Biznesni tadqiq etish


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#208025
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101
Bog'liq
biznesni tadqiq etish usullari

МАРКЕТИНГ СТРАТЕГИЯСИ 
 
БЕШТА ТАЛАБ 
Бозор  бир  хил  эмас,  у  ўзига  хос  табақалар    (сегментлар)дан  иборат.  Таклиф 
қилинаётган  товар  ёки  хизмат  ҳамма  истеъмолчилар  талабига  мос 
келавермайди. 
 Корхона    бозорда  бир  ёки  бир  неча  сегмент  талаблариии  назарда  тутиши 
мумкин. 
 
Фирма  бозорда  мустақил  ёки   бошқа   корхоналар  билан хамкорликда 
фаолият кўрсатиши мумкин 
Маркетинг воситасини танлашда, кўпроқ бир-бирига мос ва ўзаро вазифалари 
билан бир-бирини тўлғизиб турувчиларни ишга  солишни   кўзда тутиш керак. 
 
Корхонанинг    бозорга      чиқишида      иқтисодий      ҳолатни      ҳар  томонлама 
ҳисобга олишни талаб ётади. 
 


165 
holatda  esa,  raqobatchilar  yo’q  bozorni  yangi  tovar  assortimenti  bilan  egallab 
oladi. 
«Tovarlar  (bozorlar  imkoniyatlari  qolipi  (matritsasi))».  Bu  yondashishda 
foydani ko’paytirish birinchidan - tovar harakatini o’zgartirmagan holatda bozorni 
kengaytirish;  ikkinchidan  -  hali  talab  qondirilmagap  bozorlarga  kirib  borish; 
uchinchidan  -  korxona  bozorda  yaxshi  tanilgandan  so’ng  yangi  tovar  ishlab 
chiqarish yoki modifikatsiyasini o’zgartirish; to’rtinchidan - yangi bozorlar uchun 
yangi tovarlar ishlab chiqarish orqali erishiladi.  
Marketing dasturi 
Zamonaviy firmalar ichidan tashkilotlarni strategik boshqaruv faol marketing 
konsepsiyalariga  asoslangan.  Strategik  rejalarni  realizatsiya  qilish  umumfirma 
taktik  yoki  operativ  rejalari  tizimini  tuzishni  ko’zda  tutadi.  Masalan,  ishlab 
chiqarish rejasi, marketing rejasi, moliyaviy reja va boshqalar. Jamlangan (yig’ma) 
reja ko’p hollarda biznes-reja ko’rinishida rasmiylashtiriladi. 
Bozorda  aniq  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  korxona  biznes  rejasining  asosi  – 
marketing  dasturini  qo’llaydi.  Marketing  dasturini  tuzishda  boshqaruvning 
marketingga  oid  rejalar  xarakteri  (marketing-menejment)  bozor  muhitini  o’rab 
olgan  o’zgarishlarga  moslashishni  ta’minlabgina  qolmasdan,  bozorga  faol  ta’sir 
etishga  qodir  va  iste’molchilar  talablarini  firmaning  o’z  vazifalari  va  strategik 
maqsadlariga  mos  holda  shakllantira  oladigan  tadbirlarni  ham  o’z  ichiga  olishini 
bildiradi.Marketing  dasturi  biznesning  rivojlanishidagi  ko’pgina  muqarrar 
muammolarning oldini olish va munosib kutib olishga yordam beradi. U o’z xatti-
harakatlarini  o’ylab  ko’rish  imkonini  beradi.  U  hodisalarni  shunchaki,  kuzatish 
emas,  oldindan  tayyorlangan  reja  asosida  boshqarish  imkonini  beradi.  Marketing 
dasturlarini 
ishlab 
chiqishda 
korxonaning 
imkoniyatlari 
(resurslari) 
tahlili,rivojlanish  maqsadlarini  aniqlash,  strategiyalarni  aniqlash,  maqsadga 
erishish  rejalari  va  uni  bajarilishini  nazorat  qilish  kabi  tadbirlari  tizimi  aks 
ettiriladi.  


166 
Firmaning  boshqa  rejalariga  nisbatan  biznes-reja  (marketing  dasturi)  tashqi 
yo’nalganlikka  ega, sotilishi  maksimal  imkoniyatli  yutuq  keltirishi lozim  bo’lgan 
o’ziga xos tovarga aylanadi.  
Marketing dasturi endigina tuzilayotgan yangi korxona uchun ham, avvaldan 
mavjud  bo’lgan  tashkilotning  navbatdagi  rivojlanish  bosqichi  uchun  ham  ishlab 
chiqilishi  mumkin.Tuzilgan  biznes-rejaning  darajasi  tadbirkor  va  uning  ishining 
ishonchliligi va jiddiyligi ko’rsatkichi bo’ladi. Qoidaga ko’ra, biznes-reja tadbirkor 
va  ehtimoliy  investor  (masalan,  bank)  orasida  muzokaralar  boshlanishi  uchun 
asosiy  nuqta  hisoblanadi.  Biznes-reja,  ayniqsa,  xorijiy  firmalar  bilan  muzokaralar 
o’tkazishda zarur bo’ladi. Aksariyat ko’plab firmalar tashqi moliyalashtirishga o’ta 
ehtiyojmand.  Biroq  birorta  bank,  birorta  xorijiy  investor  kreditdan  samarali 
foydalanishini,  uni  o’z  vaqtida,  foizi  bilan  qaytara  olishini  ishonchli  isbotlab, 
talabnomasini asoslay olmaydigan biznesmenga sarmoya .bermaydi. 
Boshlovchi  tadbirkor  uchun  biznes-reja  –  bu  u  investorlarning  e’tiborini  jalb 
qilishi  mumkin  bo’lgan  hujjatdir.  Biznes-reja  faraz  qilinayotgan  loyihaning 
foydaliligini  ko’rsatishga  imkon  beradi.  U  investorlarni,  ko’zda  tutilganlarni 
muvaffaqiyatli 
amalga 
oshirishga 
imkon 
beruvchi, 
ishlab 
chiqarishni 
rivojlantirishni  jozibador  (jalb  etuvchi)  imkoniyatlar  topilganiga,  korxona 
loyihaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishning samarali, realistik va izchil 
dasturiga egaligiga ishontira olishi mumkin. Investor o’z pulini yetarlicha ishonch 
bilan unga foyda olishni kafolatlaydigan loyihagagina qo’yadi. 
Marketing dasturi quyidagi muhim muammolarni hal qiladi:  
-biznesning  istiqbolini  rivojlanishning  miqdoriy  va  sifat  ko’rsatkichlari 
ko’rinishida tahliliy aniqlashtiradi; 
-korxonaning  yashovchanligi  (gullab-yashnashi)  va  kelgusi  barqarorligi 
darajalarini aniqlaydi, tadbirkorlik faoliyati riskini pasaytiradi; 
-e’tiborni  jalb  etadi  va  qiziqish  uyg’otadi,  firmaning  potensial  investorlari 
tomonidan qo’llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. 
Tashkilotning  an’anaviy  rejasidan  farqli  ravishda  marketing  dasturi 
tashkilotning ichki maqsadlarinigina emas, shuningdek, yangi ishda foydasi tegishi 


167 
mumkin  bo’lgan  shaxslarning  tashqi  maqsadlarini  ham  hisobga  oladi.  Investorlar 
bilan  bir  qatorda  yangi  biznesdan  manfaatdor  shaxslar  potensial  iste’molchilar  va 
firmaning mol yetkazib beruvchilari ham hisoblanadi. 
 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling