Spirogira Spirogira
Spirogira - rizoidsiz ko‘p hujayrali suvo‘t. Chuchuk suv havzalari yuzasida boshqa suvo‘tlar bilan birga «baqa to‘nlarni» hosil qiladi. Tallomi och yashil rangda, shilimshiq bilan o‘ralgan. Xromatofori spiralsimon buralgan. Spirogira baliq va baqalarning harakati, suv oqimi ta’sirida tallomining bo‘laklarga bo‘linishi natijasida ko‘payadi.
1-guruh: Ulotriksning jinssiz ko’payishini rasmda ifodalang va izohlab bering.
2-guruh: Spirogiraning fotosintez qilish jarayonini rasmda ifodalang va tushuntirib bering.
3-guruh: Ulotriksning jinsiy ko’payishini rasmda ifodalang va izohlab bering.
Uyga vazifa:
1-masala. 1-guruh uchun
Ulotriksda hosil bo’lgan gametalarning 40% dan zigota, zigotaning 25% dan ulotriksning 256 ta ipi hosil bo’lgan bo’lsa, jami gametalar (a), va jami zigotalar(b) sonini aniqlang.
2-masala. 2-guruh uchun
Jinsiy ko’payish jarayonida hosil bo’lgan gametalarning 20% dan ulotriksning 128 ta ipi hosil bo’lgan bo’lsa , jami gametalar (a), va zigotalar(b) sonini aniqlang.
3-masala. 3-guruh uchun
Agar ulotriksning jinsiy ko’payish jarayonida 64 ta gameta hosil bo’lgan bo’lsa, shu gametalarning 5 % dan zigota hosil bo’lgan, zigotaning 25 %dan ulotriks ipi hosil bo’ldi. Qancha ulotriks ipi hosil bo’ldi?
Yakunlash
Aziz o’quvchilar bugungi darsimiz sizlarga yoqdimi?
Qanday xulosalarga keldingiz?
Uyga vazifa: 9-darsni o’qing, tahlil qiling. Berilgan rasmlarni chizib oling, mavzu yuzasidan o’zlashtirgan bilimlaringiz asosida xulosa tayyorlang.
E’tiboringiz uchun raxmat
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |