9.3. Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy bo’limlari
Marketing dasturi (biznes-reja)ning qat’iy belgilangan shakl va struktura
(tuzilma) lari yo’q. Biroq, qoidaga ko’ra, unda quyidagi asosiy bo’limlar ko’zda
tutiladi:
-titul varag’i;
-rezyume yoki biznes-rejaning qisqacha bayoni;
-biznes tarixi (agar korxona mavjud bo’lib, faoliyat yuritayotgan bo’lsa);
-mahsulotlar (xizmatlar) ta’rifi;
-savdo (o’tkazish) bozori tahlili;
-raqobatchilarni ta’riflash;
- raqobat strategiyasini baholash va tanlash;
-ishlab chiqarish rejasi;
-marketing rejasi;
-tashkiliy reja;
-moliyaviy reja va risklarni baholash;
-tadqiqotlar va ishlanmalarrejasi;
-takliflar.
Ko’rinadiki, ishlab chiqaruvchilar faoliyatining asosiy qismi biznes-
rejalashtirishda marketing xarakteriga ega. Masalan, “Marketing rejasi” bo’limi
nafaqat marketingga bag’ishlangan. Biznes-rejalashtirishda marketing – bu ham
loyihalashtirilayotgan mahsulot ta’rifi, ham bo’lg’usi savdo-sotiq bozorining
tahlili, ham raqobatchilar tahlilidir.
Korxonani boshqarishga asoslanuvchi faol marketing konsepsiyasi marketing
dasturi (biznes-reja) strukturasida yaxshi ko’rinib turadi. Marketing rejasi biznes-
reja ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. U biznes-rejaning bir emas, bir necha
bo’limida tarkibiy qism sifatida qo’shiladi.
168
Do'stlaringiz bilan baham: |