Бизнесда мулк тушунчаси ва мулкчилик шакллари


Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jaraeni


Download 70 Kb.
bet2/4
Sana22.12.2022
Hajmi70 Kb.
#1042803
1   2   3   4
Bog'liq
Biznesda mulk tushunchasi va mulkchilik shakllari

4.2.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jaraeni.
«Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni «Mulkchilik haqida»gi qonunni ruebga chiqarish uchun shart-sharoitni ta’minladi. 1993 yil 7 mayda «Mulkchilik to‘g‘risidagi qonunga uzgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunda mustaxkamlanib qo‘yilgan qonunga muvofiq faqat jismoniy shaxslargina emas, balki nodavlat yuridik shaxslar xam mulk huquqining sub’ektlari deb e’tirof etiladi.
Xususiylashtirishning bir necha yo‘llari mavjud:

  1. davlat Korxonalarni aksionerlik jamiyatiga aylantirish;

  2. ijaraga olingan davlat Korxonalarini jamoa mulkiga aylantirish;

  3. davlat mulkini fuqarolarga bepul berish;

  4. davlat mulkini ma’suliyatni uz zimmasiga oladigan mulk soxibiga berish;

  5. davlat mulkini chet el fuqarolariga berish;

  6. davlat mulkini auksionda sotish orqali amalga oshirish mumkin.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish-shurolar iqtisodiy tizimini sindirib, uning asoratlarini bartaraf etish va erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishining eng samarali yo‘llaridan biri. Bu tadbir xususiylashtirish jaraeni bilan mantikan boglangan tushuncha bo‘lib, davlatga oid tashkilot, Biznes faoliyati, muassasalarni hamda birlashmalarni davlat tasarrufidan, ya’ni davlat ixtieridan chiqarib, xususiy mulk egalariga bo‘lib berish, aniqrogi, uni sotish tushuniladi. Davlat tasarrufidan chiqarish-yangi boshqaruv tuzilmalarini barpo etish demakdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 1994 yilning mart oyida «O‘zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jaraenlarini chuqurlashtirish bo‘yicha davlat dasturi»ni tasdikladi.
Dastur bo‘yicha:
1)Ular xususiylashtirishning Respublika dasturlarining ustivor yunalishlarini hisobga olgan xolda ishlab chiqarilishi kerak.
2) Xususiylashtirishning mintakaviy va tarmok dasturlari asosiy qoidalarini amalga oshirish, qonun bo‘yicha mintakada yeki tarmoqda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish uchun mas’ul bo‘lgan bulinmalar va mansabdor shaxslarning ma’suliyat tartibi asosida tezkor va sifatli bajarilishi kerak.

  1. Xususiylashtirishning mintakaviy va tarmok dasturlari asosiy qoidalarini amalga oshirish qonun bo‘yicha mintakada yoki tarmoqda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish uchun mas’ul bo‘lgan bulinmalar va mansabdor shaxslarning mas’uliyat tartibi asosida operativ va sifatli bajarilishi kerak.

Istalgan tarmokni davlat tasarrufidan chiqarish konsepsiyasi, mamlakatdagi haqikiy iqtisodiy axvolni va uning xususiyatini hisobga olgan xolda ishlab chiqiladi.Bunda boshqa davlatlarda bo‘lib o‘tkan iqtisodiy tanglik davrlari inobatga olinadi. Tovar-pul mutanosibligiga, asosan, davlat mulkining bir qismini sotish, shuningdek, byudjet va kredit siesatini uzgartirish bilan erishish mumkin. Davlat samarasiz ishlab chiqarishlarni qo‘llab-kuvvatlashdan voz kechib, bu bilan chuqur tuzilmaviy o‘zgarishlar uchun shart-sharoit yaratib berishi kerak. Mulkiy tabaqalanishni cheklovchi va ishlab chiqarish investitsiyalarini ragbatlantiruvchi soliq islohati davlat tasarrufidan chiqarish keng tus olishidan oldinrok amalga oshirilishi kerak. Huquqiy shaxslar va fuqarolarning, shu jumladan, xorijiy fuqarolarning qonun bilan taqiqlanmagan xar qanday xo‘jalik faoliyatida tenglik e’lon qilinadi. Huquqiy shaxslar va fuqarolarning xech istisnosiz, davlat mulki hisoblanadigan mulk turlaridan tashqari, xar qanday mulk turiga, shu jumladan, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish huquqi kafolatlangan.



Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling