Bizning Vatanimiz mustaqillika erishgandan so’ng, dunyoning 200 ga yaqin mamlakatlari bilan diplomatik aloqalr o’rnatildi. Ularni tarixini, tilini, urf – odatlarini bilish hammamiz uchun, ayniqsa biz sharqshunos tarixchilar uchun katta ahamiyatga ega. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov o’zlarining qator asarlarida yoshlarga murojaat qilib o’lkamiz va jahon tarixini qunt bilan o’rganishga undaydilar. Xususan yurtimizni birinchilardan bo’lib tan olgan Misr tarixini bilish, o’rganish biz tarixchilarni yanada chuqurroq bilim olishimizni talab qiladi. Darhaqiqat “Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir”. O’tmishini bilmasdan porloq kelajak qurib bo’maydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |