Biznesni tadqiq etish
Kichik biznes korxonalarida mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
biznesni tadqiq etish usullari
7.3. Kichik biznes korxonalarida mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash
va sifatni boshqarishda marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, hamda uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab masalalarni hal qilishga karatilgan. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifning muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim: - xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o’rganish; - tovarlarga ichki va tashqi talablarni o’rganish; - korxona faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; - talab va taklif to’g’risidagi olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish; - tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarning tovarlarni sotib olishga qiziqishini oshirish; - tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish; - tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish; - to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar yig’ish. Tovarlarga talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iborat. G.L. Bagiev va boshqalar “Zamonaviy marketing tadqiqotlari, tadbirkorlik tizimidagi axborot topish, to’plash, qayta ishlash va joriy hamda strategik qarorlar qabul qilish jarayoni”7- deb ta’rif bergan. Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi mavjud bozor segmentini mustahkamlash, yangi xaridorlarni jalb etish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati – uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati (imidj)ga ham egadir. Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri tadqiqot rejasini ishlab chiqish 138 hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur ma’lumotlar va axborotlarni to’plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov o’tkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumot va manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta ishlash mumkin. Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so’rov, guruhli bahs eng ko’p qo’llaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli bosqichlarida samarali axborot to’plash, uni qayta ishlash, texnika vositalaridan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, uyali telefon qurilmasi va bort-kompyuterli avtomobilga boshlag’ich talabni baholash tadqiqotini olib ko’raylik. Kuzatish uslubi vositasida xaridorlarning joriy davrda va avtomobil bozoridagi munosabatlari, ko’nikmalarini baholash mumkin. So’rov uslubida esa aniq bir xaridorning «yangi jihozlarga» qiziqishlari, ularga qo’yadigan talab va istaklarni baholash mumkin. Eksperiment uslubida esa sinov tarzida avtomobillarning kichik partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini kuzatish mumkin. Marketing tadqiqotlari rejasini ishlab chiqishda uslubiy jihatdan o’zaro bog’liqlik, aniqlik, takrorlanmaslik, davriy uzluksizlik ta’minlanishi lozim. Tuzilgan reja mohiyatan quyidagi savollarga javob berishi lozim. 1. Qanday ma’lumotlar to’planishi kerak? 2. Ma’lumotlarni kim to’playdi? 3. Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim? 4. Ma’lumotlarni to’plashda qanday uslublar qo’llaniladi? 5. Ma’lumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim etiladi? 6. Ma’lumotlarni to’plash qachon va qaerda amalga oshiriladi? 7. Ma’lumotlarni to’plash uchun qanday xarajatlar ko’zda tutiladi? Ushbu savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi, mazmunan va mantiqan bog’liqligi ta’minlanadi. Bu o’z navbatida tadqiqotning keyingi bosqichlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan kamchilik va xatoliklarning vujudga kelishiga yo’l qo’ymaydi. Ma’lumotlarni to’plash bosqichi tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar yordamida ularni qayta ishlash, tayinli tartibga solish vazifasini ham bajaradi. Chunki jamlanadigan 139 ma’lumotlar qaerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor beriladi. Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo’lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Marketing dasturi bu korxonani umumxo’jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo’g’ini uchun qaror qabul qilish asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni korxonani o’tgan davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozor rivojlanishining qisqa tahlili va bashorati, firma rivojlanishining asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorining strategik yo’li, tovar, narx, sotish va rag’batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlari mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo’yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi. Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmaning imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo’lsa-da, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko’riladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyaning yuqori boshqaruv bo’g’ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir. Marketing dasturining strategik yo’nalishi bozordagi mavqei va korxona holatining bog’ligiga ko’ra, o’z ichiga turli variantlarni oladi. Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentlash, hujum va ximoya strategiyalari bo’lishi mumkin. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling