Biznesmen etiketi matnini o`qib, og`zaki so`zlab bering
-topshiriq. Konfutsiy ta’limoti asoslarini o’qing va muhokama qiling. Hayotiy vaziyatlar asosida misollar bilan mustahkamlang
Download 30.68 Kb.
|
Biznesmen etiketi matnini o`qib, og`zaki so`zlab bering-fayllar.org
4-topshiriq. Konfutsiy ta’limoti asoslarini o’qing va muhokama qiling. Hayotiy vaziyatlar asosida misollar bilan mustahkamlang.
Konfutsiy ta’limoti asoslari Etikaning oltin qoidasi: «O’zing uchun qilishni istamagan narsani boshqalar uchun ham qilma». «Sen o’zingni boshqalar tanishi uchun munosibmisan?» - shundangina bezovta bo’lsang arziydi. Oqil insonlar boshqa insonlar bilan kelishib yashaydilar, ammo, boshqalarning ortidan ko’r-ko’rona yurmaydilar, axmoqlar esa boshqalarga ko’r-ko’rona ergashadilar, ammo, ular bilan kelisha olmay yashaydilar. Oqil insonning qalbi sokin bo’ladi, boshqalar esa doimo bezovta bo’lib yashaydilar. Oqil inson o’z hayotida uch narsadan ehtiyot bo’lishi lozim: hayotiy kuchlar jo’shgan yoshlik chog’ida ayollarga elakishishdan, hayotiy kuchlari quvvatga kirgan yetilgan davrida raqobatdan va hayotiy quvvati so’nayotgan qarilik chog’ida qizg’anchiqlikdan. Oqil inson boshiga tushgan barcha ko’ngilsizliklarda o’zini ayblaydi, aqlsizlar esa boshqalarni ayblaydi. Oqil inson boshqalar bilan kelishib yashaydi, axmoqlar esa o’zlariga o’xshaganlarni izlab topadi. Oqil inson o’zining boshqalardan ustunligini biladi, ammo, buni o’zgalarga namoyish qilishdan qochadi. U barcha bilan kelishadi, ammo, xech kimsa bilan salbiy ma’noda tilbiriktirmaydi. Oqil inson juda ko’p ovqat eyish va boy yashashga intilmaydi, u ishni tez bajaradi va sokin so’zlashadi. Aqlli insonlar bilan muloqot qilganida esa, ulardan ko’proq o’rganishga harakatqiladi. Oqil inson boshqalarga o’zlaridagi afzalliklarni ko’rishga yordam beradi, ammo, insonlarning kamchiliklarini topishni o’rgatmaydi. Axmoqlar esa xuddi shuning teskarisini qiladilar. Oqil inson hamma narsadan burchni afzal ko’radi. Oqil inson chidam bilan imkoniyat axtaradi va bir narsaga erishadi, ahmoqlar esa harakatsizholda omadni kutib yuraveradilar. Oqil inson qiyinchiliklarga bardosh beradi, boshqalar esa boshiga qiyinchiliklar tushganida noma’qul ishlar qiladilar. Oqil inson lo’nda gapirib, aql bilan harakat qiladi. O’z burchini bilmagan shijoatli oqil inson qo’zg’olonchi bo’lishimumkin, o’z burchini bilmagan shijoatli axmoq inson esa qaroqchilik qilishi mumkin. Uyning shinam sharoitlariga bog’lanib qolgan erkakni chinakam oqil inson deb bo’lmaydi. Oqil inson faqatgina burchni biladi, boshqalar esa, foydanigina bilishadi. Hech nimani bilmagan inson farog’atda bo’ladi, chunki, u boshqalarga tushunarsiz bo’lib qolishdan qo’rqmaydi. Uydan tashqarida bo’lganingizda o’zingizni go’yo,hurmatli mehmonlarni qabul qilgandek tuting. Insonlar xizmatidan foydalanganingizda o’zingizni xuddi tantanali marosimdagidek tuting. O’zingiz istamaganlarni boshqalarga ham ravo ko’rmang. Xuddi shunda davlatda ham, oilada ham kelishmovchilik bo’lmaydi. O’zingizga qattiqqo’l va o’zgalarga yumshoq munosabatda bo’ling – shunda Siz o’zgalarning yomon munosabatida himoyalanasiz. Qadimda insonlar o’zlarini mukammallashtirish uchun bilim olganlar, hozir esa boshqalarni xayron qoldirish uchun o’qiydilar. Tartib bor mamlakatda harakatlarda va so’zlashishlarda botir bo’ling, tartib yo’q mamlakatda esa harakatlarda faol bo’ling, ammo, so’zlashishda ehtiyotkor bo’ling. Boshqalarni o’zingdek hurmat qilishga intilish va ular bilan o’zingizga qanday munosabat istasangiz, shunday munosabatda bo’lish – insonparvarlikning asosidir. O’zining bilmasligini bilgan holda bilim olishga intilgan kimsalargagina maslahatlar bering. O’zining orzulariniyaxshilabtushuntira olmaydigan kimsalarga yordam berishga harakat qiling. Kvadratning bir burchagini tushuna olib, qolgan uch burchagini tasavvur qila oladigan insonlargagina ta’lim berish maqsadga muvofiqdir. Atigi, ikki insondan iborat bo’lgan jamoada ham ulardan nimanidir o’rganish mumkin - ularning ijobiy tomonlarini o’zlashtirish va kamchiliklaridan ibrat olish lozim. Oqil inson yolg’iz qolmaydi, u albatta, o’z hamfikrlarini topadi. Oqil inson keng bilim doirasiga va katta ruhiy quvvatga ega bo’lib, uning ishi og’ir va yo’li uzoq bo’ladi. Hozirgi vaqtdagi eng birinchi xatoyingiz – o’zining ilgarigi xatolaringizni tuzatishga intilmasligingizdir. Agar, ishga juda ham berilib ketsangiz, rahbarning iltifotidan mahrum bo’lasiz, Agar, do’stlikda juda ham bag’ri kenglik qilsangiz, do’stlarning iltifotidan mahrumbo’lasiz. Agar, insondagi tarbiyani tabiiylik bosib ketsa, u yovvoyi bo’ladi, ammo,Agarda undagi tarbiyalilik tabiiylikni bosib ketsa, u yozma ma’lumotlarning bilimdoni bo’lib qoladi. Tabiiylik va tarbiyalilik muvozanatda bo’lgan kimsalargina haqiqiy oqil inson hisoblanishi mumkin. Agar, o’zing to’g’ri bo’lsang, barcha ko’rsatmalaringni buyruqsiz ham bajarishaveradi. Ammo, agar, o’zing ham egri bo’lsang, buyruq berilsa ham, ko’rsatmalar bajarilmaydi. Agarda, ezgu ishlar qilish imkoniyati bo’lsa, Hatto,, ustozni ham oldinga o’tkazib yubormang. Agar, senda yomon niyat bo’lmasa, yomon ish ham qilmaysan. Agarda, inson qat’iy, bir so’zli, oddiy va kamgap bo’lsa, u insoniylikka juda yaqinlashgan bo’ladi. Yomon narsa haqida shikoyat qilish – yomonlikni ikki marta ko’paytirishdir, uning ustidan kulish esa – uni yo’qotish bilan barobardir. Barcha jinoyatlar ichida eng og’iri – vijdonsizlikdir. Bema’ni so’zlar o`yini yaxshi ishlarni yo’qqa chiqaradi, mayda-chuyda jihatlarga e’tibor bermaslik esa buyuk ishlarni tugatadi. Haqiqiy inson barcha narsaga o’z kuchi bilan erishadi. Yoshlarga kamsitish bilan munosabatda bo’lish yaramaydi, chunki, ular katta bo’lganlarida buyuk insonlar bo’lib yetishishlari mumkin. Hech bir inson xato qilishdan xoli emas, uning qilgan xatolarini ko’rib, uning insoniylik darajasini bilish mumkin. Ishonchga sazovor bo’lmagan inson bilan biror ish qilish maqsadga muvofiq emas – chunki, o’qi yo’q aravada yurib bo’lmaydi. Agarda davlat aql bilan boshqarilsa, yetishmovchilik va kambag’allik uyat hisoblanadi, ammo,agarda, davlat aqlga muvofiq ravishda boshqarilmasa, boylik va obro`-e’tibor ham uyat hisoblanishilozim. Faqatgina, foyda olish uchun harakat qilish yomonlikni ko’paytiradi. Agar, so’zlashishni va so’zlar ma’nosini bilmasang, insonlarni tushuna olmaysan. Maqsadi bir bo’lmaganlar birgalikda reja tuzmaganlari ma’qul. Agarda, so’zlar o’z ma’nolarni yo’qotsalar, insonlar ozodlikni yo’qotadilar. Agar, kimdir o’z-o’zini anglay olmasa va biror-bir nimaga qattiq berilib ketsa – ko’rib turib, ko’rmaydi, eshitib turib, eshitmaydi va sezib turib, sezmaydi. Insonlar qadimda ko’p gapirishni yoqtirmaganlar, ular o’z so’zlariga javob bera olmasliklarini sharmandalik deb tushunganlar. Insonlar kambag’allikdan va hech kim ularni tanimasligidan qo’rqadilar; ammo,agar, unisidan ham, bunisidan ham qutulishning imkoni bo’lmasa, u holda bunga ko’nikish ma’qul bo’ladi. Insonlar o’zlari uchun boylik va shon-sharaf istaydilar; ammo,agar, bularga to’g’ri yo’l bilan erishib bo’lmasa, ulardan voz kechgan ma’qul. Sukut saqlash – yaxshi do’st, u hech qachon aldamaydi. Dono inson hayajonlanishni bilmaydi, odamiy inson tashvishni bilmaydi, botir inson esa qo’rquvni bilmaydi. Boshqa insonlar seni tanimasligidan bezovta bo’lmagin, ammo, sen insonlarni bilmasligingdan bezovta bo’lishing mumkin. Qo’shnining tomida qor yig’ilib qolgani tufayli shikoyat qilishdan avval o’z ostonangni tozalab ol. O’zingizdan ma’naviy jihatdan pastroq bo’lgan kimsalar bilan do’stlashmang. Meni boshqa insonlar tushunmasliklaridan xafa bo’lmayman, ammo, men boshqa insonlarni tushuna olmasligimdan xafa bo’laman. So’zlashishga loyiq inson bilan so’zlashmaslik – bu insonni yo’qotish bilan barobar. So’zlashishga noloyiq inson bilan so’zlashish esa – so’zlarni yo’qotishdir. Dono inson esa insonlarni ham, so’zlarni ham yo’qotmaydi. Taqdirni anglamasdan turib, oqil inson bo’lish mumkin emas. Burchni anglamasdan turib, hayotda to’g’ri yo’l topib bo’lmaydi. So’zlarning asl ma’nosini anglamasdan turib, insonlarni bilib bo’lmaydi. Oliy haqiqat va pastkash tentaklik hech qachon o’zgarmaydi. Tartib-qoidalarni o’zlashtirmay, biror-bir darajaga erishib bo’lmaydi. Kimdir so’radi: «Yomonlikka yaxshilik qilish kerakligi rostmi?» Ustoz javob berdi: «U holda yaxshilik qanday qaytariladi? Yomonlikka o’ziga mos bo’lgan javob beriladi, yaxshilikka esa yaxshilik qaytariladi» Hozirgi paytda ota-onalarni hurmat qilish – ularni boqishni eplash deb tushuniladi. Ammo, otlar va itlar ham ovqatlanishni istaydilar. Agar, izzat-hurmat tushunchasi bo’lmasa, bu ikki holatni qanday qilib bir-biridan farqlash mumkin. Yomonlik uchun u nima tufayli qilinganiga qarab baho bergin, yaxshilikka esa yaxshilik bilan javob ber. O’z tabiiy xususiyatlari bilan insonlar bir-birlariga juda yaqinlar, ammo, odatlari bo’yicha esa bir-birlaridan juda olisdadirlar. Salgina mehribon bo’lishga harakat qilsangiz, yomon ishlar qila olmaydigan bo’lib qolasiz. Yomon insonlar bilan uchrashish va ularni tinglash – yomon ishlarning boshlanishihisoblanadi. Tayyorgarlik ko’rmagan insonlarni urushga jo’natish ularga sotqinlik qilish bilanbarobardir. Kerakli narsalarni bilmasdan turib bir ish bilan shug’ullanish o’z- o’zini qiynashga aylanadi. Bilmasdan turib, ehtiyot bo’lish qo’rqoqlikka olib keladi. Bilimsiz botirlik qilish axmoqlik bo’ladi. Tushunmasdan ochiq ko’ngilchanlik qilish qo’pollik hisoblanadi. Mehribon o’g’il - ota-onasini o’z betobligi bilangina xafa qila oladigan farzanddir. O’z-o’zini yenga olish va burchlariga sodiq bo’lish – xuddi shu sifatlar haqiqiy insoniylikdir. Insoniy bo’la olish yoki bo’la olmaslik faqat o’zimizgagina bog’liqdir. Oqil inson bilan uchrashganda, uningdek bo’lishni o’ylagin. Pastkash inson bilan uchrashganda esa, o’zingga e’tibor ber va o’zing haqingda fikr qil. Aqlli inson bilan birga bo’lganda uch xatoga yo’l qo’yish mumkin: bu so’zlar unga yetib bormasligini anglab turib unga gapirish – bu yangilishish, gaplar unga yetib borishini bilib turgan holda unga gapirmaslik – bu biqiqlik, uning chehrasini kuzatmasdan turib unga gapiraverish – bu ko’rlik. Eng munosib insonlar dunyodagi barcha kishanlardan xoli bo’lganlar, ulardan so’ng bir joyga yopishib olishdan qochganlar yurganlar, ulardan so’ng esa dunyoviy ne’matlarga asir bo’lishdan qochganlar yurganlar, ulardan so’ng esa yomon so’zlarni aytishdan qochganlar yurganlar. Yaxshi boshqaruv siri quyidagilardir: rahbar - rahbarday bo’lshi, xizmatchi -xizmatchiday bo’lishi, ota - otaday bo’lishi va o’g’il esa o’g’ildaybo’lishidir. Jahldor insonning ichi zaharga to’la bo’ladi. So’z to’g’ri bo’lishi kerak, harakat esa qat’iy bo’lishi lozim. Ota-onaga xizmat qilishda ularga iloji boricha yumshoq gapiring. Agar, sizning maslahatlaringiz ish bermasa, ilgarigidek izzatli va iltifotli bo’ling. Agarda qalbingiz tug’yonga kelsa ham, o’zingizning norozi ekanligingizni bildirmang. Mukammal inson barcha xatolarni o’zidan qidiradi, pastkash insonlar esa boshqalarni ayblaydi. Miltiqdan o’q uzish bizga haqiqatni qanday qidirish kerakligini o’rgatadi: Agar, mergan nishonga ura olmasa, boshqalarni ayblamaydi, balki,xatoni o’zidan qidiradi. Ayollar va pastkash insonlar bilan yaxshi munosabatlar o’rnatish juda qiyin: Agar, ularni o’zingga yaqinlashtirsang, ular Haddan oshib ketadilar, agar, ularni o’zingdan uzoqlashtirsang, seni yomon ko’rib qolishadi. Keyinchalik vujudga keladigan qiyinchiliklar haqida o’ylamaydiganlarni yaqin oradagi noqulayliklarkutadi. Haqiqiy insonparvar odamgina dildan sevadi va nafratlana oladi. Eng dono va eng tentak insonlarnigina o’qitibbo’lmaydi Ko’pincha juda chiroyli so’zlaydigan va tashqi ko’rinishi kishini o’ziga tortadigan insonlar haqiqiy inson bo’lmaydilar. O’z uyidagilarni yaxshilikka yetaklay olmagan inson o’zi ham biror bir narsani o’rgana olmaydi. Fikrlamasdan o’qiydigan inson qattiq yanglishadi, fikrlaydigan, ammo, o’qishni istamaydigan inson esa qiyinchiliklarga duch keladi. O’tmishdagi ma’lumotlardan foydalanib, yangi narsalar kashf qila oladigan insongina ustoz bo’lishga loyiq hisoblanadi. Aql bilan ish ko’rish uchun har bir insonda uch imkoniyat mavjud: birinchi va maqbuli – fikrlash; ikkinchi va eng yengili – boshqalarga o’xshash, uchinchi va eng qiyini – tajriba. Bosiq vazmin inson kamroq adashadi. Boshqa insonlarni ham xuddi o’zingizdek hurmat qilish va biz o’zimiz uchun nima qilishlarini istasak, u bilan ham xuddi shunday muomala qilish – bundan afzalroq munosabat turi bo’lmaydi. Doimo o’zingizdagi bilimlar kam ekanligini sezgandek va har doim ularni yo’qotib qo’yayotgandek o’qing. Xatolarini bilib turgan holda, ularni o’zi tan olgan insonni topish juda ham qiyin. Download 30.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling