini maksimumlashtiradi. Bunga tovarlarni muqobil tanlash orqali erishiladi. Shu sababli bozorda xaridor izmi ustuvorlik qiladi. Ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar pulini ko’proq olish uchun uning tanloviga qaraydilar. Tanlov esa afzal ko’rish qoidasiga asoslanadiki, bunga ko’ra iste’molchilar ma’lum gurux, tovarlarga o’z iste’molida ustuvorlik beradilar. Iqtisodiyotning ijtimoiy yo’nalishini raqobat qonuni ham ta’minlaydi. Raqobatning mavjudligi ishlab chikaruvchilarga tinchlik bermaydi, raqobatda yengilmaslik va bozorda jon saqlash uchun ular bozorga tovarlarni ko’plab va iste’molchiga ma’qul narxda taklif etadilar. Bu bilan iqtisodiyotning ijtimoiyligiga erishiladi Bozor mexanizmining o’zi iqtisodiyotning ijtimoiyligini iqtisodiy faol aholiga, ya’ni ishlab pul topadiganlarga nisbatan ta’minlaydi. Bozor qoidasiga ko’ra har bir harakat qilgan kishi ishlab topganini o’zi oladi, shu bois boqimandalik inkor etiladi. Xar bir mehnatga layoqatli kishi o’zi va o’z oilasi farovonligini ishlab topgani darajasida ta’minlashiga talab qo’yiladi. Bozor tizimida hamma qo’lidan ish keladiganlar o’zini-o’zi boqishi kerak. Bundan faqat mehnatga layokatsiz kishilargina mustasno etiladi. Bozor mexanizmi kishilarni o’z farovonligini ta’minlash uchun yaxshi ishlashga majburlaydi. Bu uning ijobiy ma’nodagi shafqatsizligini bildiradi. Bozor iqtisodiyotining ijtimoiyligi, uning darajasiga karab har xil amalga oshadi. Buning sababi, iste’molning ishlab chiqarishga bevosita bog’liq bo’lishidir. Bas shunday ekan, jamiyat rivojlanishi uchun uning iste’moli ishlab chiqarilgan ne’matlar mikdoriga monand bo’lishi zarur. Download 22.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling