Biznesni tadqiq etish
Корхонадаги маркетинг самарадорлиги йўналишининг ташкилий қисмлари
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
biznesni tadqiq etish usullari
Корхонадаги маркетинг самарадорлиги йўналишининг ташкилий қисмлари
харидорларга эътиборини қаратиш маркетинг интеграцияси тезкор самарадорлик стратегик йўналтирганлик маълумотлар нинг ишончлилиги 130 siyosati; - yuksalish, qo’shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingixizmat, kafolat va texnik yordam, etkazib berish, assortiment, shaxsiy iste’mol va boshqalarni kiritish mumkin). Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo’lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o’rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni etkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko’rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Marketing tamoyillari marketing asosi va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo’ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi. Marketingning asosiy tamoyillari: - bozorni bilish; - unga moslashish; - bozorga ta’sir o’tkazish. Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha asosiy tamoyillar kelib chiqadi: - iste’molchilarga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir; - istiqbolga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni sub’ekt faoliyati istiqbolga yo’naltirilgan bo’lishi zarur; - pirovard ko’rsatkichga erishishga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor hissasi, foyda oshishi va hokazolar. Marketing kontseptsiyasining mazmuni uning vazifalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing vazifalari quyidagi guruhlarga bo’linadi: - marketing tadqiqotlari; - mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish; - sotish va taqsimot vazifasi; - tovarni siljitish; - narxni tashkil etish vazifasi; - marketing-menejment vazifasi. Marketing vazifalari firmaning boshqa vazifalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funktsiyalari bilan birga amalga oshiriladi. Marketingning vazifalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa vazifalaridan farqi shundan iboratki, marketing vazifalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o’rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgan. Shuning uchun ham marketing vazifalari doimo o’zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabning shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi. Xulosa qilib 131 aytganimizda bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes sub’ektlarida marketing tizimlarini yuqorida ko’rsatilgan yo’nalishlarda amaliyotda keng foydalanishga tadbiq etish, mamlakatimiz sharoitiga mos marketing strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, shubhasiz kichik biznes sub’ektlarining ishbilarmonlik faoliyatini va iqtisodiyot tuzilmalarining rivojlanishini to’la ta’minlaydi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling