Biznesga kirish


Biznes obyektlari va subyektlari


Download 74.5 Kb.
bet3/4
Sana21.09.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1683975
1   2   3   4
Bog'liq
BIZNES FAOLIYATI

3. Biznes obyektlari va subyektlari
Tadbirkorlik shaklini biznes obyektlari belgilaydi.
Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, biznes subyektlari bu siz bilan biz, biznes obyeketlari gugurt, sigaret, sakichlardan tortib samolyot dengiz kemalarigacha bo’lgan narsalarni xammasi. Mana shu narsalarni ishlab chiqarish va realizasiya qilish ishlab chiqarish shaklidagi biznesni tashkil etadi, ishlab chiqaruvchilardan olib sotish bu tijorat biznesdir.
Biznes obyekti va subyekti tizim sifatida faoliyat ko’rsatib borishida mulkchilik va mulkka bo’lgan munosabat katta rol uynaydi.
Biznes bu shunchaki bir ishtiyok emas, erkalik yoki boylik keltiradigan manba xam emas, avvalo tinimsiz mexnat, mashakkatli ishdir.
Inson olim, konstruktor, shifokor, yozuvchi va xakozo bo’lib tu\ilmaganidek xech kim xam biznesmen bo’lib tu\ilmaydi, balki biznesmen bo’lib yetishib chiqadi. Lekin buning uchun men falonchi bulaman degan niyat qilishi, ukishi, urganshi, maksadi sari intilishi, o’z ustida ishlashi va atrofidagi muxit kulay va unda imkon bo’lishi kerak.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda fond bozorlarini shakllantirish jarayonlari bo‘yicha jahon tajribasiga ko‘ra, mazkurbozorning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan investitsion infratuzilmaning o‘z vaqtida shakllantirilishiga bog‘liq.
O‘zbekiston fond bozori shakllanishining xususiyati shundan iboratki,fond bozorida faoliyat yurituvchi emitentlar va investorlar kapitalbozorining imkoniyatlariga yaqin yillardan boshlab tushuna boshlamoqda vaulardan foydalanishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, bu ikki toifaga xizmat qiluvchi vositachi tomon – ixtisoslashtirilgan infratuzilma institutlari fond aktivlari bilan ishlash amaliy tajribasi hali kam bo‘lib,ularning rivojlanish darajasi milliy iqtisodiyotning o‘sib boruvchi ehtiyojlaridan orqada qolmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek,“Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida etakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki,raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish vadiversifikasiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizasiya qilish va texnikyangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin” .
Shunday ekan, iqtisodiyotni isloh qilishning yangi bosqichi-modernizatsiyalash jarayonlarida, ham mulkchilik shakli, ham ishlab chiqarish munosabatlari bo‘yicha xo‘jalik yuritishning bir-biridan farqlanuvchi usullarinirag‘batlantirish zarurati yuzaga keladi. Korporativ boshqaruv biznesda odatda uzoq muddatli maqsadlarga erishish imkonini yaratadi hamda ushbu mexanizm orqali investorlar manfaatlarining yollanma menejerlar manfaatlari bilan o‘yg‘unlashishi sodirbo‘ladi.Potensial investorlar sinfini shakllantirish, investitsiyalarni kengko‘lamda jalb qilish orqaligina «biznesni, kapital to‘plashni kengaytirish» haqiqatda mumkinligini mahalliy mulkdorlar hali to‘la tushunibetmayotganligi mazkur tizim rivojlanishiga salbiy ta’sir etmoqda.

Korporativ boshqaruv jarayonida sub’ektlar harakatini ta’minlovchi asosiy vosita bu iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiruvch imexanizmlardir. Korporativ boshqaruv harakatini ta’minlovchimexanizmlarning mohiyati ko‘plab adabiyotlarda tahlil etilgan va iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy, motivatsion, siyosiy va tashkiliy mexanizmlardir. Ushbu mexanizmlar orqali ishtirokchi sub’etlar o‘zlarining manfaatlarini ro‘yobga chiqaradilar. Fikrimizcha, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning tahliliy natijalariga berilgan ta’riflar ularda mavjud muammoning echimi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning holatini, mavjud konunchilikni hamda jahonda tan olingan korporativ boshqaruv modellarining tamoyillarini boshqaruvdagi o‘rnini hisobga olgan holda berilgan. Biz ushbu keltirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, korporativ boshqaruvga ta’rif berishda hamda korporativ boshqaruvning nazariy-uslubiy shaklini tasvirlashda undagi afzal jihatlar, kamchilimlar va aksiyalarning xususiyatlari hamda milliy mentalitetni hisobga olishimiz zarur. Shu nuqtai nazardan, korporativ boshqaruv umumiy maqsad yo‘lida mulkiy va boshqaruv munosabatlar ishtirokchilari (menejerlar) harakatini ta’minlash orqali manfaatdor tomonlar (ishchi xodim, kreditor, davlatva boshq.) manfaatlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlovchi mexanizmlar majmuidir. Bunda har bir ishtirokchi aynan shu aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari xususiyatlarini, ijobiy jihatlari va kamchiliklarini hamda milliy va davlat manfaatlarini tushunib harakat qilishi muhimdir.





Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling