Bizni maqsadlarimizdan nima chalg’itadi?


Download 15.69 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi15.69 Kb.
#1165048
Bog'liq
maqola


Bizni maqsadlarimizdan nima chalg’itadi?

Biz har kuni bizni asosiy qilishimiz kerak bo’lgan ishlardan chalg’ituvchi narsalar bilan ro’baro’ kelamiz. Ishlarimizni qilishimiz davomida kimdir chaqirib qoladi, televizor ko’rgimiz kelib qoladi yoki bo’lmasam Telegram, Instagram, Facebook lardan “yangilik”larni yoki “layk”larni tekshirgimiz kelib qoladi. Keling bizni chalg’ituvchi narsalar bilan kengroq tanishsak.


Men hozirda talabaman. Albatta, 2019-yil sentyabr oyini boshida darslar boshlandi. Bir necha kun o’tib barcha talabalarning stipendiyasi bir xil bo’lishi haqida vazirlik qarori e’lon qilindi. Albatta ko’pchilik bunga e’tiroz bildirdi. Qariyb barcha talabalar asosiy fikrini stipendiya masalasiga qaratdi. Fikri xayoli “stipendiya buyug’iga qanday bo’larkin?” degan savol bilan bo’lib qoldi. Albatta stipendiya bizga yashashimiz, oziq-ovqatimiz uchun kerak. Lekin bizning qimmatli vaqtimiz ayni shu bizni kelajagimiz, karyeramiz uchun keraksiz bo’lgan narsa uchun kamida 2 oy fikrimizni qaratdik. Biz bu yerda juda katta narsa yo’qotdik ya’ni qimmatli vaqtimizni yo’qotdik.


Bundan keyin esa AQSH va Eron munosabatlarini muhokama qila boshladi. Urush bo’lish yoki bo’lmasligini, kim kuchli ekani haqida muhokama qila boshladik. Ayni shu davrda va yana AQSH va Xitoy orasidagi savdo urushi haqida muhokamalarimizni davom ettirdik. Hozir esa COVID-2019 koronavirusi haqida har daqiqada muhokama qilmoqdamiz. Bizni fikri xayolimiz ayni shu kasallik haqidagi ma’lumotlarni, statistikalarini bilish haqida bo’lib qoldi. Agar siz hozir odamlardan kororona virusi haqida statistikalarini so’rasangiz, taxminan 80% inson aniq raqamlarni, o’tgan har kungi bo’lgan sonlarigacha aytib berishi mumkin. To’g’ri albatta, biz bu kasallik haqida bilishimiz, qanday ehtiyot choralarini ko’rishimiz haqida bilishimiz kerak. Lekin bizning soatbay nechta inson kasallik bilan chalinganligi, va nechta inson vafot etganini bilishimizni xohlaganimiz bu o’z o’zidan vahimaga tushganimizdan dalolat beradi. Bugun mehrob.uz internet nashrining telegram sahifasida ajoyib gaplarni o’qib qoldim. Unda shunday yozilgan edi: Koronavirus haqidagi xabarlardan o’zingizni chetga oling. Chunki bu borada siz bilishingiz kerak bo’lgan narsalarning barchasini bilib bo’ldingiz. Bu virus sababli vafot etganlar soni haqida xabarlarga qiziqavermang. Chunki bu futbol o’yini emaski, uning natijalariga qiziqsangiz! Shunday ekan bundan saqlaning…”.


E’tibor berib qarasangiz, kun.uz, daryo.uz, xabar.uz kabi barcha internet nashrlarining 90% xabarlari korona virusi haqida. Bu juda yomon holat. Bu albatta ortiqcha vahimani keltirib chiqaradi. Biz ayni paytdagi holat va muammolarga fikrimizni qaratib kelajakdagi muammolarimizni unutib qo’ymoqdamiz. Biz har kuni ‘tonnalab’ keraksiz ma’lumotlarga qiziqish bildirib esda saqlab qolyapmiz lekin bizning kelajagimiz uchun zarur narsalarni o’rganish hayolimizga ham kelmayapti. Biz kitob o’qishni umuman xohlamay qo’ydik. Vaholangki kitoblar bizga juda ko’p narsa berishini bilmaymiz. Agar bir kunda hech bo’lmasa bir soat kitob o’qisak, bu bizga juda ko’p aqliy hamda ruhiy quvvat beradi. Lekin ko’pchiligimiz 3-4 soatlab vaqtimizni ijtimoiy saytlarga sarflab yubormoqdamiz. Yaqinda ajoyib narsaga guvoh bo’ldim. YouTubeda bir san’arkor haqidagi yangilik chiqdi. 3 kunda million marotabadan ko’p ko’rildi. Biz bilishimiz zarur biznes haqidagi, muomila san’ati haqidagi ajoyib video esa 3 oydan beri 400 marta atrofida ko’rilganini ko’rib hayron qoldim. Shundan xulosa qilish mumkinki, jamiyatdagi holat qanchalik yomon holatga kelib qolganini.


Hozir karantin vaqtida bular haqida o’ylashimiz uchun vaqt berildi. Endi biz kelajakda yuz beradigan voqealar haqida fikr yuritishimiz kerak deb o’ylayman. Dunyo juda katta iqtisodiy inqirozga juda yaqin turibdi. Biz hozirgi vaziyatdan chiqib ketish, va kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday holatlarga tayyor turishimiz haqida o’ylashimiz kerak.


Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, biz bu sinovli kunlardan yaxshi o’tib olamiz faqat biz birlashsak. Biz fikrimizni jamiyat tarraqqiyoti, davlatimiz rivoji uchun qaratsak nafaqat biz uchun balki kelajak avlod uchun ham yaxshi bo’ladi deb o’ylayman.




Sobir Tursunaliyev
Download 15.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling