Biznesni baholash Test savollari


Download 32.52 Kb.
Sana07.11.2023
Hajmi32.52 Kb.
#1753169
Bog'liq
Biznesni baholash savol bazasi


Biznesni baholash
Test savollari.
1.Pul oqimlarini baholashning nechta funksiyasi mavjud?

  1. 5 ta b) 4 ta c) 6 ta d) 3 ta

2.Annuitet funksiyasiga tarif bering?



  1. Pul oqimlarini ma’lum bir ketma-ketlikda yuzaga keluvchi pul summalari.

  2. barcha pul summalariga teng bo’ladigan pul oqimi.

  3. Pul oqimlari oralig’ida yuzaga keladigan vaqt.

  4. Pul oqimlarini taqqoslash.

3.“Murakkab foiz” funksiyasi formulasini ko’rsatib bering?



  1. FV=S(1+i)^ b) FV=C(1+i)^ c) FV=S(2+i)^ d) FV=C(2+i)^

4.Qaysi funksiya murakkab foiz funksiyasiga doim teskari bo’ladi?



  1. Annuitet b) joriy qiymat c) diskontlash d) kredit davri

5.O’zini o’zi amortizatsiyalovchi kredit deb nimaga aytiladi?



  1. Chiquvchi pul oqimi

  2. Kiruvchi pul oqimi.

  3. Joriy qiymat kattaligi.

  4. Funksiya bergan foiz stavkasi va ma’lum bo’lgan badallar soni.

6.Biznesni qiymatini baholashda moliyaviy tahlilning metodologik asoslariga nima kiradi?



  1. Korxonaning asosiy vositalari

  2. Korxonaning moliyaviy hisobot shakllari.

  3. Korxonaning nomoddiy aktivlari

  4. Barcha javoblar to’g’ri.

7.Tadbirkorlik faoliyatini me’yorida yuritish uchun xos bo’lgan ko’rsatkichlarni belgilash maqsadida moliyaviy hujjatlarni o’tgan davrlarga me’yorlashtirish nima deb ataaladi?



  1. Korrektirovka b) ichki axborot c) tashqi axborot d) moliyaviy koeffitsiyent.

8.Moliyaviy koeffitsiyentlarning svod jadvali guruhini ayting?



  1. 3 ta b) 4 ta c) 6 ta d) 5 ta

9.Balans tarkibini baholashda qaysi omillar hisobga olinadi?



  1. Qarzdorlikning umumiy summasi va barcha aktivlar

  2. Realizatsiya jaraayonlari, aylanma kapital

  3. Realizatsiyadan tushgan yil uchun debitorlik qarzlar

  4. Joriy aktivlar va joriy majbuuriyatlar

10. Sotuv rentabilligi va tijoraat marjasi funksiyalari moliyaviy svod tahlilda qaysi bo’limga kiradi?

  1. Investitsion ko’rsatkichlarni baholash.

  2. Balans tarkibini baholash.

  3. Ishchanlik balansini baholash

  4. Rentabellik ko’rsatkichlarini baholash.

11.Narx o’sishi tempi o’zgarishini prognozlab bo’lmaydigan risk nima deyiladi?



  1. Leveridj risk b) operatsion risk c) fiscal risk d) inflyatsion risk.

12.Debitorlik qarzdorligini so’ndirish davri qanday hisoblanadi?



  1. Realizatsiyadan tushgan tushumni 360 ga bo’lishi

  2. Debitorlik qarxdorligix360/realizatsiyadan netto tushum

  3. Debitorlik qarzdorligini so’ndirishning o’rtacha 12 oylik davri

  4. Debitorlik qarzlarni hisoblashni kunlik davri.

13. Doimiy harajatlar deb nimaga aytiladi?



  1. Hisobot davridoirasida yoki mahsulot hajmi o’sishining ma’lum chegarasigacha doimiy bo’lib qoluvchi, davriy ustama xarajatlarini tashkil etuvchi tannarxda egri xarajatlar sifatida hisobga oluvchi harajatlar.

  2. Ishlab chiqarish hajmiga qarab potensial harajatlar.

  3. Xo’jalik faoliyati uchun ketadigan barcha harajatlar

  4. To’g’ri javoblar yo’q.

14. Moliyaviy riskka ta’rif bering?



  1. Uzoq muddatli majburiyatlar tarkibi.

  2. Moliyaviy tahlilarning hajmda birligi.

  3. Uzoq muddatli ssuda va zayomlar to’lovi uchun vositalar yetishmay qolishi.

  4. To’g’ri javob yo’q

15.Rentabelikni ifodalovchi ko’rsatkichlarining ikkita guruhini ayting?



  1. Aktiv va passiv b) Realizatsiya va tijorat

c).Sotuv va aktivlar qismi d). Passiv va majburiyatlar.

16.____________- bu barcha summalar kattaligi teng bo’lgan pul oqimi?


A) annuitet pul oqimi. B) oddiy pul oqimi
C) davr pul oqimi D) xronologik pul oqimi

17. Diskontlash funksiyasi qaysi foiz funksiyasiga nisbatan teskari?


A) dinamik B) annuitet C)murakkab. D) avansli

18. Qanday axborot baholanilayotgan korxona faoliyati to’g’risida tushuncha beradi?


A) analitik B) ichki. C) operatsion D) tashqi

19. Qanday risk - narx o’sishi tempi o’zgarishini prognozlab bo’lmaydigan risk hisoblanadi?


A) inflyatsion. B) operatsion
C) real D) barcha javoblar to’g’ri

20. Real miqdorni topish formulasi qanday?


A)nominal miqdor * narx indeksi B)narx indeksi/nominal miqdor
C) narx indeksi+ nominal miqdor D) nominal miqdor/narx indeksi.

21. Qanday qiymat davr boshi va oxiriga yoki ma’lum davr oxiriga o’rtacha sifatda hisoblanadi?


A) tovar B) zaxira. C) biznes D) moliyaviy

22. Moliyaviy tayanchning nechta konsepsiyasi mavjud?


A)3 B) 5 C)4 D) 2

23. ______________ rentabelligi - bu foydaning realizatsiyadan olinadigan tushumga nisbati.


A)baholash B) daromad C) sotuv. D) xarid

24. Qanday stavka – bu bizning bozor qiymatini aniqlash uchun baza hisoblanuvchi bir nechta bo’lishi mumkin bo’lgan kelajakdagi daromad oqimini qayta hisoblash uchun foydalaniluvchi foizli stavkadir?


A) miqdoriy stavka B) xarajatlar stavkasi C) diskontlash stavkasi. D) moliyaviy stavka

25. Xarajatli yondashuv qaysi ikkiya asosiy metodni o’z ichiga oladi?


A) sof aktivlar va tugatish qiymati. B) sof aktivlar va boshlash qiymati
C)boshlash qiymati va tugatish qiymati D) to’gri javob yo’q

26. Ko’chmas mulkning baholanishiga daromadli yondashuv jihatdan nechta metodni o’z ichiga oladi?.


A)2 B)4 C)3 D) 5

27. Nazoratsiz paket korxona aksiyasining necha foizdan kamiga egalik qilishni nazarda tutadi?


A) 49% B) 51% C)30% D)50%

28. Qanday tamoyil daromadning amaldagi qiymatini yoki kelajakda mazkur korxonani yurgizish tufayli olinishi mumkin bo’lgan boshqa foydalarni aniqlaydi?


A) baholash tamoyili B) foydalilik tamoyili
C) kutish tamoyili. D) strategik tamoyil

29. Qanday kompaniya yondashuvni qo’llash amaliyotida ma’lum izchillik bosqichida va standart ishlarni nazarda tutadi?


A) dinamik B) analitik. C)moliyaviy D)to’g’ri javob yo’q
30. Biznesni baholashda tarkibiy o’zgarish maqsadlari nechta turga ajratiladi?
A)2 ta B)3 ta C)4 ta D)5 ta


31. Qiyosiy yondashuv qaysi uchta asosiy usuldan foydalanishni o'z ichiga oladi?
A) Optimal ko'lamini ko'rib chiqish usuli; Peer-to-peer usuli; Kapital bozori usuli.
B) Tengdosh kompaniya usuli; Tranzaksiya usuli; Tarmoqli koeffitsientlar usuli. C) Taqqoslash usuli; Bitimlar usuli; Sotish usuli. D) Analog kompaniya usuli; texnologiyasi va bitimlar usuli; Taqqoslash usuli.

32. Analog kompaniya usulidan foydalangan holda korxonani baholashning asosiy bosqichlari nechta?


A) 5 B) 6 C) 7 D) 8


33. Analog kompaniya usulini qo'llash texnologiyasi va bitimlar usuli amalda bir xil bo'lib, farq faqat …..ga bog'liq.
A) boshlang'ich narx ma'lumotlari turiga B) nazorat elementlari uchun mukofotga C) yakuniy qiymatning tarifiga D) moliyaviy taxlilga

34. Qiyosiy yondashuvning yana bir afzalligi bu - ….


A) ma'lum bir investitsiya ob'ektiga bo'lgan talab va taklifning haqiqiy aksidir.
B) haqiqatda erishilgan ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijalarini aks ettiradi.
C) bitimning narxi bozordagi vaziyatni eng yaxlit tarzda hisobga oladi.
D) korxonaning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini e'tiborsiz qoldiradi.

35. Moliyaviy tahlil natijalariga ko'ra …. deb ataladigan jadval tuziladi.


A) moliyaviy tahlil B) talab va taklif hisoblari C) moliyaviy ko'rsatkichlarning yig'indisi D) firmalarni taqqoslash va analog kompaniyalar ro'yxati

36. Qiyosiy yondashuvdan foydalangan holda korxonaning o'z kapitalining bozor qiymatini aniqlashning asosiy vositasi ….. hisoblanadi.


A) narx multiplikatorlari B)likvidlik ko’rsatkichlari C) korxona aktivlari D) haqiqiy dividentlari


37. Qiymatning yakuniy qiymatini shakllantirish jarayoni nechta asosiy bosqichdan iborat:
A) 6 B) 5 C) 4 D)3
38. Analoglarni qidirish usuli ko'rsatkichlari quyidagi mezonlar bo'yicha baholanganga eng yaqin bo'lgan kompaniyalarni tanlashga qisqartiriladi:
A) Moliyaviy koeffitsentning yig’indisi; Kmpaniyaning moliyaviy ko’rsatgichlari; Narx multiplikatorlari.
B) Balansning tuzilishi; Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot; Moliyaviy nisbatlarning qiymatlari.
C) Past likvidlik uchun chegirma; Hisob kitoblar tahlili; Balansning tuzilishi.
D) Moliyaviy koeffitsentning yig’indisi; Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot.


39. Asosiy komponentlar usulidan foydalangan holda biznes xarajatlarini hisoblash sxemasi nechta bosqich?
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7

40. Qiyosiy yondashuv uchta usul orqali amalga oshiriladi. Bular qaysilar?


A) Kapital bozor usuli; asosiy kompanentlar usuli; analog usuli. B) O’xshash korxonalar usuli; daromadlar bazasi usuli; daromadlar usuli. C) Moliyaviy tahlil usuli; kerakli malumotlarni yig’ish usuli; bitim usuli. D) Kapital bozor usuli; bitim usuli; sanoat koeffitsienti usuli.

41.Imtiyozli aksiya o’z tabiati bo’yicha nimalarni o’z ichiga oladi.


a) aksiya va kredit o’rtasidagi oraliq holatni.
b) aksiya va qimmatli qog’ozlar o’rtasidagi oraliq holatni.
c) obligatsiya va oddiy aksiya o’rtasidagi oraliq holatni.
d) dividend va qarzlar o’rtasidagi oraliq holatni.

42.To’g’ri metodlar nechchi turga bo’linadi.


a) 2 b) 3
c) 1 d) 4

43.Ko’chmas mulkni baholashga xarajatli yondashuvning qo’llanilishida qurilishning to’liq qiymati quyidagi formulalarni qaysi birida aks etgan.


a) qurilish qiymati+ tadbirkorlik daromadi = qurilishning to’liq qiymati.
b) qurilish qiymati+ foyda=qurilishning to’liq qiymati.
c) qurilish qiymati+zarar= qurilishning to’liq qiymati.
d) qurilish qiymati+ sof foyda =qurilishning to’liq qiymati.

44.Ko’chmas mulkni baholashda qiyosiy yondashuv nimalarni o’z ichiga oladi.


a) sotuvlarni taqqoslash metodi, renta metodi.
b) sotuvlarni taqqoslash metodi , yalpi renta multiplikatori metodi.
c) ko’chmas mulk metodi, yalpi foyda metodi.
d) obyektni qiymati modeli, sof foyda metodi.

45.Kapitallashtirish stavkasi nechchi turdan iborat.


a) 3 b) 4
c) 5 d) 7
46.Xarajatli yondashuv 2 ta asosiy metodni o’z ichiga oladi ular qaysilar.
a) majburiyat metodi , korxona metodi
b) sof aktivlar metodi, tugatish qiymati metodi.
c) majburiyatlar metodi, debitorlik metodi.
d) kreditorlik metodi, sof aktivlar metodi.

47.Sof aktivlar metodida hisoblashishlar nechta bosqichni o’z ichiga oladi.


a) 3 b) 2
c) 4 d) 1

48. Ko’chmas mulkning baholanishiga daromadli yondashuv nechta metodni o’z ichiga oladi va ular qaysilar.


a) 3 ta- ko’chmas mulk metodi, yalpi foyda metodi va kreditorlik metodi.
b) 2ta -daromadlarni kapitallashtirish metodi, pul oqimlarini diskontlash.
c) 1 ta – majburiyatlar metodi.
d) to’g’ri javob berilmagan.

49.Aksiyaning nazoratsiz paketini baholashning standart yondashuvi nechta bosqichni o’z ichiga oladi.


a) 2 b) 3
c) 3 d) 4

50. Daromadli yondashuv yer uchastkasini baholashda 3 ta metodni o’z ichiga oladi ular qaysilar.


a) daromadni kapitallashtirish metodi (yer rentasi), qoldiq metodi , taxmin qilinayotgan foydalanish metodi
b) kreditorlik metodi, sof aktivlar metodi, obligatsiya metodi.
c) ko’chmas mulk metodi, yalpi foyda metodi va kreditorlik metodi.
d) to’g’ri javob berilmagan.

51. Biznes qiymatini baholashdan eng manfaatdor tomonlar kimlar?


A) Korxona rahbarlari B) Ishchilar
C) Xaridorlar D) Barcha javoblar to'g'ri

52. Biznes qiymatini baholashga quyidagi omillarning qaysi biri ta'sir o'tkazadi?


A) Iste'molchi talabi B) Raqobat darajasi va modeli
C) Valyuta kursining o'zgarishi D) Inflyatsiya darajasi

53. "Baholash faoliyati to'g'risida"gi Qonun nechta moddadan iborat?


A) 20 modda B) 21 modda
C) 22 modda D) 23 modda

54. Biznesni baholash tamoyillari nechta guruhga bo'linadi?


A) 2 ta B) 3 ta
C) 4 ta D) 5 ta

55. Biznes qiymatini baholashning asosiy omillariga qaysilar kiradi?


A) Bozor konyukturasi va raqobat darajasi
B) Mikro va makroiqtisodiy muhit
C) Ishlab chiqarish va sotish
D) Vaqt va xatar omili

56. Valyuta kursi nimalarga qarab o'zgaradi?


A) Iqtisodiy va siyosiy omillar B) Talab va taklif
C) Inflyatsiya ko'rsatkichlar D) Bozordagi narx

57. Inflyatsiya darajasi qanday xatarlar guruhiga kiradi?


A) Vaqt B) Bozor konyukturasi
C) Mikroiqtisodiy D) Makroiqtisodiy

58. Baholash obyektini baholash qanday shaklda amalga oshiriladi?


A) Lizing B) Kredit berish
C) Pul D) Ijara

59. Sof aktiv qanday hisoblanadi?


A) Aktivlar - Passivlar
B) Aktivlar - Passivlar - Majburiyatlar
C) Aktivlar - Majburiyatlar
D) Majburiyatlar - Passivlar

60. Sof foydaning yalpi daromadga nisbati ...... ifodalaydi


A) Likvididlik B) Rentabellik
C) Marja D) Korxonaning ma'lum vaqt oralig'idagi moliyaviy faoliyat natijasi
Download 32.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling